Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yoqub va uning xonadoni Misrda


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqub va uning xonadoni Misrda 
28 
Yoqub Yahudoni Yusufning oldiga: “Bizni Go‘shen yerlarida* kutib ol” degan xabar 
bilan o‘zlaridan oldin jo‘natdi. Ular Go‘shenga yetib kelganlarida
29 
Yusuf aravasini 
qo‘shib, otasini kutib olish uchun Go‘shenga bordi. Yusuf otasini ko‘rishi bilanoq, uni 
quchoqlab, bo‘yniga osilib, uzoq yig‘ladi. 
30 
Yoqub Yusufga: 
— Tirik ekaningni ko‘zlarim bilan ko‘rdim, endi o‘lsam ham armonim yo‘q, — dedi. 
31 
Yusuf aka–ukalariga, otasi xonadonining qolgan ahliga dedi: 
— Men borib, fir’avnga: “Kan’on yurtidan aka–ukalarim, otamning qolgan oila 
a’zolari mening oldimga kelishdi”, deb xabar berayin. 
32 
Men fir’avnga yana: “Ular 
cho‘pon, chorvadorlik bilan shug‘ullanishadi, mol–qo‘ylarini, bor mulkini olib 
kelishibdi”, deb aytayin. 
33 
Fir’avn sizlarni chaqirib: “Kasb–koringiz nima?” deb so‘rab 
qolsa, 
34 
unga: “Biz, qullaringiz, yoshligimizdan hozirgacha cho‘ponlik bilan 
mashg‘ulmiz, ota–bobolarimiz ham cho‘pon bo‘lib o‘tishgan”, deb aytinglar. Toki 
Go‘shen yerlariga o‘rnashib olishlaringizga u ijozat bersin. Chunki Misrliklar 
cho‘ponlardan hazar qilishadi. 
47–BOB 
1-2 
Yusuf akalaridan beshtasini fir’avn huzuriga olib borib, unga shunday dedi: 
“Mening otam bilan aka–ukalarim mol–qo‘ylarini, butun mulkini olib, Kan’on yurtidan 
kelishdi. Ular hozir Go‘shen yerlarida*.” So‘ng Yusuf akalarini fir’avnga tanishtirdi. 

Fir’avn ulardan: 
— Kasb–koringiz nima? — deb so‘radi. 
— Biz, qullaringizning kasbi cho‘pon, ota–bobolarimiz ham cho‘pon o‘tishgan, — deb 
javob berishdi ular fir’avnga. 

— Biz, Misrda istiqomat qilib tursak, deb keldik. Chunki 
qo‘y–echkilarimiz uchun Kan’onda yaylov yo‘q, u yerda og‘ir qahatchilik. Siz, janobi 
oliylaridan iltimosimiz shuki, biz, qullaringizga, Go‘shen yerlarida istiqomat qilib 
turishimiz uchun ijozat bersangiz. 

Shunda fir’avn Yusufga dedi: 
— Otang, aka–ukalaring sening oldingga kelishgan ekan, 

ana, Misr yurti ularniki. 
Ularni yurtning eng yaxshi yeriga — Go‘shen yerlariga joylashtir. Agar ularning orasida 
uddaburonlari bo‘lsa, mening chorvamni ham ularga topshirib qo‘y. 


Ibtido
68 

So‘ng Yusuf otasi Yoqubni boshlab kelib, fir’avn huzuriga olib kirdi. Yoqub fir’avnni 
duo qildi*. 

— Yoshingiz nechada? — deb so‘radi fir’avn Yoqubdan. 

— Bir yuz o‘ttiz yildan beri bu dunyoda mehmonman, — dedi Yoqub fir’avnga. — 
Ota–bobolarim ham bu dunyodan mehmon bo‘lib o‘tdilar. Lekin mening hayotim tez va 
qiyinchilik bilan kechdi, men hali ota–bobolarim yoshiga yetmadim. 
10 
Shundan keyin Yoqub fir’avnni yana duo qilib, uning huzuridan chiqdi. 
11 
Fir’avn 
amr berganday, Yusuf otasini, akalarini Misrdagi eng yaxshi yerlarga — Ramzes shahri 
yaqinidagi yerlarga* joylashtirdi. 
12 
Yusuf otasini, aka–ukalarini, otasining jamiki 
xonadoni ahlini, ularning soniga qarab, oziq–ovqat bilan ta’minladi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling