Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Yoqub va uning oilasi Misrga ko‘chadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
46–BOB
Yoqub va uning oilasi Misrga ko‘chadi 1 Shunday qilib, Yoqub* butun mol–mulkini olib, yo‘lga chiqdi. U Bershebaga* yetib kelib, otasi Is’hoqning Xudosiga qurbonliklar qildi. 2 Tunda Xudodan Yoqubga vahiy keldi: — Yoqub! Yoqub! — Labbay! — dedi u. 3 — Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qo‘rqmasdan Misrga boraver, Men u yerda sendan buyuk xalq yarataman. 4 Men sen bilan birga Misrga boraman. Sen Yusufning qo‘lida jon berasan. Vaqti kelib, Sening naslingni O‘zim Misrdan olib chiqaman. 5 So‘ngra Yoqub Bershebadan ketdi. O‘g‘illar otasini, bolalarini, xotinlarini fir’avn yuborgan aravalarga o‘tqazdilar. 6 Ular Kan’onda orttirgan chorvasini, hamma mol– mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila a’zolari 7 — o‘g‘illari, qizlari va nabiralari ketdilar. 8 Misrga ketgan Isroil xalqi, ya’ni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir: Yoqubning Leaxdan ko‘rgan nasli Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben va 9 uning o‘g‘illari — Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi. 10 Shimo‘n va uning o‘g‘illari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va Shovul. (Shovulning onasi Kan’onlik edi.) 11 Levi va uning o‘g‘illari — Gershon, Qohot, Marori. 12 Yahudo va uning o‘g‘illari — G‘ur, O‘nan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida vafot etgan edilar*.) Paraz va uning o‘g‘illari — Xazron va Xomul. 13 Issaxor va uning o‘g‘illari — To‘lo, Puvax, Yoshuv* va Shimron. 14 Zabulun va uning o‘g‘illari — Sared, Elo‘n va Yaxliyol. 15 Leaxning bu o‘g‘illari va qizi Dina Paddon–Oramda* tug‘ilgan edilar. Yoqubning Leaxdan tarqalgan nasli jami bo‘lib o‘ttiz uch kishi edi. Leaxning cho‘risi Zilpodan Yoqubning ko‘rgan nasli 16 Gad va uning o‘g‘illari — Zafo‘n*, Xagi, Shuno, Ezbo‘n, Eri, Aro‘d* va Erali. 17 Osher va uning o‘g‘illari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax degan singillari ham bor edi. Bariyoning o‘g‘illari — Xaber va Malxiyol. 18 Zilpo Yoqubga tug‘ib bergan nasl ana shulardir. Ular hammasi bo‘lib o‘n olti kishi edi. Lobon Zilponi qizi Leaxga cho‘ri qilib bergan edi. Yoqubning Rohiladan ko‘rgan nasli 19 Yoqubning xotini Rohila tuqqan o‘g‘illar — Yusuf bilan Benyamin. 20 Yusuf Misr yurtida ikki o‘g‘il — Manashe va Efrayimni ko‘rdi. Yusufning xotini Osanat On shahrining* ruhoniysi Po‘tiferoning qizi edi. 21 Benyamin o‘g‘illari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, No‘mon, Exi, Ro‘sh, Mupim, Xupim va Ard. Ibtido 67 22 Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi bo‘lib o‘n to‘rt kishi edi. Rohilaning cho‘risi Bilxaxdan Yoqubning ko‘rgan nasli 23 Dan va uning o‘g‘li — Xushim. 24 Naftali va uning o‘g‘illari — Yaxziyol, Go‘no, Izar va Shillem. 25 Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi Rohilaga cho‘ri qilib bergan edi. Hammasi bo‘lib yetti kishi edi. 26 Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi bo‘lib oltmish olti kishi* edi. Kelinlari bu hisobga kirmasdi. 27 Yusuf Misrda ikki o‘g‘il ko‘rgan edi. Shunday qilib, Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi bo‘lib yetmish kishi* edi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling