Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yusufning akalari Kan’onga qaytishadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Yusufning akalari Kan’onga qaytishadi
25 Shundan keyin Yusuf xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: “Bu odamlarning qoplarini donga to‘ldirib beringlar. Har birining kumushlarini* qopiga qaytarib solib qo‘yinglar, ularga yo‘l uchun kerakli oziq–ovqat beringlar.” Hammasi Yusuf buyurganday bo‘ldi. 26 Aka–ukalar donlarni eshaklariga yuklab, yo‘lga tushdilar. 27 Kechasi bir joyda tunagani to‘xtadilar. Ulardan biri qopini ochib, eshagiga yem olmoqchi bo‘lgan edi, qarasa, qop ichida kumushlari turibdi! 28 U aka–ukalariga: “Voy, qaranglar! Mana kumushlarim! Qopimning ichida ekan!” deb hayratlandi. Shunda ularning yuraklari qinidan chiqquday bo‘lib qaltirab, bir–birlariga: “Endi Xudo boshimizga nima solyapti ekan–a?!” der edilar. 29 Ular Kan’on yurtiga — otalari huzuriga qaytib kelganlaridan keyin, boshlaridan o‘tgan hamma voqealarni unga aytib berdilar: 30 — O‘sha yurtning hokimi biz bilan juda qo‘pol gaplashdi, bizni, josussizlar, dedi. Ibtido 61 31 Lekin biz to‘g‘ri odam ekanimizni, josus emasligimizni aytdik. 32 Unga: “Biz o‘n ikki aka–ukamiz, bitta otaning farzandlarimiz, bitta ukamiz nobud bo‘lgan, eng kichik ukamiz otamiz bilan Kan’onda qolgan”, deb aytdik. 33 Keyin o‘sha yurtning hokimi bizga aytdi: “Sizlar to‘g‘ri odamlar ekaningizni tekshirib ko‘raman. Bittangiz men bilan qolasiz, boshqalaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib ketaverasizlar. 34 Eng kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Ana shunda sizlar josus emas, balki to‘g‘ri odam ekaningizni bilib olaman. So‘ngra mana bu tug‘ishganingizni sizlar bilan birga jo‘natib yuboraman. Sizlar don sotib olgani tez–tez kelib turaverasizlar*.” 35 Ular qoplarini bo‘shatayotganlarida, qarasalar, hammasining qopi ichida tugunchada kumushlari turibdi. Ota–bolalar tugunchalardagi kumushlarni ko‘rganlarida, vahimaga tushdilar. 36 Shunda Yoqub o‘g‘illariga aytdi: — Meni hamma bolalarimdan judo qilmoqchimisizlar? Yusuf yo‘qoldi, Shimo‘n ham yo‘q, endi esa Benyaminni olib ketmoqchisizlar! Peshanam buncha sho‘r bo‘lmasa! 37 Ruben otasiga dedi: — Agar Benyaminni sizga qaytarib olib kelmasam, mayli, mening ikkala o‘g‘limni o‘ldiravering! Benyaminni menga ishonib topshiring, o‘zingizga qaytarib olib kelib beraman. 38 — O‘g‘lim sizlar bilan birga bormaydi, — dedi Yoqub. — Akasi Yusuf o‘lgan, o‘zi yolg‘iz qoldi*. Yo‘lda u biror falokatga yo‘liqishi mumkin. Qariganimda meni qayg‘udan o‘liklar diyoriga* kiritasizlar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling