Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Naxo‘rning nasli 
20 
Shundan keyin Ibrohim: “Ukang Naxo‘rning xotini Milxo sakkiz nafar o‘g‘il tuqqan” 
degan xabarni eshitdi. 
21 
To‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Uz, keyingisining oti Buz, undan 
keyingisiniki Kamuvol (Kamuvol Oramning otasi bo‘ldi), 
22 
Xosit, Xazo, Pildash, Yidlaf, 
Batuval edi. 
23 
Batuval bir qiz ko‘rib, otini Rivqo qo‘ydi. 
24 
Milxo tug‘ib bergan sakkiz 
nafar o‘g‘lidan tashqari, Naxo‘rning Ravumo degan cho‘risi* ham unga to‘rt o‘g‘il tug‘ib 
berdi. Bu o‘g‘illarining ismi Tavax, Gaxam, Taxash va Maxo edi. 
23–BOB 
Sora vafot etib, dafn qilinadi 

Sora 127 yoshida, 

Kan’on yurtidagi Xirat–Arbada vafot etdi. (Xirat–Arba hozir 
Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim Soraga aza tutib, yig‘ladi. 

U Soraning jasadini qoldirib
Xet xalqidan* bo‘lgan oqsoqollar oldiga bordi va ularga dedi: 

— Men sizlarning orangizda yashayotgan bir musofirman. Iltimos, menga 
yeringizdan ozgina joyini sotinglar, toki marhumamni dafn qilay. 

Xet xalqidan bo‘lgan oqsoqollar Ibrohimga shunday javob berishdi: 

— Gapimizga quloq soling, to‘ram! Biz sizni ulug‘ bek deb hisoblaymiz. Xotiningizni 
dafn qilishingiz uchun joylarimizdan eng yaxshisini tanlab oling. Marhumangizni dafn 
qilishingiz uchun birortamiz sizdan maqbara uchun yer ayamaymiz. 

Ibrohim ularga egilib ta’zim qildi. 

Keyin dedi: 
— Marhumamni dafn qilishimga rozi ekansizlar, endi mening gapimga quloq 
solinglar, Zo‘xar o‘g‘li Efro‘nga mening iltimosimni yetkazinglar. 

U o‘zining 
Maxpaladagi dalasining chetida joylashgan g‘orni menga sotsin. Men g‘orning to‘liq 
narxini to‘layman, toki sizlarning guvohligingizda g‘or mening xonadonim uchun 
maqbara bo‘lsin. 
10 
Efro‘n shu paytda shahar darvozasida* yig‘ilgan o‘z xalqi orasida o‘tirgan edi. U 
jamiki Xet xalqiga eshittirib, Ibrohimga shunday javob berdi: 
11 
— To‘ram, endi mening gapimni eshitsinlar. Men dalamni, dalamdagi g‘orni ham 
sizga in’om qilaman. Xalqimning guvohligida bularni sizga beraman. Marhumangizni 
dafn qilavering. 
12 
Ibrohim yurt xalqiga yana ta’zim qildi. 
13 
U yurt xalqiga eshittirib, Efro‘nga 
shunday javob berdi: 
— Rahmat, lekin men butun dalangiz uchun kumush to‘lab, sotib olay, toki 
marhumamni u yerga olib borib, dafn qilay. Iltimos, mening taklifimni rad etmang. 
14-15 
— E to‘ram, — dedi Efro‘n Ibrohimga, — to‘rt yuz bo‘lak kumush* turadigan bir 
parcha yer bizning oramizda nima bo‘pti?! Marhumangizni dafn qilavering. 


Ibtido
29 
16 
Ibrohim rozi bo‘lib, Efro‘n hammaga eshittirib aytgan to‘rt yuz bo‘lak kumushni 
unga tortib berdi. Bu o‘lchov savdogarlar orasida muomalada edi. 
17 
Shunday qilib, Efro‘nning Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi mulki 
Ibrohimga o‘tdi. Mulk dalani, daladagi g‘orni va dalaning chetidagi hamma daraxtlarni 
o‘z ichiga olar edi. 
18 
Bular shahar darvozasida yig‘ilgan Xet xalqining guvohligida 
Ibrohimning doimiy mulki bo‘lib qoldi. 
19 
Shundan keyin Ibrohim Kan’on yurtida Mamre 
sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g‘orga xotini Sorani dafn qildi. 
(Mamre Xevronda joylashgan.) 
20 
Shunday qilib, Xet xalqiga qarashli bo‘lgan dala va u 
yerdagi g‘or maqbara sifatida Ibrohimning doimiy mulki bo‘lib qoldi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling