Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Is’hoqning tug‘ilishi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
Gen Part

21–BOB 
Is’hoqning tug‘ilishi 

Egamiz bergan va’dasi bo‘yicha Soraga marhamat qildi. 

Sora homilador bo‘lib, 
Ibrohimga qarigan chog‘ida o‘g‘il tug‘ib berdi. Bularning hammasi Xudo aytgan vaqtda 
yuz berdi. 

Ibrohim o‘g‘liga Is’hoq deb ism qo‘ydi. 

Xudo amr qilganday, Is’hoq sakkiz 
kunlik bo‘lganda, Ibrohim uni sunnat qildi*. 

Is’hoq tug‘ilganda, Ibrohim yuz yoshda edi. 

Sora dedi: “Xudo menga shodlik va kulgi* ato qildi, bu haqda eshitgan har kim men 
bilan birga kuladi. 

Kim ham, Sora chaqaloq emizadi, deb Ibrohimga ayta olardi?! Men 


Ibtido
26 
esa Ibrohimga qarigan chog‘ida o‘g‘il tug‘ib berdim.” 

Vaqt o‘tib, Is’hoq katta bo‘lib qolgach, Sora uni ko‘krakdan chiqardi. Bu baxtli kunni 
nishonlab, Ibrohim katta ziyofat berdi*. 
Hojar bilan Ismoil quviladi 

Misrlik Hojarning Ibrohimga tug‘ib bergan o‘g‘li Ismoil* Is’hoqni* masxara 
qilayotganini* Sora ko‘rib qoldi. 
10 
Sora Ibrohimdan: 
— Bu cho‘rini o‘g‘li bilan birga haydab yuboring! — deb talab qildi. — Cho‘rining 
o‘g‘li mening o‘g‘lim bilan merosxo‘r bo‘lmasin*. 
11 
Bu gapdan Ibrohim juda xafa bo‘ldi, axir, Ismoil ham uning o‘g‘li edi–da. 
12 
Lekin 
Xudo Ibrohimga dedi: 
— Bola va cho‘ri xotining uchun tashvish tortma. Soraning aytganlarini qil. Chunki 
Men senga va’da qilgan nasling Is’hoq orqali kelib chiqadi. 
13 
Cho‘ri xotiningning bolasi 
sening ham o‘g‘ling bo‘lgani uchun Men unga ham farzandlar ato etib, undan xalqlar 
yarataman. 
14 
Ibrohim ertasiga saharda turdi. Bir oz yegulik va bir mesh suv olib, Hojarning 
yelkasiga yukladi–da, o‘g‘li bilan birga jo‘natib yubordi. Hojar Bersheba atroflarida 
cho‘lda bemaqsad izg‘ib yurdi. 
15 
Meshdagi suv tamom bo‘lgach, Hojar bolasini bir butaning tagida qoldirdi. 
16 
So‘ngra: “Bolamning o‘lishini ko‘rmayin”, deb bolasidan bir o‘q otimi* nariga borib 
o‘tirdi. Hojar o‘sha yerda o‘tirib, yig‘lab, faryod qila boshladi. 
17 
Xudo o‘smirning yig‘isini 
eshitdi. Xudoning farishtasi samodan Hojarni chaqirib dedi: 
— Nimaga g‘am chekyapsan, Hojar? Qo‘rqma, sen o‘smirni qoldirib ketgan joydan 
Xudo uning yig‘isini eshitdi. 
18 
Qani, o‘g‘lingni turgiz, uning qo‘lidan ushla. Men uning 
naslidan buyuk xalq yarataman. 
19 
Xudo Hojarning ko‘zini ochib yuborgan edi, u bir quduqni ko‘rdi. Borib, meshni 
suvga to‘ldirib keldi–da, bolasiga ichirdi. 
20 
Xudo doimo bola bilan birga bo‘ldi. Bola Poron cho‘lida* o‘sib–ulg‘aydi. U mohir 
kamonkash bo‘ldi. 
21 
Onasi uni Misr yurtidan bir qizga uylantirdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling