Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Ibrohim bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22–BOB Xudo Ibrohimga amr beradi
Ibrohim bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv
22 Bir kuni Abumalek* lashkarboshisi Pixol bilan birga Ibrohimning oldiga bordi va unga dedi: — Sen har qanday ishni qilganingda ham Xudo sen bilan birga. 23 Endi Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib, seni, bolalaringni, naslingni aldamayman, deb qasam ich. Men senga sodiqligimni ko‘rsatdim. Shuning uchun hozir, senga va men istiqomat qilib turgan shu yurtingga sodiq bo‘laman, deb qasam ich. 24 — Qasam ichaman, — dedi Ibrohim. 25 Shunda Ibrohim Abumalekka: “Xizmatkorlaring zo‘rlik bilan mening qudug‘imni tortib olishdi”, deb shikoyat qilib qoldi. 26 — Bu haqda birinchi marta eshityapman, — dedi Abumalek. — Sen menga bu haqda aytmagan eding. Bu ishni kim qilganini bilmayman. 27 Shunday qilib, Ibrohim Abumalekka mol–qo‘ylar berdi va ikkalasi ahd qildilar. 28 Ibrohim yettita urg‘ochi qo‘zini suruvdan ajratib oldi. 29 Abumalek Ibrohimdan: — Sen yettita urg‘ochi qo‘zini ajratib olding, buning ma’nosi nima? — deb so‘radi. 30 Ibrohim shunday javob berdi: Ibtido 27 — Mana shu yettita urg‘ochi qo‘zini sen qo‘limdan olishing kerak, toki bu quduqni o‘zim qaziganimni bular isbotlaydi*. 31 Shunday qilib, ikkovlari qasamyod qilishdi. Shuning uchun bu joy hozirgacha Bersheba* deb yuritiladi. 32 Ular ahd qilganlaridan keyin, Abumalek o‘z lashkarboshisi Pixol bilan Filistlar yeridagi Garor shahriga qaytib ketdi. 33 Ibrohim Bershebada yulg‘un daraxti* o‘tqazdi va u yerda abadiy Xudoga — Egamizga sajda qildi. 34 U Filistlar yerida ancha vaqt yashadi. 22–BOB Xudo Ibrohimga amr beradi 1 Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi. — Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo. — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim. 2 — Yolg‘iz suyukli o‘g‘ling Is’hoqni olib, Moriyox yeriga* bor, — dedi Xudo. — Men senga bir tog‘ni ko‘rsataman, o‘sha tog‘da o‘g‘lingni qurbonlik qilib kuydirasan. 3 Ertasi kuni Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi. Olovda kuydiriladigan qurbonlik uchun o‘tin tayyorladi. So‘ng ikki xizmatkori va o‘g‘li Is’hoqni yoniga olib, Xudo aytgan yerga jo‘nadi. 4 Uch kun yo‘l yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan o‘sha joyni ko‘rdi. 5 Ibrohim xizmatkorlariga dedi: — Sizlar shu yerda — eshakning yonida qolinglar. O‘g‘lim bilan hov anavi yerga boramiz–u, u yerda sajda qilib, shu yerga qaytib kelamiz. 6 Ibrohim qurbonlik kuydirish uchun o‘tinni olib, o‘g‘li Is’hoqning yelkasiga ortdi. O‘zi esa pichoq bilan cho‘g‘ni olib ketdi. Ikkovlari birga ketishdi. 7 — Otajon! — dedi bir payt Is’hoq otasiga. — Labbay, o‘g‘lim, — deb javob berdi Ibrohim. — Olov bilan o‘tin bor–u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zi qani? — deb so‘radi Is’hoq. 8 — Qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zini Xudoning O‘zi beradi*, o‘g‘lim, — deb javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yo‘lda davom etishdi. 9 Ular Xudo ko‘rsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga o‘tin qaladi. So‘ngra u o‘g‘li Is’hoqni bog‘lab, qurbongohdagi o‘tinlar ustiga yotqizdi. 10 Ibrohim pichoqni oldi va o‘g‘lini bo‘g‘izlashga shaylandi. 11 Shu payt Egamizning farishtasi samodan unga hayqirdi: — Ibrohim! Ibrohim! — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim. 12 — Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar yetkazma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qo‘rqar ekansan. Sen hatto yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamading. 13 Ibrohim boshini ko‘tarib, qo‘chqorni ko‘rib qoldi. Qo‘chqorning shohlari chakalaklarga o‘ralib qolgan edi. Ibrohim qo‘chqorni ushlab, qurbongohda o‘g‘lining o‘rniga kuydirib qurbonlik qildi. 14 Shuning uchun bu joyga Ibrohim “Egamiz beradi”* deb nom qo‘ydi. Bu nom bugungi kunda*: “Egamizning tog‘ida* beriladi*” degan hikmatga aylanib ketgan. 15 Shundan keyin Egamizning farishtasi samodan Ibrohimni yana chaqirdi: Ibtido 28 16 — Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamaganing uchun O‘zimning nomim bilan qasamyod qilaman*: 17 senga albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirg‘og‘idagi qumday son–sanoqsiz qilib ko‘paytiraman. Nasling g‘animlarining darvozalarini egallaydilar. 18 Menga itoat qilganing uchun yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.” 19 Shunday qilib, Ibrohim o‘g‘li bilan birga xizmatkorlari yoniga qaytib keldi va Bershebaga — uyiga yo‘l oldi. Ibrohim Bershebada yashab qoldi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling