Ichak bakteriyalari oilasiga mansub mikroblar


Download 23.21 Kb.
bet2/5
Sana08.04.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1341544
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ichak infeksiyalari

Patogenligi. Enterobakteriyalar ustida joylashgan tukchalar adgeziv
xususiyatga ega ular yordamida mikrob epiteliy hujayralariga yopishib oladi va u yerda ko'payadi. Enterobakteriyalarendo- va ekzotoksinlar hosil qiladi. Endotoksin huja_yra devoridagi lipopolisaxariddan tashkil topgan bo'lib, bakteriya tanasi bilan mustahkam bog'langan, shuning uchun bakteriya hujayrasi parchalangandan so'ng ajraladi, u haroratga chidamli. Enterotoksin (ekzotoksin) esa oqsildan iborat, haroratga chidamsiz. Enterotoksin hosil bo'lishi Ent-plazmida orqali nazorat qilinadi. Bu plazmida transmissiv bo'lganligi sababli, donor hujayradan retsipiyent bakteriya hujayrasiga, odam yoki hayvonlar ichagida konyugatsiya natijasida о ‘tadi. Enterobakteriyalarning ко 'p turlari (ichak tayoqchasi, Zonne va Fleksner shigellalari, salmonella va boshqalar) enterotoksin hosil qiladi.
Patogenezi. Enterobakteriyalarning patogen turlari cxlam va hayvonlarda
klinik belgilari, patogenezi har xil bo'lgan turli yuqumli kasalliklar (esherixioz, shigellez, salmonellez va boshqalar) keltirib chiqaradi.
Patogen enterobakteriyalarga, asosan, 4 urug': Eschirichia, Klebsiella, Salmonella va Shigella lar kiradi.
Esherixiylar Ichak tayoqchasi (Escherichiacoli)ni 1885-yilda nemis olimi Teodor Esherix dispepsiya bilan og'rigan bemor najasidan ajratib olgan. E.coli tabiatda keng tarqal gan bo'lib, cxlam va sut emizuvchilaming ichaklarida yashaydi. Bundan tashqsari, qush, baliq, sudralib yumvchilar, amfibiya vahasharotlar ichagida ham bo'ladi. Ichak tayoqchasi najas bilan ko'p miqdorda ajralib, tashqi muhit (tuproq, suv, turli buyumlar)ni ifloslantiradi. Escherichia urug'i E.coli, E.fergusonii, E.hermannii, E.vulneris va E.blattae (suvarak ichagida topilgan) turlardan tashkil topgan bo'lib, ular biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.


M o r fo lo g iy a si. Ichak tayoqchasi m o rfo lo g iy a s ig a k o 'ra
Enterobacteriaceae urug'iga mansub enterobakteriyalarga o'xshaydi,
hajmi 1,1-1,5x2,0-6,0 mkm (55-rasm). Bularning ayrim shtammlari
harakatchan (peritrix), ayrimlari esa harakatlanmaydi, ya’ni xivchinlari yo'q.
Hozirgi vaqtda 30% patogen esherixiylarda jinsiy kiprikchalar borligi aniqlangan. Ba’zi shtammlari mikrokapsula yoki shilimshiq kapsula hosil qiladi. Grammanfiy, spora hosil qilmaydi.
Bakteriya hujayrasi mayda tuklar (fibriyalar) bilan qoplangan. Nukleoid DNK sida G+S 48-52% ni tashkil etadi.
0 ‘sishi. E.coli fakultativ anaerob, 37°C haroratda va pH 7,2-7,5
boiganda yaxshi o'sadi. Esherixiylar 22-37°C da o 'z faoliyatini saqlab
qoladi, ammo past haroratda o'sishi to'xtaydi. Ular go'sht-peptonli agarda
shakli yumaloq, rangi tiniq va yaltiroq, chetlari esa bo'rtgan, diametri 1-
2 mm li S-shakldagi koloniyalar hosil qiladi. Lekin mutatsiyalar hisobiga
R-shaklga ega koloniyalar ham vujudga kelishi mumkin, bu holda ular
asosiy biologik xususiyatlarini yo'qotadi.
Go'sht-peptonli bulonda bir xil quyqa, so'ng cho'kma hosil qilib
ko'payadi. Ichak tayoqchasi differensial oziq muhitlarda ularning tarkibiga
ko'ra turli rangdagi koloniyalami hosil qiladi. Masalan: Endo muhitidagi
to'q qizil yaltiroq koloniyalar, muhit tarkibidagi laktozani ichak tayoqchasi
parchalaganligi hisobiga hosil bo'Iadi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling