Ichak bakteriyalari oilasiga mansub mikroblar
Download 23.21 Kb.
|
Ichak infeksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya tashxisi.
- Davosi va profilaktikasi.
- Koli titr deb
Immuniteti. Yosh bolalarda koli-infeksiya immuniteti chuqur o'rganilgan emas, kasallikdan so‘ng tipmaxsus kuchsiz immunitet paydo boiadi. ICesishma immunitet boimaganligi sababli odam umrida bir necha
marta koli-infeksiya bilan kasallanishi mumkin. Koli-infeksiyadagi immunitet kuchsizligiga E.coli ning mikrokapsulasi borligi tufayli fagositoz qiluvchi hujayralar faolligining pasayishi ham sabab bo'ladi. Laboratoriya tashxisi. Kolienterit va boshqa koliinfeksiyalarga mikrobiologik tashxis qo'yish uchun bemorning najasi, burun-halqumidan surtina, murdadan esa qon, o't, jigar, taloq, o'pka, ingichka va yo'g'on ichakdagi moddalar, yiring olib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo'lgan material qattiq oziq muhitlarga (Endo, Levina va boshqalar) va qo'shimcha tif va paratiflar, ichburug' bakteriyalari o'suvchi Ploskirev, vismut-sulfit agarlarga ekiladi. Agar sepsisga gumon qilinsa, u holda qon avval buloraga, so'ng muvofiq qattiq oziq muhitga ekiladi. Ajratib olingan sof kulturani differensiatsiya qilish uchun uning morfologiyasi, o'sishi, biokimyoviy va serologik xususiyatlari tekshiriladi. Ajratilgan esherixiyaning qaysi O-guruhga mansub ekanligini aniqlash uchun avval tekshirilayotgan undirma qaynatiladi, bunda K-antigen parchalanadi, so'ng agglutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi, bunda O K – va O-zardoblardan foydalaniladi. Ajratib olingan kulturani yoki tekshirilishi lozim bo'lgan materialni tezlikda identifikatsiya qilish uchun immunofluressent reaksiyasidan foydalaniladi. Natijani 1-2 soatdavomida aniqlash mumkin. K o lie n te ritg a serologik ta sh x is q o 'y is h uchun b ilv o s ita gemagglutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Agar reaksiyaning diagnostik titri oshib boraversa, bu musbat natija hisoblanadi. Davosi va profilaktikasi. Koli-infeksiya bilan og'rigan bemorlarga antibiotiklar (tetratsiklin, levomitsetin, polimiksin, nitromitsin va boshqalar) b eriladi. Bundan tashqari, biologik preparatlar: koli-autovaksina, kolibakterin, laktobakterin, bifikol, bifidumbakterinlar qoilaniladi. Koli-infeksiyaning oldini olish uchun bemorlarni tezda aniqlash, ulami kasalxonagajoylash vategishli davolash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun muntazam ravishda bolalar muassasalari xizmatchilari vaoshpazlami vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish (dispanserizatsiya), sut tayyorlash oshxonalari, tu g ‘ruqxonalar, bog'cha va yaslilarda sanitariyagigiyena qoidalariga q a t’iy rioya qilish: suv, oziq-ovqatlar, ho‘l mevalaming ifloslanmasligini ta’minlash kasallikning oldini olish da muhim. Koli-infeksiyaga qarshi maxsus profilaktika ishlab chiqilmagan. E.coli sanitarko‘rsatkich mikroorganizm hisoblanadi. Shuning uchun u suv, oziq-ovqat, spirtsiz ichimliklar, turli buyumlarda uchramasligi lozim. Suv, oziq-ovqat mahsulotlari, tuproqda, ichak tayoqchasi borligini tekshirish uchun koli titr va koli indeks aniqlanadi. Koli titr deb E. coli bir donasi uchraydigan suyuqlikning eng kam hajmiga aytiladi (normada 250-300 ml). Koli-indeks - 1 1 suyuqlikda topiladigan E. coli soni (me’ yorda 3-4 tagacha). Download 23.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling