Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Forobiy. Uyg‘onish davrining birinchi bosqichida ijod qilgan Sharq allomalaridan biri atoqli faylasuf va axloqshunos olim Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zlug‘ ibn Tarxon Forobiydir (873-950). Sharqda «Ikkinchi muallim» deb tan olingan bu alloma o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Davlat arbobining hikmatlari», «Baxt-saodatga erishuv haqida» kabi bir qator asarlari bilan axloq ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan.
Forobiy kasb axloqining kelib chiqishi, xususiyatlari va hayotga tatbiq etilishi borasida quyidagi g‘oyalarni ilgari surgan: «Insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatlariga kelsak, bu fazilat tug‘ma emasdir. Agar kasb- hunar fazilati tug‘ma bo‘lganida, podshohlar ham o‘zlari istab va harakat 1 Qarang: Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихдан лавҳалар. – Т.: Ўзбекистон, 1995. – Б.10-11. qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo‘lgan, tabiat talab qilgan tibbiy majburiyat bo‘lib qolar edi. Nazariy va buyuk fikriy fazilat, ulug‘ tug‘ma fazilat va kasb-hunar fazilati odat- malaka bo‘lib qolgan odamda bu fazilatlar irodani hosil qilishning va odatga aylantirishning sababi bo‘ladi. Bunday odamlar cheksiz va juda kuchli tabiat va iroda egalaridir. Xalqlar va shahar ahllarida axloq, odob, rasm-rusum, kasb-hunar odat va irodani hosil qilish uchun insondan zo‘r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yo‘l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo‘ladi»1 . Forobiyning fikricha, huquqni, eng avvalo, fozillar shahrining hokimi himoya qiladi. Shunga ko‘ra, hokimning axloqiy fazilatlari haqida u shunday deb yozadi: «Hokim Allohdan boshqa hech kimga bo‘ysun- masligi kerak. U tabiatan to‘rt muchali sog‘-solim bo‘lib, o‘ziga yuklan- gan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqson xalal bermasligi zarur, aksincha, u sog‘-salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim»2. Forobiyning ta’kidlashicha: «O‘zida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo‘la oladi: (birinchidan), bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin; (ikkinchidan), barcha masalani, muhokama va mulohazani tezdan va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin; (uchinchidan), xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin; (to‘rtinchidan), zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishligini tezda bilib olsin; (beshinchidan), so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin; (oltinchidan), bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin; 1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри – Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. – Б.184. 2 O‘sha manba. – B.159. (yettinchidan), ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko‘z bo‘l- masin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular kelti- radigan xursandlikdan jirkanadigan bo‘lsin; (sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin; (to‘qqizinchidan) ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin; (o‘ninchidan), dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin; (o‘n birinchidan), o‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga, adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, o‘z odamlari va boshqalarga adolatli bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan narsalarni barchaga taqdim etgan holda odamlarni adolatga targ‘ib etadigan, adolatsizlik oqibatlarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin; (o‘n ikkinchidan), adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zibilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin», – degan edi. Bu o‘gitlar o‘z ahamiyati va qadrini yo‘qotmaydigan, insoniyat tafakkurining oltin xazinasidan joy olgan «aql gulshani» hisoblanadi. Mazkur alloma haqida I.A.Karimov: «Forobiyning o‘sha mashhur «Fozil odamlar shahri» asarini esga olaylik. Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o‘quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqatadigan muhim fikr va yo‘l-yo‘riqlarni topa oladi»1, – degan edi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling