Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Alisher Navoiy hikmatlari


Download 0.5 Mb.
bet31/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Alisher Navoiy hikmatlari:


Yuz bir mashaqqat sendan uzoq bo‘lishini istasang, dunyoga haddan tashqari hirs qo‘ygan ochko‘z olomondan uzoqlash.
O‘z fikru o‘yingga ko‘p ham e’tiqod qo‘yma, odamlarning tajribadan o‘tgan tadbirlariga ham murojaat qil.

  • Birovga berish uchun birovdan olishdan saqlan. Bermoq uchun olmaganing yaxshiroqdir.

  • Tavba baxtsizlik yo‘lining oxiri va to‘g‘rilik yo‘lining boshla- nishidir.

  • Sabr shodliklar kalitidir, bandlarni yechuvchidir.

  • Umr bevafodir; mardona hayot abadiydir.

  • Aqlli odam yolg‘on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to‘g‘ri emas.

  • Hazil qilaverishdan hurmatsizlik ortadi; hazilning oxiri janjalga olib keladi.

  • Xato qilmoq odamga xos xususiyatdir. Xatosini anglab, ogoh tortgan saodat egasidir.

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiydan tashqari Lutfiy, Abdurah- mon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mirzo Bedil kabi bir qancha mutafakkir allomalar go‘zal axloq haqida bebaho asarlarni meros qilib qoldirganlar. Ularni o‘rganish va amalda qo‘llash huquqni muhofaza qilish idoralarida xizmat qiluvchi har bir xodimning milliy va kasbiy burchi hisoblanadi.


1 O‘sha manba. – Б.16,18,21,23,24.
2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2011. –
Б. 47.
5-§. YANGI DAVRDA VUJUDGA KELGAN VA HOZIRGI ZAMONDA MAVJUD BO‘LGAN AXLOQIY VA ESTETIK TA’LIMOTLAR, ULARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Yangi davrda vujudga kelgan axloqiy va estetik ta’limotlar orasida I.Kant, V. Gegel, L.Feyerbax, K.Marks va F.Engelslarning axloqiy va estetik qarashlari, g‘oya va nazariyalari alohida ajralib turadi.
Kant. Immanuil Kant (1724–1804) nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri bo‘lib, o‘zining «Amaliy aqlni tanqid», «Odoblar metafizikasi», «Antropologiya» kabi asarlarida etika nazariyasi masalalari haqida fikr yuritib, uni falsafaning maxsus qismi deb hisoblaydi.
Kant etikasidagi asosiy tushuncha – burchdir. Uning ta’kidlashicha:
«Burch bu – axloqiy qonunga hurmat bajo keltirish bilan sodir etiladigan zaruriy xatti-harakatdir. Chunki unga bo‘ysunish shaxsning axloqiy kamolotga va axloqiy erkinlikka erishuvining asosiy shartidir»1. Shunga ko‘ra etika ikki qismdan, ya’ni burch haqidagi ta’limot va burchning amaliyotga tatbiq qilinishidan iboratdir. Etikani bunday bo‘lish uning insonni ikki xil tushunishidan kelib chiqadi. Uningcha, inson ikki qismga bo‘linadi: bir tomondan, inson tabiatning bir qismi bo‘lib, tabiat qonunlariga bo‘ysunadi, uning xulq-atvori ham tabiat qonunlari bilan belgilanadi; ikkinchi tomondan, inson – axloqiy vujud, shuning uchun u faqat axloqiy burchga bo‘ysunadi.
Kantning axloqiy qarashlaridagi ijobiy tomonlar, avvalo, uning odamlar o‘rtasidagi barcha munosabatlar insoniylik, inson shaxsiga hurmat bilan qarash asosiga qurilishi kerak, insonga nafrat bilan qarash sharmandalikdir, degan fikrlarining mazmuni bilan bog‘liq.
Kantning estetik qarashlarida go‘zallik masalasi alohida o‘rin tutadi. Kant: «Go‘zallik – hissiyot, manfaatsiz, beg‘araz narsa va hodisalarga bo‘lgan maftunlikdir. U o‘zini quyidagi to‘rt belgi: manfaatsiz maftunlikning obyekti; umumiy maftunlikning namoyon bo‘lishi; maqsadga muvofiqlik darajasi; maftunlik sifati tarzida sof shaklda ifodalashidir»2, – degan edi.
Kantning axloqshunoslik, huquqshunoslik va davlatshunoslik fanlariga qo‘shgan hissasi axloqni fan va ayni paytda, insonning ajralmas




1 Кант И. Основоположения к метафизике нравов // Кант И. Соч. – М., 1997. Т.III. – С. 39, 275.
2 Шер А.,Ҳусанов Б., Умаров Э. Эстетика. Услубий қўлланма. – Т.: Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университети, 2008. – Б.63-64.
xislati deb bilgan holda huquqiy davlat qurish haqidagi fikrlari bilan qo‘shib, axloq va huquqning ajralmasligini ko‘rsatib berganligidadir.
Gegel. Nemis klassik falsafasining eng mashhur namoyandalaridan bo‘lgan Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770–1831) o‘zining axloqiy masalalarga doir qarashlarini «Ruh fenomenologiyasi» va «Huquq falsafasi» asarlarida bayon etgan.
Gegel axloq shaxsning xususiy ishi emas, balki hamma uchun umumiy qonundir, degan fikrga tayangan holda, odamning ma’naviy dunyosi uning xatti-harakatlarini belgilaydi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Gegelning axloqshunoslik fanlari sohasidagi xizmati shundaki, u etika kategoriyalarining mazmun-mohiyatini ochib bergan. Masalan, u etikaning asosiy kategoriyalari bo‘lmish «vijdon», «yaxshilik», «yomonlik» haqida fikr yuritib: «Yaxshilik – kishi shaxsiy individual axloqining umumiy iroda bilan uzviy birligi, yomonlik – shaxs irodasining umumiy irodaga mos kelmasligidir. Yomonlik – yaxshilik singari irodada o‘z manbaini topadi, iroda esa o‘z ma’nosida yaxshilikni ifodalasa, yomonlikni ham shu qadar ifodalaydi»1, – deydi. Bundan tashqari, Gegel etika faniga insonlarning vijdon erkinligi haqidagi ta’limotini ham kiritadi. Bu xususda u «vijdon erkinligi axloqiylikning zaruriy sharti va asosidir»2, – degan g‘oyani ilgari surgan edi. Gegel falsafasida «barcha aqlga muvofiq narsalar haqiqatdir va barcha haqiqiy narsalar aqlga muvofiqdir» degan qoida muhim o‘rin tutadi. U kasb axloqiga oid masalalarni shunga muvofiq tarzda yoritishga harakat qilgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling