Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. ALISHER NAVOIYNING HUQUQ-TARTIBOT HIMOYACHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGI G‘OYALARI
- Insonparvarlik va adolat to‘g‘risida.
Amir Temur o‘gitlari:– Bir ishga kirishmay turib, undan chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘y. Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlagay. Aqlli dushman johilu nodon do‘stdan yaxshiroq. Zinodan tug‘ilgan kishi o‘ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyodan ketmaydi. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi. Kuch – adolatdadir. Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Ishon – ammo shubha qil. Dushmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq. Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama. 1 Каримов И. А. Миллий давлатчилигимиз тарихининг мумтоз намунаси // Унинг ўзи. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш – мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир. Т.19. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б.286. 2 Каримов И.А.Халқимиз бор экан,Амир Темур номи барҳаётдир //Унинг ўзи. Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б.169. 3 Каримов И.А. Миллий давлатчилигимиз тарихининг мумтоз намунаси // Унинг ўзи. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш – мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир.Т.19.– Т.:Ўзбекистон,2011. – Б.285. 4-§. ALISHER NAVOIYNING HUQUQ-TARTIBOT HIMOYACHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGI G‘OYALARI Alisher Navoiy (1441–1501) – o‘zbek xalqning ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk insonparvar olim va davlat arbobi, butun hayoti va faoliyatini odamlarning baxt-saodati uchun kurashga bag‘ishlagan buyuk inson. Alisher Navoiy 1472 yilda vazir lavozimiga tayinlanib, «Amir Kabir» («Ulug‘ Amir») unvoni bilan davlat ishlarini bajarishga kirishadi. U davlat vaziri, ya’ni huquq-tartibot o‘rnatuvchilarning boshlig‘i lavozimida turganida «…bir nafas bo‘lsa-da xalqni esdan chiqarmadi, davlatni xalq manfaatlarini ko‘zlovchi, xalq orzularini amalga oshiruvchi vositaga aylantirishga, davlat arboblarini xalq xizmatchilariga aylantirishga tirishdi va bu ishda uning o‘zi namuna bo‘ldi. U davlat ishlarini intizomga solishga, hukumat idoralarini, saroyni yaramaslardan, xalq hisobiga zarbof to‘n kiyuvchi, ayshu ishrat qiluvchi ifloslardan, amalparastlardan, fitnachilardan tozalash, ularni fosh etish, qamchilash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi»1. Insonparvarlik va adolat to‘g‘risida. Alisher Navoiyning axloqiy qarashlari markazida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. Bu g‘oyaning asosiy qoidasi esa insonni qadrlash, uning shaxsini hurmat qilish, fikr va hissiyoti erkinligini ta’minlash hisoblanadi. Inson baxtli yashashi uchun unga munosib ijtimoiy muhit yaratish zarurligini uqtirgan Alisher Navoiy huquq-tartibot o‘rnatuvchilarda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish- ning asosiy vositasi ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiyadan iborat deb biladi. Shunga ko‘ra, huquq-tartibot o‘rnatuvchilarda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishning amaliy ibtidosi sifatida adolatli shoh g‘oyasini ilgari suradi. U o‘zining asrlarida odil podshoh haqidagi g‘oyani ikki yo‘l – adolatsiz, zolim johil va fosiq shohlarni tanqid qilish; 2) adolatli, insonparvar, fozil podshohlarni ulug‘lash – orqali rivojlantiradi. Zolim va johil podsholarning adolatsizligidan obod joylar vayronaga aylanib, xalqning tinchligi buziladi, adolat o‘rnini razolat egallaydi. Odil podsho xalqqa quyosh kabi hayot bag‘ishlaydi. Uning tig‘i siyosatidan fuqarolar zolimlar xavfidan omon qoladi. Shoh qanday bo‘lsa, uning qo‘l 1 Зохидов В.Ю. Улуғ шоир ижодининг қалби (Алишер Навоий ҳақида) – Т.: Ўзбекистон, 1970. – Б.65. ostidagi mulozimlari ham xuddi shunday bo‘ladilar. Agarda shoh adolatsiz bo‘lsa, uning vaziri, beklari, mirshabu qozilari ham adolatsiz bo‘ladilar, agarda shoh adolatli bo‘lsa, uning mulozimlari ham adolatli bo‘ladilar. Bu g‘oya Alisher Navoiyning huquq-tartibot o‘rnatuvchilar kasb axloqining asl mazmunini ifodalovchi ta’limotining negizi hisoblanadi. Alisher Navoiyning: Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami,1 ya’ni agar sen odam esang, xalq g‘amidan g‘ami yo‘q kishilarni odam hisoblama, degan fikri insonparvarlikni madh etuvchi dunyoqarashning o‘zagini tashkil etadi. Alisher Navoiy insonni oliy bir mavjudot, yuksakdagilarning yuksagi, baland martabalilarning baland martabalisi, go‘zallarning go‘zali, qudratlilarning qudratlisi deb ulug‘laydi. U insonni jahondagi eng sharafli, karomat tojiga ega bo‘lgan zot sifatida ta’riflaydi: Barchadin ashrafki, ul inson erur- Kim, kamolida xirad hayron erur2, ya’ni mavjudot ichida barchadan afzali insondir, uning har jihatdan mukammal yaratilganligini ko‘rib, aql ham hayrondir. Alisher Navoiy huquq-tartibot posbonlarining qalbida inson- parvarlikni shakllantirishning va uni amalda namoyon qilishning, ya’ni axloqiy munosabatlarida so‘z san’atining alohida o‘rni borligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, so‘z san’ati faqat inson uchun ato etilgan. Insonning insonligi so‘z bilandir. Hayvon so‘zlashish imkoniyatidan mahrum. Tangriki, insonni qilib ganji roz, So‘z bila hayvondan anga imtiyoz3, ya’ni xudo insonni o‘z sirlarining xazinasi qilib yaratdi. Nutq ato etish bilan uni boshqa mavjudodlardan afzal qildi. Shuning uchun og‘izdan chiqayotagan so‘z suhbatdoshga in’om etilayotgan gavhardek qimmatli bo‘lsin. Yaxshi so‘z bilan dushmanni rom etib, barcha murod-maqsadni hosil qilish mumkin. Inson so‘zni aql bilan 1 Навоий Алишер. Ҳикматлар / Нашрга тайёрловчилар: С.Муталлибов, Э.Очилов. – Т.: Шарқ, 2006. – Б.121. 2 O‘sha manba. – B.29. 3 O‘sha manba. – B.150. ishlatishi lozim. Achchiq so‘zlar bilan tirikni halok etish mumkin. Ammo shunday so‘zlar ham bo‘ladiki, ular o‘lik tanga jon kiritadilar: Har kimki, chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har nechaki ag‘yordurur, yor aylar1. Ma’nosi: Shirin so‘z bo‘lgan kishi dushmanni ham do‘st qila oladi. Har neki yetar sanga lison og‘rig‘idan, Bilgilki,qatig‘durur sinon og‘rig‘idin2 Ma’nosi: Tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomondir. Ham so‘z ila elga o‘lidan najot, Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot3. Ma’nosi: Xalqqa o‘limdan qutulish so‘z bilan mumkin bo‘lganiday, o‘lik tanning tirilishi ham so‘zdandir. Tiling bilan dilingni bir tut, Tili va dili bir kishining aytgan so‘zi but4. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling