Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Huquq-tartibot himoyachilarning axloqiy fazilarlari haqida. Alisher Navoiyning fikricha, axloqan yuksak, kamolotga yetgan kishi, birinchidan, halol va haqgo‘y bo‘lishi lozim. Shoir aytadiki, inson kim bo‘lmasin – sulton yoki xon, amaldor yoki oddiy kishi – baribir halollik va haqgo‘lik uning hayotining mazmunini tashkil etishi lozim. Bu xususda u shunday deb yozadi:
Ikki qaro pul, chekibon dastranj, Yaxshiroq andinki, shah in’omi ganj5. Ma’nosi: O‘z mehnati bilan topilgan ikki chaqa pul shoh bergan butun bir xazinadan yaxshi. Ikkinchidan, u mardlik va olijanoblik fazilatlariga ega bo‘lishi kerak. Bu fazilat insonning vijdon amri bilan o‘z fuqarolik burchiga sodiqligi orqali namoyon bo‘ladi. Demak, vijdonsiz – sadoqat, sadoqatsiz – mardlik va olijanoblik bo‘lmaydi. Bu xususda Navoiy: «Vafo – shunday asl gavharki, u insoniyat tojiga ziynatdir. Vafosizda hayo yo‘q; hayosizda 1 Навоий Алишер. Ҳикматлар. – B. 212. 2 O‘sha manba. – B.213. 3 O‘sha manba. – B.213. 4 O‘sha manba. – B.94. 5 O‘sha manba. – B.70. vafo yo‘q. Agar kimda bu ikki sifat bo‘lmasa – unda imon ham yo‘q. Va agar kimda imon bo‘lmasa, unda odamiylik ham yo‘q...»1, – degan edi. Uchinchidan, komil inson saxovat va himmat fazilatlariga ega bo‘lishi darkor. Chunki inson, o‘z tabiatiga ko‘ra, yaxshilik sari va muhtoj kishiga foydali bo‘lish sari intiladi. «Saxovat, – deb yozgan edi Navoiy, – insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Himmat ahlining ixtisosi – saxovatdir; bu ulug‘ sifat – pokiza kishilarga xosdir. Odam – bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir. Himmatsiz kishi – er sonida emas; jonsiz badanni hech kim tirik demas. Oliy himmat odam – baland parvoz lochindir; behimmat – sichqon ovlovchi kalxatdir.Himmat egasi – qashshoq bo‘lsa ham tubanlik qilmas; himmatsiz odam – xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas»2. Alisher Navoiy bu yuksak axloqiy fazilatlarning qarama-qarshisi bo‘lgan tuban xislatlar – yolg‘onchilik, munofiqlik, aldamchilik, sotqinlik, ochko‘zlik, xudbinlik kabilarni qoralaydi. «Yolg‘onchi, – deb yozgan edi Navoiy, – kishi emas; yolg‘on aytmoq – yaxshilar (mardlar) ishi emas. Yolg‘on so‘z – aytuvchini bee’tibor qiladi, chunki u gavharni oddiy toshdek xor qiladi. Kimki chin so‘zni yolg‘onga qotadi, bebaho durni najasga otadi»3 . Alisher Navoiy huquqni bevosita himoya qiluvchi beklar, vazirlar, yasovullar, qozilarning axloqiy fazilatlari haqida: «Bek (shahar yoki viloyat boshlig‘i, umuman ulug‘ mansab egalari) kambag‘al bechoralar- ning panohi va podshoh davlatining – xayrixohi. Uning murodi – aholining tinch-omonligi; maqsadi – jamiyatning ravnaqi» degan bo‘lsa, «Vazir so‘zi «vizr» (gunoh) so‘zidan kelib chiqqandir. Bu hol uning tabiatiga juda mos va loyiqdir. Zolim vazirlar dori o‘rniga zahar berib, bemorlarni o‘ldiruvchi tabiblarga juda o‘xshash va yaqindir», «Yasovul shunday odamki, u mazlum, ezilgan kishini zolimning zulmidan qutqargay», «Qozi musulmonlik binosining tayanchidir va musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchidir.Qozi qonun yo‘lidan bir qadam ham toymasligi – to‘g‘ri yo‘ldan chiqmasligi lozim. Qozining oyog‘i to‘g‘rilik ko‘prigidan chetga toyar ekan,joni jahannam tubida bo‘ladi. 1 Навоий А. Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгилиси). – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти,1983. – Б.64. 2 O‘sha manba. – B. 61–62. 3 O‘sha manba. – B. 93–94. Qozilik ishini qanday xohlasam, shunday qilaman deyish hayosizlik va yolg‘onchilikdir»1, – degan edi. Alisher Navoiyning axloq haqidagi g‘oya va qarashlari jahon mutafakkirlarining javohirlari sandig‘idan abadiy joy olgan bo‘lib, uning asarlarini takror-takror o‘qish har bir huquq-tartibochining faxrli ishiga aylanishi kerak. Chunki ulardagi axloqiy g‘oyalar fuqarolarning haq- huquqlarini himoya qilishda insonparvarlik qoidalarini qo‘llashning axloqiy normalari vazifasini o‘taydi. Alisher Navoiyning insoniyat rivoji tarixida tutgan o‘rni haqida I.A.Karimov: «Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir»2, – degan edi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling