Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet33/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Pragmatizm. «Pragmatizm» tushunchasi yunoncha «rragmatos» (ish- harakat) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, AQSHda yuzaga kelgan falsafiy va axloqiy ta’limot nomidir. Pragmatizm vakillari o‘z axloqiy qarashlarini insonni faol shakllanayotgan reallik deb bilgan holda bayon qiladilar.
Xo‘sh, pragmatizm etikasining asosiy qoidalari nimalardan iborat? Uning bosh postulati takrorlanmas, noyob va shu sababli har gal kishidan mutlaqo yangicha yechim, xulqni talab etadigan axloqiy vaziyat haqidagi qoidadir. Shunga ko‘ra, xulqni tanlash muayyan vaziyatda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan vositalarni tanlashdir. Pragmatiklar etika kategoriyalari haqida fikr yuritib, muayyan vaziyatda foyda keltiradigan hamma narsa yaxshilikdir, degan qoidani ilgari suradi. Bu oqimning vakillari CH.Pirs, U.Jeyms va boshqalardir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pragmatizm ta’limotiga ko‘ra,
foyda keltiradigan hamma narsalar axloqiydir, foydasi tegmaganlari esa axloqsizlikdir.
Pragmatizmning estetikasini tahlil qiladigan bo‘lsak, bu oqimning vakili bo‘lgan Jon Dyui (1859-1952) fikricha, nafosatning o‘zagini tajriba tashkil qiladi; inson va dunyodagi mukammallik estetikaning asosi bo‘lsa, estetik qadriyatlar tajribani uyg‘un tarzda tashkil qilishdir; san’atning asosiy vazifasi odamga lazzat bag‘ishlashdan iborat.
Hozirgi zamonning rivojlanish mantig‘i shuni ko‘rsatadiki, olam, muhit, ijtimoiy voqelik qanchalik rang-barang bo‘lsa, ularning in’ikosi bo‘lgan axloqiy va estetik qarashlar ham shunchalik xilma-xildir. Shuning uchun ham ularni o‘rganishimiz kerak, ammo qandaydir manfaatlardan kelib chiqqan holda dunyoda yagona bo‘lgan axloq tizimini yaratishga urinish asosida ularni tanqid qilishga haqqimiz yo‘q.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





    1. Zardushtiylikning axloqiy qoidalarini aytib bering?

    2. Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davrining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    3. Forobiy kasb axloqidagi qaysi fazilatni ulug‘laydi?

    4. Amir Temur huquq-tartibot o‘rnatuvchilarning ishlarini tashkil qilishda qanday axloqiy fazilatlar zarurligi haqida fikr yuritadi?

    5. Alisher Navoiyning insonparvarlikka oid ta’limoti asosida nimalar yotadi?

    6. Hozirgi zamon axloqiy va estetik ta’limotlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

    7. Amir Temurning «Temur tuzuklari» va Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitoblarini o‘qib chiqing va ulardagi axloqiy o‘gitlarning amaliy ahamiyati to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.

    1. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling