Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING TUTGAN O‘RNI 1-§. UMUMINSONIY AXLOQQA
Takrorlash uchun savol va topshiriqlarUmuminsoniy axloqiy prinsiplar deganda nimani tushunasiz va uning qanday shakllarini bilasiz? Axloq normalari to‘g‘risida gapirib bering. Vatanparvarlik va insonparvarlik haqidagi fikrlaringizni aytib bering va bu to‘g‘rida bahslashing. Shijoat nima, mardlik deganda nimani tushunasiz? Husayn Voiz Koshifiyning: «Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo‘qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi, u holda dunyoda tartib buziladi, kishilar bir- biriga befarq qaraydigan bo‘ladilar», – degan hikmatli gapiga munosabat bildiring. «Axloq-odobga oid hadis namunalari» kitobini kutubxonadan olib o‘qing va undagi hikmatlar xususida fikr yuriting. bobUMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING TUTGAN O‘RNI 1-§. UMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR, ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA SHART-SHAROITLARI «Umuminsoniy axloqqa zid illat» – axloqiy yomonlik tushunchasi. «Illat» so‘zi tandagi dard, kasallik, xastalik, jismoniy yoki ruhiy kamchilik, nuqson, ayb hamda biror ishga, holga sabab bo‘lgan buzuqlik, balo, ofat degan ma’nolarni anglatadi. Shunga ko‘ra, umuminsoniy axloqqa zid illatlar deb umuminsoniy odob-axloq prinsiplari va normalari doirasiga sig‘maydigan, unga xilof ravishda sodir etiladigan yaramas xatti- harakatlarga aytiladi. Ularga g‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, haqorat, hasad, nifoq, zulm, yolg‘onchilik, maqtanchoqlik, dangasalik, ichkilik- bozlik, manfaatparastlik, shuhratparastlik, ayyorlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik, ezmalik, jizzakilik, buzuqchilik kabilar kiradi. G‘azab. G‘azab – insonning aql quvvatidan hissiyot quvvati ustun kelib, o‘zini bosolmasdan, o‘zgalarga shiddat bilan muomala qilishidir. Agar g‘azab birovni urish, so‘kish, ya’ni kishilarga jabr va zulm yetkazish tariqasida yuzaga chiqsa, axloqqa zid illatga aylanadi. O‘rinsiz g‘azablanish ichki ishlar idoralari xodimlarining ishlariga zarar keltiradi. G‘azabning illatlari to‘g‘risida donishmandlar shunday deganlar: G‘azab tez qaytariladigan, shafqatsiz, g‘oyat kuchli, ruhiy jihatdan hayvoniy bir hissiyotdir, u qotillik sababchisi, g‘am-kulfat hamrohi, ziyondoshlik va nomussizlikning oshnasi bo‘lishi mumkin. (Aristotel) G‘azab ustida jazo berish – jazolash emas, qasd olishdir. (P.Buast) G‘azab ustida urgan har bir zarbamiz oxir-oqibat o‘zimizga kelib tushadi. (U. Peni) G‘azabga tushish birovning xatosi uchun o‘zimizdan o‘ch olishimizdir. (A.Pop) Qaysi birlaringda jahlu g‘azab qo‘zisa, darhol sukut saqlashga o‘tsin.(Hadis) G‘azab qo‘ziganda gapirish ham, nimadir qilish ham kerak emas. (Pifagor) – Qaysi birlaringda jahlu g‘azab tik turgan paytda kelsa, darhol o‘tirib olsin. Agar shunda ham g‘azab ketmasa, yotib olsin. (Hadis) Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling