Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini
Download 188 Kb. Pdf ko'rish
|
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 9 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3352]
- Vazir P. BOBOJONOV
- 1-bob. Umumiy qoidalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING BUYRUG‘I ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA XIZMATGA NOMZODLARNI TANLAB OLISH TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 9 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3352] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Vazir P. BOBOJONOV Toshkent sh., 2022-yil 5-mart, 52-son O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 5-martdagi 52-son buyrug‘iga ILOVA Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA Mazkur Yo‘riqnoma ichki ishlar organlarida xizmatga (bundan buyon matnda xizmat deb yuritiladi) nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Nomzodlar xizmatga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlaridagi mavjud bo‘sh lavozimlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. 2. Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar, tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish hamda tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni xizmatga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi. 3. Nizomga asosan: a) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari tanlovning dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz xizmatga qabul qilinadi; b) mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan ayrim lavozimlariga tegishli tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar tanlovsiz qabul qilinadi; v) mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining alohida mutaxassislik talab etiladigan lavozimlariga ushbu mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlargina tanlov asosida (bundan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi ro‘yxatga muvofiq tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan lavozimlar uchun nomzodlar mustasno) qabul qilinadi; g) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining ayrim bo‘linmalari va lavozimlariga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin; d) quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi: ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlar; oliy ta’limni imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar; professor-o‘qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar; Oldingi tahrirga qarang. ekspert-kriminalistika, ish yuritish hamda tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalaridagi lavozimlarga nomzodlar. (3-bandning “d” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022- yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son) 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari) fuqarolar bir yil mobaynida tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi. 5. So‘nggi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi. 6. Xizmatga qabul qilishda nomzodlar bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi (bundan mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan lavozimlar bo‘yicha nomzodlar mustasno): erkak jinsidagi nomzodlarning bo‘yi — 165 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak; ayol jinsidagi nomzodlarning bo‘yi — 160 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak. Mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining ayrim lavozimlariga nomzodlar bo‘yining balandligi alohida antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi. 7. Tanlov tadbirlarining istalgan bitta bosqichidan o‘ta olmagan nomzodga uni takroran topshirishga, shuningdek tanlov tadbirlarining keyingi bosqichiga o‘tishga ruxsat berilmaydi. Bunda, nomzod keyingi tanlovlarga dastlabki o‘rganish bosqichidan boshlab qayta qatnashishi mumkin. 8. Tanlov tadbirlari davomida faxriylar kengashi a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini o‘tkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda tanlovning tegishli komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va o‘z taklif hamda e’tirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillarining murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling