Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini


Download 188 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana20.08.2023
Hajmi188 Kb.
#1668581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

6-bob. Yakuniy suhbat o‘tkazish
67. Yakuniy suhbat nomzodlarning aqliy salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi,
kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan
muhim xislatlarga egaligini aniqlash maqsadida huquqshunoslik va “tarbiya” fanlari bo‘yicha
bilimlarni hamda kasbga oid umumiy dunyoqarashni baholash orqali og‘zaki savol-javob tarzida
o‘tkaziladi.
68. Yakuniy suhbatga tanlovning dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash
tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar kiritiladi.
69. Yakuniy suhbatda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi
lozim. Bunda, tanlov natijasiga ko‘ra, yakuniy suhbatga kirishga faqatgina bitta nomzod tavsiya
etilgan bo‘lsa, keyingi tanlovlar natijasiga ko‘ra, kamida yana bir nafar nomzod tavsiya etilgunga
qadar yakuniy suhbat o‘tkazilmaydi (mazkur Yo‘riqnomaning 3-bandi 
“d” kichik bandi
hamda 
5-
bandida
 nazarda tutilgan nomzodlarni yakuniy suhbatdan o‘tkazishda ushbu talab qo‘yilmaydi).
70. Yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan
bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi tizimidan kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda
o‘tkaziladi.
71. Yakuniy suhbat savollari bazasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi
tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va Ichki ishlar vazirligi
Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan vazirlikning rasmiy veb-saytiga muntazam ravishda
joylashtirib boriladi.
Bunda, nomzodlarga Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan savollar
berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
72. Imtihon o‘tkazilishidan bir soat oldin Qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida kompyuterda
maxsus dasturdan foydalangan holda savollar bazasidan har bir fandan 1 tadan — jami 3 ta savol
ko‘rsatilgan biletlar shakllantiriladi. Biletlarda savollarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
73. Nomzodlarga yakuniy suhbat o‘tkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter,
kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
74. Nomzodlar yakuniy suhbat o‘tkaziladigan xonaga biometrik pasporti yoki identifikatsiya
ID-kartasini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
75. Nomzodlarga yakuniy suhbat o‘tkazish bo‘yicha asosiy tushunchalar va zarur ma’lumotlar
tanlov tadbiri boshlanishidan oldin Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan beriladi.
76. Nomzodlar biletni ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va undagi savollarga ixtiyoriy ketma-
ketlikda javob beradi.
Har bir biletda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha savollar kiritiladi:
birinchi savol — huquqshunoslik fani;
ikkinchi savol — “tarbiya” fani;
uchinchi savol — kasbga oid umumiy dunyoqarashni aniqlashga qaratilgan savol.
77. Nomzodlarga savollarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda
nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik ko‘rmasdan javob berishiga
ruxsat etiladi.
78. Nomzodlarning biletga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yakuniy suhbat o‘tkazish xonasiga
tutash bo‘lgan alohida auditoriya ajratiladi. Unga 5 nafargacha nomzodlar kiritilib, biletlarga
tayyorgarlik ko‘rish jarayoni Qabul komissiyasi kotibi tomonidan nazorat qilinadi.
79. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida har bir savol
bo‘yicha “10” ballik tizimda baholanadi:
nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi,
amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 8 — 10 ball;


nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi,
aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 5 — 7 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda
— 3-4 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 1-2 ball
qo‘yiladi;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — ball
qo‘yilmaydi.
80. Nomzodlarga qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi. Bunda, yakuniy suhbat davomida
to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
81. Yakuniy suhbatga qatnashmagan nomzodlarga ball qo‘yilmaydi.
82. Yakuniy suhbat o‘tkazilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay uning natijalari
nomzodlarga e’lon qilinadi.
Qabul komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
va yakuniy suhbat tadbirlarida to‘plagan ballari umumlashtirilib, mazkur Yo‘riqnomaning 
12-
ilovasiga
 muvofiq shaklda Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnoma (bundan buyon matnda qaydnoma
deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Umumlashtirilgandagi maksimal ball — 60 ballni tashkil etadi.
83. Qaydnoma Qabul komissiyasining har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash
uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Qaydnomaning ko‘chirma nusxasi nomzodlar va boshqa fuqarolar ko‘rishi uchun qulay
bo‘lgan joyda (axborot stendlari yoki ichki ishlar organlarining xizmat binolari devorlarida) ilib
qo‘yiladi.
84. Ichki ishlar organlaridagi mavjud bo‘sh lavozimlar sonini hisobga olgan holda jismoniy
tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbatning umumlashtirilgan natijalariga ko‘ra, eng
yuqori ball to‘plagan nomzodlar xizmatga qabul qilinadi.
85. Agar ikki yoki bir nechta nomzodlarning umumiy to‘plagan ballari teng bo‘lib qolsa,
ularning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash tadbirida
qayd etgan natijasi inobatga olingan holda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega nomzod tanlab olinadi.
86. Tanlov tadbirlari boshlanishidan oldin dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash, intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash hamda
yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun
Qabul komissiyasi raisining buyrug‘iga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
87. Apellatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar tanlovning tegishli bosqichi bo‘yicha natijalar
e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilishi mumkin.
88. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab
uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki
sudga shikoyat qilinishi mumkin.
89. Tanlov tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar (dastlabki o‘rganish
varaqalari, qaydnomalar va komissiya bayonnomalarining nusxalari) nomzodlarning shaxsiy
hujjatlar yig‘majildiga biriktirib qo‘yiladi.
90. Tanlovdan o‘tmagan nomzodlar bo‘yicha tanlov tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan
barcha hujjatlar hamda tanlovning barcha bosqichlari aks etgan videotasvir materiallari kadrlar
bilan ta’minlash bo‘linmalarida besh yil muddat davomida saqlanadi, keyin esa dalolatnoma
asosida yo‘q qilinadi.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling