Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini
-bob. Nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini
Download 188 Kb. Pdf ko'rish
|
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
5-bob. Nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini
baholash 47. Tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik o‘rganish o‘tkaziladi. 48. Nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 49. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi: aql-zakovat, umumiy intellektual salohiyat va xotira; mantiqiy fikrlash, ziyraklik, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyati; shaxsga xos individual xususiyatlar, kirishimlilik, psixik turg‘unlik, samimiylik. 50. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi, kotib testlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 51. Psixologik o‘rganish boshlanishidan avval nomzodlar intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) a’zolari tomonidan psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, har bir vazifa bo‘yicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi. 52. Nomzodlar psixologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonaga o‘zining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 53. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 54. Nomzodlar barcha harakatlarni komissiya a’zolari ko‘rsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur ko‘rsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi hamda u test sinovlarini bajarmagan hisoblanadi. 55. Nomzodlar bilan test sinovlari yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. Test guruh tarkibida o‘tkazilganda, xonada nomzodlar soni 30 nafardan oshmasligi zarur. 56. Test boshlangunga qadar nomzodlar sog‘lig‘ining holati surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qo‘yilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan o‘tish uchun ruxsat berilishi lozim. 57. Psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat bo‘lgan test asosida vazifalar beriladi. Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini o‘rganish) nomzodlarga 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lgan 3 ta vazifa, ikkinchi qismda esa, (psixoemotsional barqarorlik darajasini o‘rganish) 141 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yo‘nalishi bo‘yicha beriladigan 15 ta savoldan iborat 1 ta vazifa beriladi. 58. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa, shuningdek har bir vazifani o‘qib chiqish uchun qo‘shimcha 5 daqiqadan — umumiy 1 soat 50 daqiqa vaqt beriladi. 59. Savollarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, javob variantlari berilishi yoki berilmasligi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. 60. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, bundan nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar mustasno. 61. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida sinovlar o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar hamda kichik komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 62. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida kichik komissiya a’zolari tomonidan hisoblab chiqiladi. 63. Psixologik testlarni bajarmagan, shuningdek test natijalari qoniqarsiz baholangan nomzodlarga sinovni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 64. Test sinovining natijalari bo‘yicha, u o‘tkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida kichik komissiyaning psixologik o‘rganish tadbirlarida ishtirok etgan a’zolari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi. Psixologik o‘rganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinishi lozim. 65. Psixologik o‘rganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi: ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etish haqida; ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etmaslik haqida. 66. Baholash natijalariga ko‘ra, ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etilgan nomzodlargina yakuniy suhbatga qo‘yiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling