Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini


-bob. Tanlov tadbirlarini tashkillashtirish


Download 188 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana20.08.2023
Hajmi188 Kb.
#1668581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

2-bob. Tanlov tadbirlarini tashkillashtirish
9. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot-
tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida hamda ichki ishlar organlarining rasmiy
nashrlari, veb-saytlarida bo‘sh lavozimlar to‘g‘risida, shuningdek tanlov o‘tkazilishidan kamida bir oy
oldin tanlov o‘tkazish joyi va kunlari to‘g‘risida e’lonlar joylashtiriladi.


10. Jamoatchilik vakillari tanlovlarni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun tanlov
tadbirlari videokuzatuv (onlayn translatsiya) ostida o‘tkaziladi.
11. Xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan
joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Yo‘riqnomaning 
5-ilovasiga 
muvofiq shakldagi ariza bilan
unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
qarindoshlarning (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-
xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi
(nusxasi olinib, asli qaytariladi);
o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-ma’lumotnoma;
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining
holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan
holda).
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga, shuningdek
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga kirish istagi bo‘lgan nomzodlar, doimiy
yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, tegishliligiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi
markaziy apparatiga, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh
boshqarmasiga murojaat qiladi.
Tanlov tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan nomzodlar ushbu tanlovda emas,
balki keyingi tanlovda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
12. Navbatdagi tanlov tadbirlari boshlanishidan o‘n kun oldin tegishli ichki ishlar organlari
tomonidan tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga saralash
tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
13. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy tuzilmalari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar
bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari (bundan buyon matnda
ichki ishlar organlari boshliqlari deb yuritiladi) buyrug‘i bilan mazkur Yo‘riqnomaning 
6-ilovasiga
muvofiq tarkibda, a’zolari soni toq sondan iborat bo‘lgan Tanlov tadbirlarini tashkil etish va
o‘tkazish komissiyalari (bundan buyon matnda Qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Tanlovlar shaffof va oshkora tarzda o‘tkazilishini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini
o‘rnatish maqsadida Qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etish uchun ixtiyoriylik asosida
jamoatchilik vakillari taklif etilishi mumkin.
14. Ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
bo‘yicha tegishli o‘rinbosarlari Qabul komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagilarni
amalga oshiradi:
Qabul komissiyasi ishini tashkillashtiradi hamda unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning
bajarilishini ta’minlaydi;
Qabul komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning bajarilishini
nazorat qiladi;
Qabul komissiyasi tarkibidagi kichik komissiyalarni shakllantiradi va tarkibini tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tanlovlarni videokuzatuv qurilmalari orqali real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish
imkoniyati yaratilishini tashkillashtiradi.
15. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kichik komissiyalar tuziladi:
tegishli sohaviy xizmat rahbarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash bo‘linmasi rahbar va
xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan nomzodlarni dastlabki o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;


kasbiy tayyorgarlik, shaxsiy xavfsizlik, tibbiyot bo‘linmalari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti yetakchilari va sohaviy xizmat xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan jismoniy
tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha kichik komissiya;
mutaxassis-psixologlar va bevosita ularning boshliqlaridan iborat tarkibda tuziladigan
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bo‘yicha kichik
komissiya.
16. Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra, o‘zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi.
17. Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
dastlabki o‘rganish (Nizom hamda mazkur Yo‘riqnomada belgilangan talablarga mos kelishni
tekshirish);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;
yakuniy suhbat.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling