3-bob. Nomzodlarni dastlabki o‘rganish
18. Dastlabki o‘rganish uchun hozir bo‘lgan nomzodlarning Nizomda belgilangan umumiy
talablar va mazkur Yo‘riqnomaning
5-bandida
nazarda tutilgan talablarga javob berishini aniqlash
maqsadida dastlabki o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik
komissiya deb yuritiladi) tomonidan nomzodlar taqdim qilgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi hamda
ularning bo‘yi o‘lchanadi.
19. Nomzodning bo‘yi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki o‘rganish tadbirlarida
ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
20. Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va
navbatdagi qabul kunida hozir bo‘lishi kichik komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi.
21. Dastlabki o‘rganish davomida Nizom va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan talablarga mos
deb topilgan nomzodlar shu vaqtning o‘zida suhbatdan o‘tkaziladi.
22. Suhbat kichik komissiyaning suhbat o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lgan a’zosi (a’zolari)
tomonidan nomzodga Nizom va mazkur Yo‘riqnoma talablari, uning huquq va majburiyatlari,
xizmatni o‘tash bilan bog‘liq shartlar va imtiyozlar, xizmatning zararli va xavfli jihatlarini tushuntirish
hamda nomzodning xizmatga kirish istagi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
23. Kichik komissiya tomonidan nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichida o‘tkazilgan
tadbirlar natijalari umumlashtirilib, shu kunning o‘zida nomzodni tanlovning keyingi bosqichiga
o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish haqida xulosa chiqariladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha barcha nomzodlarga mazkur Yo‘riqnomaning
7-ilovasiga
muvofiq shakldagi dastlabki o‘rganish varaqasi rasmiylashtiriladi va nomzodlarga imzolatgan
holda tanishtiriladi.
24. Kichik komissiyaning mas’ul a’zosi tanlovning dastlabki o‘rganish bosqichidan
muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning hujjatlari va dastlabki o‘rganish natijalarini yagona yig‘ma
jildda jamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |