Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini


Download 188 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana20.08.2023
Hajmi188 Kb.
#1668581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
BUYRUG‘I
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA XIZMATGA NOMZODLARNI TANLAB OLISH TADBIRLARINI
TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 9 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 3352]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar
organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-mart,
52-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vazirining 2022-yil 5-martdagi 52-son
buyrug‘iga
ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma ichki ishlar organlarida xizmatga (bundan buyon matnda xizmat deb
yuritiladi) nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil
etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlar xizmatga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlaridagi mavjud bo‘sh lavozimlardan
kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
2. Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar, tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish
hamda tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni xizmatga qabul qilish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki
ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga 
(bundan buyon matnda Nizom deb
yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.
3. Nizomga asosan:
a) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va
harbiy xizmatchilarning farzandlari tanlovning dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash
bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz xizmatga qabul qilinadi;
b) mazkur Yo‘riqnomaning 
1-ilovasida
keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining
tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan ayrim lavozimlariga tegishli tor ixtisoslik
bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar tanlovsiz qabul qilinadi;
v) mazkur Yo‘riqnomaning 
2-ilovasida
keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining
alohida mutaxassislik talab etiladigan lavozimlariga ushbu mutaxassislikka ega bo‘lgan
nomzodlargina tanlov asosida (bundan mazkur Yo‘riqnomaning 
1-ilovasidagi
ro‘yxatga muvofiq tor


ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan lavozimlar uchun nomzodlar mustasno) qabul
qilinadi;
g) mazkur Yo‘riqnomaning 
3-ilovasida
keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining
ayrim bo‘linmalari va lavozimlariga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin;
d) quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlar;
oliy ta’limni imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-o‘qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ekspert-kriminalistika, ish yuritish hamda tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalaridagi
lavozimlarga nomzodlar.
(3-bandning “d” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-
yil 24-oktabrdagi 450-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qarori bilan
tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil
etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
 asosan, yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, aholining
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarining maxsus talablarini
muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari) fuqarolar bir yil mobaynida tanlovning jismoniy
tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha
maksimal ball beriladi.
5. So‘nggi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki
xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno
tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.
6. Xizmatga qabul qilishda nomzodlar bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik
parametrlarga javob berishi talab etiladi (bundan mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda
tutilgan lavozimlar bo‘yicha nomzodlar mustasno):
erkak jinsidagi nomzodlarning bo‘yi — 165 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodlarning bo‘yi — 160 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.
Mazkur Yo‘riqnomaning 
4-ilovasida
keltirilgan ro‘yxatga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat
xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining
ayrim lavozimlariga nomzodlar bo‘yining balandligi alohida antropometrik parametrlarga javob
berishi talab etiladi.
7. Tanlov tadbirlarining istalgan bitta bosqichidan o‘ta olmagan nomzodga uni takroran
topshirishga, shuningdek tanlov tadbirlarining keyingi bosqichiga o‘tishga ruxsat berilmaydi.
Bunda, nomzod keyingi tanlovlarga dastlabki o‘rganish bosqichidan boshlab qayta qatnashishi
mumkin.
8. Tanlov tadbirlari davomida faxriylar kengashi a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari va
nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi)
ishtirok etishlari mumkin.
Bunda, jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini o‘tkazish jarayoni va uning natijalaridan
norozi bo‘lgan taqdirda tanlovning tegishli komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va
o‘z taklif hamda e’tirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillarining murojaatlari O‘zbekiston
Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida
belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling