Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini


-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash


Download 188 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana20.08.2023
Hajmi188 Kb.
#1668581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3352-сон 09.03.2022. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

4-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
25. Tanlovning dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning jismoniy
tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
tadbiri o‘tkaziladi.
26. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarishni boshlashidan
oldin ularga jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon
mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) a’zolari tomonidan mashqlarni bajarishga
qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
27. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur bobda nazarda
tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
28. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbiri boshlanishidan oldin nomzod kichik
komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini ko‘rsatgan


holda tanishtiradi.
29. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
30. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni
bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
31. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy
tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqi — to‘sinda (turnikda) tortilish;
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
chidamlilikka oid mashq — 3 000 metrga yugurish.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi
450-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
32. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy
tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqi — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
33. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
birinchi navbatda — kuch ishlatish mashqlari;
ikkinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar;
uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar.
34. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun
kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
35. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yo‘lakchasida yoxud qattiq qoplamali
tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi bo‘yicha start olish chizig‘iga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi bo‘yicha tananing og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish, gavda va
boshni oldinga egish, qo‘llarni tirsakka bukish;
“Olg‘a” komandasi bo‘yicha yugurishni boshlash.
36. Quyidagilar to‘sinda (turnikda) tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq to‘sin ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘rilanadi,
oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak to‘sindan (turnikdan) o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya
davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° gacha ko‘tarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish
hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
37. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchasida yoxud qattiq
qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi
450-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib
ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga o‘tgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.


38. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta
mashq uzluksiz bajarilishi kerak.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun
ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga
kirishadi.
39. Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa bir shaxs yordamida
bosilib, ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkanidan so‘ng, dastlabki
holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va oyoqlarni tepaga ko‘tarish taqiqlanadi.
40. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda, bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi
shart);
qo‘llar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilganidan so‘ng, dastlabki holatga
qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib
chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
41. Mazkur bobda nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu
mashq bo‘yicha ball qo‘yilmaydi.
42. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Yo‘riqnomaning 
8-
ilovasiga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball
beriladi. Umumiy to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
43. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari o‘tkazilgan kundan keyingi kundan
kechiktirmay uning natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 
9-ilovasiga
muvofiq shaklda
qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar nomzodlarga e’lon qilinadi.
44. Qaydnoma kichik komissiyaning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha
tadbirda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi.
45. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami to‘plangan balli 15 balldan
past bo‘lgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.
46. Tanlovning yakuniy natijalarini hisoblashda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
mashqlaridan to‘plangan ballar yakuniy suhbat davomida to‘plangan ballar bilan birgalikda
qo‘shib hisoblanadi.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling