Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

4. Qalqonsimon bez 

Insonning  bo’yni  sohasida,  qalqonsimon  tog’ayning  ikki  yonida  joylashgan 

bo’lib,  shaklan  qalqonga  o’xshab  ketadi.  Bu  bez  o’zaro  tutashgan  ikki 

bo’lakchadan  iborat.  Bez  bo’yinchasining  balandligi  5-15  mm,  qalinligi  6-8  mm 

bo’lib, kekirdakning II-III tog’ay halqalari sohasida joylashadi (5-rasm).  Bezning  

og’irligi 30-50 g.  

Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta’minlanib turadi. Masalan, itlar 

organizmida  oqayotgan  qonning  hammasi  bu  bezlar  orqali  bir  kunda  16  marta 

aylanib,  oqib  o’tishi  mumkin.  Bezning  parenximasi  va  stromasi  bo’ladi. 

Parenximasi  o’ziga  xos  pufakchalardan,  ya’ni  follikulalardan  tashkil  topgan.  Bu 

pufakchalarning  devori  sekretor  epiteliydan  tuzilgan.  Sekretor  hujayralar  uzluksiz 

ravishda maxsus kolloid modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalarning ichi 

o’sha kolloid moddalar bilan to’la turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so’ng qon 

va limfaga o’tadi. Follikulalarning orasida biriktiruvchi to’qima bo’lib, u bezning  

stromasini tashkil qiladi.  

Qalqonsimon  bezning  asosiy  gormoni  tiroksindir.Tiroksin  tarkibida  yod  bor. 

Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga o’zi bilan kiradigan yodning 

asosiy  qismi  qonga  so’rilgandan  keyin  qalqonsimon  bezga  keltiriladi.  Bez 

hujayralari  uni  ushlab  qoladi.  Bu  erda  anorganik  yo’d  sitoxromoksidaza  va 

peroksidaza  fermentlarining  ishtirokida  molekulalar   yodgacha  oksidlanadi. 

So’ngra  taxminan  ikki  soat  davomida  yod  tirozin  aminokislotasi  bilan  birikadi. 

Oqibatda 

monoyodtirozin 

va 

diyodtirozin 



molekulalari 

hosil 


buladi. 

Tetrayodtirozin  tiroksin  gormoninig  o’zidir.  Hozir  aytilgan  yodli  birikmalar 

bezning follikulalarida oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma 

molekulalarini hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab glyukoproteiddir. 




 

5-rasm 

 

Uning  molekulasida  10  ta  polipeptid  zanjiri  bor.  Tarkibida  yodlangan 



aminokislotalardan  tashqari  glyukoza,  galaktoza,  mannoza  ham  saqlanadi. 

Tireoglobulin  follikulalarning  ichidagi  kolloidda  yig’iladi,  ayni  vaqtda  uning 

ma’lum  qismi  parchalanib  ham  turadi.  Shunda  triyodtirozin  va  tetrayodtirozin  - 

tiroksin  hosil  bo’lib,  qonga  so’riladi.  Ular  qondagi  oqsillar  bilan  birikadi  va 

tegishli  to’qima  hamda  organlarga  tashiladi.  Keyingi  vaqtlarda  olingan 

malumotlarga  qaraganda  triyodtirozin  va  tetrayodtirozin  to’qimalarda  oksidlanib, 

dezaminlanadi.  Oqibatda  triyodtiroasetat  va  triyodtiropropinant  kislotalar  hosil 

bo’ladi.  Bular  tiroksin  va  triyodtironinga  qaraganda  80-300  baravar  faolroqdir. 

Tiroksin  va  triyodtironin  to’qimalarda  shu  birikmalar  holida  ta’sir  qiladi  deb 

hisoblanadi.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  organizmning  o’sishi,  rivojlanishida, 

unda  oqsillar,  yog’lar,  uglevodlar,  suv  va  tuzlar  almashinuvida  katta  ahamiyatga 

ega.  Bu  gormonlar  energiya  almashinuviga,  nerv  tizimi,  yurak  va  jinsiy  bezlar 

faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Qalqosimon  bezda  hosil  bo’ladigan  tiroksin, 

triyodtironin  va  triyodteroasetat  kislota  va  boshqa  ba’zi  yodli  birikmalar 

oksidlanish jarayonini, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning 

mitoxondriyasidagi  oksidlanish  jarayonini  faollashtirib,  energiya  almashinuvini 

kuchaytiradi. Bu gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril 

guruhlarga  aylantirib,  ularni  faollashtiradi.  Organizmda  qalqonsimon  gormonlari 

etishmay qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi 

va suv ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo’ladi,  - suv shishlari deb shularga 

aytiladi. Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi.  

Umuman  olganda,  bu  bezning  gormonlari  embriogenezda  benihoya  katta 

ahamiyatga  ega.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  yetishmaganida  (gipofunksiyasida) 

yosh  bolalar  o’sishdan,  rivojlanishdan  qoladi,  suyaklanish  jarayonlari  buziladi. 

Odamlarda  bu  bezlarning  bolalikdan  sust ishlashi  (gipofeoz) kretinizm  kasalligini 

paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu paytda bo’y o’smaydi, uning og’zi doimo ochiq 

bo’lib,  tili  chiqib  turadi.  Chunki  til  haddan  tashqari  o’sib  ketib  og’izga  sig’may 

qoladi.  Voyaga  yetmagan  hayvon  va  odamlarning  qalqonsimon  bezi  yetarlicha 

ishlamasa,  Miksedema  kasalligi  paydo  bo’ladi.  Bu  vaqtda  asosiy  almashinuv 

pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi, to’qimalarda 




suv  ushlanib  qoladi,  suv  shishlari  paydo  bo’ladi.  Organizmda  yod  kamchiligi 

paytida  bo’qoq  kasalligi  avj  oladi.  Bu  paytda  bez  to’qimasining  etarlicha 

ishlamayotganligi  tufayli  u  gipertrofiyalanib,  katta  bo’lib  ketadi,  follikulalari 

ko’payadi,  ammo,  ajralayotgan  gormonlarning  miqdori  kam  bo’ladi.  Chunki 

ularning  sintezlanishi  uchun  yod  etishmaydi.  Infitireoid,  ya’ni  qalqonsimon  bez 

gormonlarining  faolligini  susaytiradigan,  moddalar  bor.  Bular  qatoriga 

tiomochevina,  tionrasil,  metiltionrasil  va  qalqonsimon  bezda  gormonlarning  hosil 

bo’lishini  tormozlaydigan  ko’pchilik  sulfanilamid  preparatlar  kiradi.  Ular 

anorganik  yod  molekulalarini  yodgacha  oksidlovchi,  tirozining  yodlanishuvida, 

uning  triyodtironin  va  tiroksinga  aylanuvida  ishtirok  etadigan  fermentlarning 

faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta’sir qilganda organizmda, xuddi qalqonsimon 

bez olib tashlanganda kuzatiladigan o’zgarishlar ro’y beradi. Ammo bu moddalar 

qonda mavjud bo’lgan va tashqaridan yuboriladigan gormonlarga ta’sir qilmaydi. 

Tireoid  gormonlar  organizmga  yuborilganda  oqsillar,  yog’lar  va  uglevodlar  tez 

parchalanib,  ko’p  sarf  bo’ladi.  Oqibatda  ajralayotgan  suyuqlikda  azot  asosan 

mochevina  hisobiga  ko’payadi.  Manfiy  azot  muvizanati  kuzatiladi.  Jamg’arilgan 

yog’  ko’p  miqdorda  kamaya  boradi.  Tiroksin  yuborilganda,  yog’  depolaridagi 

yog’ning  miqdori 70%  gacha  kamayib  ketadi,  qonda  xolesterin  ozayadi.  Jigar  va 

muskullardagi  glikogenning  parchalanishi  tezlashib,  qonda  qand  miqdori  bir  oz 

ko’payadi.  Oqibatda  organizmning  fizik  vazni  kamayib,  ozib  ketadi.  Diurez 

ko’payadi.  Insonda  ham  ushbu  gormon  ko’payib  ketsa  xuddi  shunga  o’xshash 

belgilar kuzatiladi (6-rasm). 



6-rasm 

                               

 

(8 yoshli bolada  treotoksikoz kasalligining ko'rinishi) 



 

O’sayotgan  bolalar  tishining  normal  o’sib  chiqishi,  to’qimalarning 

regenerasiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga bog’liq. Bu 

gormonlarning markaziy nerv tizimining funksional holatiga ta’sir qilishi diqqatga 

sazovordir.  


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling