Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

Mag’iz  qatlamining  faoliyati.  Buyrak  usti  bezining  mag’iz  moddasidan 

adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda 

fenilalanin  va  tirozin  aminokislotalaridan  hosil  bo’ladi.  Adrenalinning  ta’siri 

simpatik  nerv  tolalari  uchlaridan  ajraladigan  moddalarning  fiziologik  ta’siriga 

o’xshashdir.  Uning  ta’siridan  ko’z  qorachig’i  kengayadi,  yurak  qisqarishlari  ritmi 

tezlashadi,  kuchi  oshadi,  muskullarning  o’tkazuvchanligi  va  qo’zg’aluvchanligi 

kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya 

tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, 

bronxalarni 

kengaytiradi, 

ichak 

peristalikasini 



tormozlab, 

muskullarini 

bo’shashtiradi,  sfinkterlar  muskulini  qo’zg’atib,  sfinkterlarning  epilishiga  olib 

keladi,  ishlayotgan  skelet  muskullarini  qon  bilan  ta’minlanishini  yaxshilaydi. 

Adrenalin  uglevodlar  almashinuvida  ishtirok  etib,  glikogenning  parchalanib, 

glyukozaga  aylanishini  va  qonda  qand  miqdorini  bir  me’yorda  turishini 

ta’minlaydi, markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin 

qon  tomirlari  devorining  muskullariga  ta’sir  etib,  ularning  qisqarishi,  natijasida 

tomirlar yo’lining torayishi va qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Me’da 

-  ichak  devorlari,  o’t  pufagi  muskullariga  juda  zaif  ta’sir  ko’rsatadi.  Uglevodlar 

almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir 

xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir ko’rsatadi.  

 Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza 

va  firozinoza  juda  qisqa  vaqt  ichida  parchalab  yuboradi,  shunga  ko’ra  bu 

gormonlarning ta’siri ko’p cho’zilmaydi.  


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling