Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

 


6. Buyrak usti bezi 

Buyrak  usti  bezi  buyrak  ustida  joylashgan  bo’lib,  uzunligi  40-60  mm, 

balandligi  20-30  mm,  qalinligi  2-8  mm,  og’irligi  12-13  g  (9-rasm).  Yangi  

tug’ilgan    bola    buyrak    usti  bezini  bittasini  og’irligi  8-9  g,  o’lchamlari: 

ko’ndalangiga  3,3-3,5  sm,  qalinligi  1,2-1,3  sm,  balandligi  2,3-2,8  sm.  Yangi 

tug’ilgan  bola  buyrak  usti  bezida  po’stloq  qismi  yaxshi,  mag’iz  qismi    esa  kam 

rivojlangan.  Bola  hayotining  dastlabki  uch  oyida    buyrak  usti  bezining    og’irligi 

sezilarli (3,5 g gacha) kamayadi.  Bez hajmining bunday kamayishi uning po’stloq 

qismini yupqalashuvi va qayta o’zgarishiga bog’liq. Keyingi davrlarda buyrak usti 

bezining  o’lchamlari    kattalasha  boshlaydi.  Uning  og’irligi  5  yoshda  4,6  g,  10 

yoshda 6,6 g, 15 yoshda 8,63 g va 16-20   yoshda 12,95 g yetadi. 

Buyrak  usti  bezining  po’stloq  qavati  hujayralari  o’zining  kelib  chiqishi 

jihatidan  epiteliy  to’qimasi  hujayralariga  yaqin  turadi.  Ular  uchta  zonani  tashkil 

qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki zona. Buyrak usti 

bezining  po’slog’idan  46  tadan  ortiqroq  gormonlar  -  kortiko  steroidlar  ajratib 

olingan,  biroq  ularning  8  tasigina  faoldir.  Buyrak  usti  bezlari  po’stloq  qavati 

steroidlari besh guruhga bo’linadi:  

1.  Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Indrogenlar; 4. Istrogenlar; 

5. Gestogenlar.  

9-rasm 

 

Bularning  ichida  glyukortikoidlar  va  mineralokortikoidlar  katta  ahamiyatga 



egadir.  Mineralokortikoidlar  organizmda  mineral  moddalar  almashinuvini,  avvalo 

qondagi  natriy  va  kaliyning  miqdorini  rostlab  turadi.  Mineralokortikoidlarga 

dezoksikortikosteron  va  aldesteron  kiradi,  aldesteron  faolroq  va  asosiy 

mineralokortikoid  gormon  bo’lib  hisoblanadi.  Mineralokortikoidlar  koptokchali 

zonada ishlanib chiqadi. Ular buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini 



kuchaytirib,  kaliy  reabsorbsiyasini  susaytiradi.  Oqibatda,  qon,  limfa  va  to’qima 

oraliq  suyuqliklarida  osh  tuzining  miqdori  ko’payib,  kaliy  kamayadi.  Shu  sababli 

osmotik  bosim  oshib,  organizmda  tegishlicha  tuz  ushlanib  turadi,  qon  bosimi  va 

boshqa 


xavfli 

muhim 


ko’rsatkichlar 

normal 


darajada 

saqlanadi. 

Mineralokortikoidlarning  etishmasligi  organizmdan  ko’p  miqdorda  natriy  chiqib 

ketishiga,  natijada  bir  qator  xavfli  muhim  ko’rsatkichlarning  o’zgarib  qolishiga 

sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham buyrak usti, bezlarning po’stloq qavati olib 

tashlangan  hayvon  bir  necha  kundan  keyin  o’lib  qoladi.  Bunday  hayvon 

organizmiga  ko’p  miqdorda  natriy  yoki  mineralokortikoidlar  yuborib  turish  yo’li 

bilan hayotini saqlab turish mumkin.  

   Glyukortikoidlarga kortizon, girokortizon va kortiko-steronlar kiradi. Qo’y va 

echkilar  buyrak  usti  bezining  po’stloq  qavatida  kortikosteron,  yirik  shoxli 

mollarda,  cho’chqalarda,  it  va  mushuklarda  esa  bularning  har  ikkalasi  sezilarli 

miqdorda hosil bo’ladi.  

Glyukortikoidlar tutamli zonada ishlanib chiqadi va oqsillarning uglevodlarga 

aylanishini  tezlashtiradi.  Bu  vaqtda  oqsillarning  parchalanishi  tezlashib,  jigarda 

oksidlanish  va  dezaminlanish  reaksiyalari  kuchayadi.  Oqibatda  qonda  qand,  jigar 

va  muskullarda  glikogen  miqdori  ko’payadi.  Bu  gormonlar  uglevodlarni  yog’ga 

aylanishiga  ham  to’sqinlik  qiladi.  Ular  ko’p  miqdorda  organizmga  yuborilganda 

muskul  va  biriktiruvchi  to’qima  oqsillari  kamayib  ketadi.  Erkaklik  jinsiy 

gormonlari  -  androgenlar,  urg’ochilik  jinsiy  gormonlari  -  istrogenlar  va 

gestrogenlar,  jumladan,  progesteron  to’rli  zonada  hosil  bo’ladi.  Steroid 

gormonlarning  organizmda  almashinuvi  natijasida  yuzaga  kelib,  qonda  mavjud 

boladigan  17  kortikosteroidlarning  miqdorini  aniqlash  yo’li  bilan  buyrak  usti 

bezlari  po’stloq  qavatining  funksional  faolligi  tog’risida  fikr  yuritiladi.  Chunki 

qondagi eozinofillar va limfositlar miqdori ham bir nav ko’rsatkich bo’lib, xizmat 

qilishi  mumkin,  chunki  glyukokortikoidlar  bu  hujayralar  hosil  bo’lishini 

tormozlaydi.  Buyrak  usti  bezlarining  po’stloq  qavatining  gormonlari  turli 

kasalliklarga,  har  xil  turdagi  noqo’lay  sharoitlarga  (sovuq,  issiq  haroratga, 

gipoksiya  va  hokazolarga)  organizm  chidamini  oshirishda  katta  rol  o’ynaydi. 

Buyrak  usti  bezlarining  po’stloq  qismidan  gormonlar  ajralishini  gipotalamus  va 

gipofiz  idora  etib  turadi.  Gipofiz  olinib  tashlangan  hayvonlarda  bu  bezlarning 

po’stloq  qatlami  (koptokchali  zonasidan  tashqari)  atrofiyaga  uchraydi.  Gipofiz 

buyrak  usti  bezlarining  faoliyatini  o’zi  ishlab  chiqaradigan  adrenokortikotrop 

gormon  (AKTg)  vositasi  bilan  idora  qiladi.  Gipofiz  olib  tashlangan  hayvonlarga 

shu  gormonlardan  belgili  miqdorda  yuborib  turish  yo’li  bilan  buyrak  usti  bezlari 

po’stloq  qavatining  atrofiyaga  uchrashiga  yo’l  qo’ymaslik  mumkin.  Bu  gormon 

organizmga  surunkali  ravishda  yuborib  turilsa,  bez  po’stloq  qavatida  sintez 

jarayonlari  kuchayib,  gipertrofiyaga  uchraydi.  Bez  to’qimasidagi  xolesterin  va 

askorbin  kislota  kamayadi,  chunki  bular  kortikosteroidlarning  sintezlanishi  uchun 

sarflanadi. 

Demak, 


AKTgning 

organizmga 

takroriy 

yuborilishi 

qonda 

kortikosteroidlar miqdorining ko’payishiga sabab bo’ladi. Ammo shuni qayd qilish 



kerakki,  AKTg  koptokchali  zonaning  faoliyatini  va  undan  ajraladigan  aldosteron 

gormoni  sekresiyasini  boshqarishda  bevosita  ishtirok  etmaydi.  Keyingi  vaqtda 




olingan 

ma’lumotlarga 

qaraganda, 

aldosteron 

sekresiyasini 

epifizning 

adrenoglomeronlotropin gormoni stimullab turadi.  

Bu  gormonning  organizmga  yuborilishi  koptokchali  zonada  tegishli  o’zgarishlar 

yuz  berishiga  va  ko’p  miqdordagi  aldosteronning  qonga  chiqarilishiga  sabab 

bo’ladi.  Ammo,  epifiz  olib  tashlanganda  aldosteron  sekresiyasi  qisqa  vaqt  ichida 

ko’payib  kesa-da,  keyinchalik  o’z-o’zidan  oldingi  holatiga  kelib  qoladi.  Bundan 

tashqari,  qon,  limfa  va  to’qima  oraliq  suyuqliklaridagi  kaliy  va  natriy  miqdori 

aldosteron  sekresiyasiga  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Agarda  organizmning  ichki 

muhitida kaliy natriydan ko’payib kesa, aldosteron ham qonga ko’proq chiqariladi. 

Organizmda kaliyning kamayishi aldosteronning kam ajralishiga sabab bo’ladi. Bu 

gormon  sekresiyasi  buyrak  ham  ishtirok  etadi  degan  ma’lumotlar  bor.  Buyrakda 

ajraladigan  renin  qonga  o’tib,  unda  tegishli  oqsilni  gipertenzinga  aylantiradi.  Bu 

modda  o’z  navbatida  sezilarli  miqdorda  aldosteron  ishlanib  chiqishiga  sabab 

bo’ladi.  Buyrak  usti  bezi  po’stloq  qavati  faoliyatining  boshqarilishida  miya 

po’stlog’i ham ishtirok etadi.  




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling