Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

5. Me'da osti bezi 

  

Me’da  osti  bezi  aralash  bez  bo’lib,  shira  ajraluvchi  sekretor  bo’lakchalari 



orasida  o’zining  chiqaruv  yo’liga  ega  bo’lmagan  alohida  hujayralar  guruhi  bor, 

ular  shu  hujayralarni  birinchi  marta  tasvirlagan  olimning  nomi  bilan  Langergans 

orolchalari  deb  ataladi.  Yangi  tug’ilgan  bolada  orolchalar  soni  120  ming  bo’lib, 

ular me’da osti bezi xajmining 3,5% tashkil kiladi. Bola hayoti davomida ularning 

soni  ko’payib  800  mingdan  oshadi  va  bez  massasining  1-2%  tashkil  qiladi. 

Orolchalar qon tomirlarga boy (7;8-rasmlar). 




 

 

 



7-rasm 

 

 



Bu  orolchlar  hujayralari  ichki  sekretor  funksiyani  bajaradi,  ya’ni  to’g’ridan-

to’g’ri  qonga  gormon  ishlab  chiqaradi.  Gistologik  tekshirishlar  natijasida  bu 

orolchalarda  har  xil  hujayralar  borligi  aniqlandi  va  ular  alfa,  betta,  gamma 

hujayralar deb ataladi. Shulardan beta hujayralar hammasidan ko’p (itlarda qariyb 

75  %)  bo’ladi.  Beta  hujayralar  insulin  (latincha  -  Insula  -  orolcha)  gormoni,  alfa 

hujayralar  esa  glyukogon  gormonini  ishlab  chiqadi.  Me’da  osti  bezining  mayda 

chiqaruv  yo’llaridagi  epiteliy  hujayralaridan  lipokain  gormoni  ishlab  chiqadi, 

degan  ma’lumotlar  bor.  Bez  ekstraktlaridan  yana  bir  necha  gormon  -  vagoxonin, 

kallekrin va sentropeninlar topilgan.  

Me’da  osti  bezining  eng  muhim  gormoni  insulindir.  Mering  va 

Minkovskiylar  me’da  osti  bezi  olib  tashlangan  organizmda  uglevodlar 

almashinuvini  keskin  buzilishi  oqibatida  hayvon  halok  bo’lishini  1889  yildayoq 

kuzatganlar. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati har qancha tekshirilsa ham 

gormonni uzoq vaqt sof holda ajratib bo’lmadi. Nihoyat, 1901 yilda Z.V.Sobolev 

me’da  osti  bezidan  ichki  sekresiya  mahsuloti  -  insulin  gormonini  ajratib  olish 

usulini  taklif  qildi.  U  tabiatan  oqsil  bo’lgani  uchun  bezni  qirqib  olib, 

maydalaganda,  gormoni  oqsilni  parchalovchi  pankreatik  shirasi  ta’sirida 

parchalanib  ketadi,  deb  o’yladi.  Buning  oldini  olish  uchun  Z.V.Sobolev  ikkita 

usulni taklif qildi. Bu usullardan biri hayvon me’da osti bezi olib tashlashdan 4-5 

kun  oldin  bezning  pankreatik  shira  chiqaradigan  yo’llarini  mahkam  bog’lab 

qo’yishdir.  Bu  vaqtda  shira  ajratuvchi  tashqi  sekretor  hujayralar  degenerasiyaga 

uchrab, nobud bo’ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan shira qolmaydi. Ikkinchi 

usul  embrionlar  me’da  osti  bezidan  gormon  ajratib  olishdir.  Chunki  bu  vaqtda 

ularda hali hazm shirasi ishlanib chiqmaydigan bo’ladi.  




  1922 yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga muyassar bo’ldi.  

Insulinning kimyoviy  tuzilishini o’rganish  natijasida uning  disulfid bog’lari bilan 

birikkan  17  xil  aminokislotaning  ikki  zanjiridan  iborat  polipeptid  ekanligi 

aniqlandi.  

Hozir  insulin  preparatlari  kimyoviy  sintez  yo’li  bilan  olingan.  Insulin 

organimzdan  tashqarida  sintezlangan  birinchi  oqsildir.  Insulinning  molekulasida 

ruh  (Zn)  yo’q,  lekin  u  ruhni  biriktira  oladi,  ayni  vaqtda  uning  ta’siri  uzayadi  va 

kuchayadi.  Organizmga  olloksan  yuborilganda,  beta  hujayralarning  faoliyati 

buzilib,  insulin  sintezlanmay  qoladi,  bu  esa  diabet  kasalligiga,  ya’ni  qandning 

organizmda o’zlashtirmay, siydik bilan chiqib ketishiga sabab bo’ladi.  



8-rasm 

 

Insulin  jigarda  glyukozadan  glikogen  sintezlanishini  tezlashtiradi  va  uning 



parchalanishiga  to’sqinlik  qiladi.  Demak,  periferik  qonda  qandning  bir  muncha 

kamayishiga  sabab  bo’ladi.  Organizmda  uglevodlar  almashinuvining  oraliq 

mahsulotlaridan  yog’  va  oqsillarning  hosil  bo’lishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi. 

Qondagi  qand  miqdori  bilan  me’da  osti  bezidan  insulinni  ajralishi  o’rtasida 

bog’lanish  bor,  boshqacha  aytganda,  qonda  qand  ko’paysa,  insulin  ham  ko’proq 

ishlanib  chiqadi  va  aksincha.  Beta  hujayarlar  faoliyati  kuchayganda  yoki 

organizmga  anchagina  miqdorda  insulin  yuborilganda  qondagi  glyukozaning 

aksariyat  qismi  glikogenga  aylanadi.  Oqibatda  unda  qand  odatdagidan  ancha 

kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv 

faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatadi  va  hatto  gipoglikemik  shok  paydo  bo’lishi  ham 

mumkin,  bunda  markaziy  nerv  tizimining  qisqa  muddatli  qo’zg’alishidan  keyin 

hayvon  darmoni  qurib,  juda  bo’shashib  qoladi,  og’ir  hollarda  esa,  talvasaga  ham 

tushadi  va  hokazo.  Hayvon  ancha  och  qolgan  bo’lsa,  oz  miqdordagi  insulin  ham 

gipoglikemik  shok  paydo  qilishi  mumkin.  Venaga  tegishli  miqdorda  glyukoza 

yuborish  yo’li  bilan  birga  gipoglikemik  shokka  barham  beriladi.  Insulin 

etishmaganda esa qandli deabet kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik giperglikemiya 

(qonda  qand  ko’payib  ketishi),  glyukozuriya  (siydik  bilan  qand  chiqarilishi)  va 

qonga  keton  tangachalarining  chiqarilishi  bilan  xarakterlanadi.  Diabet  og’ir 

hollarda  koma  (komofoz  holat)  paydo  bo’ladi.  Komofoz  holatining  og’ir  xili 



hayotga  xavf  soladigan  bo’ladi  va  organizmning  faoliyatini  anchagina  izdan 

chiqishi  bilan  tavsiflanadi,  hayvon  juda  bo’shashib,  reflekslari  susayadi  yoki 

yo’qolib  ketadi,  nafasi  siyrak  va  yuzaki  bo’lib  qoladi,  yurak  qisqarishlari 

tezlashadi,  yoki  sekinlashadi,  tomirlar  tovusi  o’zgaradi  va  h.k.  Glyukogon  me’da 

osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan gormondir. Bu gormon ta’siridan 

jigarda  glikogenining  parchalanishi  tezlashib,  qondagi  qand  miqdori  ko’payadi. 

Shuning uchun ham bu gormon toza holda ajratib olinmasidan ilgari giperglikemik 

faktor  deb  yuritilardi.  Qondagi  qand  miqdorini  idora  etishda  insulin  bilan 

glyukogenning o’zaro ta’siri alohida o’rin egallaydi. Alfa hujayralarining faoliyati 

kuchayishi  natijasida  qonda  qand  miqdori  oshadi  -  giperglikemiya  kelib  chiqadi. 

Shuning  uchun  bu  hujayralar  faoliyatining  kuchayishi  ham  qandli  diabetga 

sababchi  bo’lishi  mumkin.  Bu  hujayralarning  faolligi  sulfanilamid  preparatlar  va 

kobalt to’rlari ta’sirida kuchayadi.  

Glyukogon  sun’iy  yo’l  bilan  sintezlangan.  U  kristall  holdagi  modda  bo’lib, 

kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi.  

Sipokain  -  polipeptid  bo’lib,  me’da  osti  bezining  chiqaruv  yo’lining 

epiteliysida  ishlanib  chiqadi.  U  hazm  shirasi  fermentlar  ta’sirida  parchalanmaydi. 

Sipokain  fostafidlar  (lesitin)  hosil  bo’lishini,  ya’ni  yog’larning  sarflanishiga 

yordam  beradi.  Jigarni  yog’  bosib  ketishidan  saqlaydi.  Bu  gormon  etishmasa, 

jigarni  yog’  bosadi  va  siydik  bilan  birgalikda  ko’p  miqdorda  keton  tanachalari 

chiqarila boshlaydi (diabetning bir ko’rinishi).  

Me’da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa ham u 

ikki - uch oy o’tgach, jigarini yog’ bo’sishi natijasida halok bo’ladi. Ammo uning 

organizmiga  insulin  yuborish  bilan  birga  ovqatiga  me’da  osti  bezi  qo’shib 

beriladigan bo’lsa, hayotini saqlab qolish mumkin. Bu tajribalar me’da osti bezidan 

insulin va lipokain  gormonlari  haqiqatan ham  alohidaalohida ishlanib  chiqishidan 

dalolat  beradi.  Lipokain  gormoni  o’z  ta’sirini  ko’rsatish  uchun  boshqa  lipotrop 

(yog’ to’planishiga to’sqinlik qiluvchi) moddalar ham bo’lishi kerak. Vagotonin - 

oqsil  modda  bo’lib,  kimyoviy  tuzilishi  haligacha  aniqlanmagan.  Bu  gormon 

organizmga  yuborilganda  adashgan  nerv  yadrolarining  tonusi  kuchayib, 

parasimpatik  nervning  faolligi  oshadi.  Bundan  tashqari,  vagotonin  qon  hosil 

bo’lish jarayonlarida ham ishtirok etadi.  

Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas markazini 

qo’zg’atib,  bronxlarni  kengaytiradi,  gemoglobinga  kislorod  birikishini 

kuchaytiradi.  Me’da osti bezining  ichki  sekretor  faoliyatini nerv tizimi  boshqarib 

boradi. Jumladan, o’ng tomondagi adashgan nervning bu bez uchun sekretor nerv 

ekanligi  isbotlangan.  Simpatik  nerv  tizimi  qo’zg’alganda  insulin  sekresiyasi 

tormozlanadi.  Ko’p  miqdorda  glyukoza  iste’mol  qilishi  va  natijada  qonda  qand 

ko’payishi,  jismoniy  ish,  hayajonlanish  (emosiya)  natijasida  ro’y  beradigan 

giperglikimiya insulin sekresiyasini kuchaytiradi. Me’da osti beziga bevosita ta’sir 

etmaydigan  gormonlar  (buyrak  usti  bezining  mag’iz  va  po’stloq  qavati, 

qalqonsimon  bez  gormonlari)  uglevodlar  almashinuvini  o’zgartirib,  insulin 

sekresiyasini kuchaytiradi.  

 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling