Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon ham hosil 

bo’lishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin follikulalar ichiga o’tmaydigan 

bo’lgani  uchun  ularning  ichidagi  kolloid  suyuqlikning  tarkibida  uchramaydi.  Bu 



gormon  32  aminokislotadan  tashkil  topgan  polipeptid  bo’lib,  tarkibidagi 

aminokislotalarning  joylashish  tartibi  turli  hayvonlarda  har  xildir.  Tireokalsitonin 

qonda  kalsiy  va  fosforning  miqdorini  kamaytiradi.  U  suyaklardan  qonga  kalsiy 

chiqarilishiga  to’sqinlik  qilib,  siydik  bilan  fosforning  ko’p  chiqarilishiga  sabab 

bo’ladi  va  parotireoid  bezlarning  gormoni  bo’lmish  paratgormonning  antogonisti 

hisoblanadi.  Tireokalsitonin  qonda  kalsiy  ko’payib  ketganda  sezilarli  miqdorda 

ajralib, qon ion tarkibining bir me’yorda saqlanishida katta rol o’ynaydi.  

Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib boradi. 

Simpatik  nerv  tizimining  bezga  keladigan  tolasi  qo’zg’atilganda  bezning 

giperfunksiyasiga  xos  belgilar  kuzatiladi,  chunonchi,  ko’z  cho’qqayib  qorachig’i 

kattalashadi,  asosiy  almashinuv  kuchayadi.  Parasimpatik  nerv  tolalari  esa  bez 

faoliyatini susaytiradi. Shu bilan birga, bosh miyada qo’zg’alish jarayonlari ustun 

turganda  bez  faoliyati  kuchaysa,  tormozlanish  jarayonlari  boshlanganda  bez 

faoliyati  susayadi.  Qalqonsimon  bez  faoliyatining  boshqarilishida  gipofizning 

oldingi  qismidan  ajraladigan  tireotrop  gormon  qalqonsimon  bezning  faoliyatini 

boshqarishda  ishtirok  etadi,  -  tireoglobulinning  parchalanishini,  gormonlarning 

sintezlanishini,  ularning  bezdan  qonga  o’tishini  va  bezga  yod  kelishini 

kuchaytiradi.  Gipofiz  esa  gipotalamus  bilan  mahkam  bog’langan  bo’lib,  ikkalasi 

yaxlit tizimni tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi. Binobarin, qalqonsimon bez 

faoliyatiga  nerv  tizimi  bilan  va  endokrin  tizim  chambarchas  bog’langan  holda, 

birlashtirib ta’sir ko’rsatadi. Miya po’slog’i ham qalqonsimon bezga gipotalamus - 

gipofiz tizimi orqali ta’sir ko’rsatadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin: 

qalqonsimon  bezning  nerv  aloqalari  uzilsa,  bu  vaqtda  asosiy  almashinuvni  shartli 

reflektor yo’l bilan kuchaytirish mumkin. Ayni paytda miya po’stlog’i gipofizdan 

tireotrop  gormon  ajralishini  kuchaytirish  yo’li  bilan  qalqonsimon  bezga  ta’sir 

ko’rsatadi.  Ammo  bezning  nerv  aloqasi  uzilgandan  so’ng  gipofizning  po’stloq 

bilan  aloqasi  ham  uzilsa,  asosiy  almashinuvni  endi  shartli  reflektor  yo’l  bilan 

kuchaytirib bo’lmaydi.Qalqonsimon bezning  yonida kichkina  epitelial tanachalar, 

ya’ni  paratireoid  bezchalar  bor.  Asosiy  paratireoid  bezchalardan  tashqari, 

qo’shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra 

bor: bosh hujayralar va asidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati 

isbotlangan,  asitofill  hujayralarni  funksiyasi  esa  hali  aniqlanmagan.  Bu  bezchalar 

simpatik  nerv  tizimi  tolalari  bilan  ta’minlanadi.  Ammo,  adashgan  nervdan 

parasimpatik tolalar ham oladi.  

                                                                                             


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling