Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#248028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР

Vazopressin.  Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa 

hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.  



Antidiuretin.  Buyrak  kanalchalaridan  suvning  reabsorbsiyasini  kuchaytirib 

sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo’ladi. Antidiuretin oqsil 

ta’sirotlari  tufayli  ko’p  ajraladi.  Qattiq  og’riq  vaqtida  siydik  chiqmay  qolishi 

(og’riq  annuriyasi) ham  shunga bog’liq. Antidiuretin  gormonining  etarli darajada 

ajralmasligi  natijasida  qandsiz diabet  kasalligi  kuzatiladi. Masalan bu paytda  itlar 

sutkasiga  80  litrgacha  suv  ichib  shuncha  ajratishi  mumkin.  Ayrim  mualliflar 

vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini bajaruvchi bir xildagi 

gormon deb xisoblaydilar.  



Oksitosin  -  bachadon  va  sut  bezlarining  silliq  muskul  tolalarini  qisqartirish 

xususiyatiga ega.  

Gipofizning  keyingi  qismidan  ajraladigan  gormonlarning  kimyoviy  tarkibi 

o’rganilgan. Jumladan, oksitosin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula 

ammiakdan tuzilgan Bu gormonlarning 6 ta aminokislotasi bir xil bo’lib, ikkitasi 



bir-biridan  farq  qiladi  (oksitoinda  -  leysin  va  izoleysin,  vazopressinda  esa 

fenilalanin va arginin bor). Bu gormonlar sun’iy yo’l bilan sintezlanib olingan.  

Gipofizning  sekresiyasi,  ya’ni  undan  gormonlar  ajralishi  organizmning 

holatiga, tashqi muhitning o’zgarishiga ko’p bog’liq. Ekstero va interoreseptorning 

turli  yo’l  bilan  ta’sirlanib  qo’zg’alishi  gipotalamus  orqali  gipofizga  uzatiladi. 

Gipofizning  barcha  qismlari  bilan  gipotalamus  o’rtasida  chambarchas  bog’lanish 

mavjud.  Yuqorida  aytilganidek,  gipotalamusning  suprooptik  va  paraventrikulyar 

yadrolarida  hosil  bo’ladigan  sekretlar  alohida  yo’llar  orqali  gipofizning  keyingi 

qismiga  o’tadi  va  u  erdagi  maxsus  terining  tanachalarida  yig’iladi.  So’nqra 

keladigan  nerv  impulslarining  soni  va  kuchiga  yarasha  qonga  chiqarilib  turiladi. 

Shuningdek  gipofizning  oldingi  va  oraliq  qismlari  ham  nerv  va  qon  orqali 

gipotalamus bilan bog’langandir. Gipofizning oyoqchasini kesib gipotalamus bilan 

aloqasini  uzsak,  gipofizdan  follikulalarni  stimullovchi,  lyuteinlovchi,  somatrop, 

tireotrop,  adrenokortikotrop  gormonlar  ishlanib  chiqishi  ma’lum  vaqt  to’xtab, 

melanofor gormoni sekresiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz 

faoliyatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan 

ishlanib  chiqishi  gipotalamusning  muayyan,  neyrosekretiga  bog’liq.  Keyingi 

paytlarda  adrenokortikotrop,  tireotrop,  gonadotrop,  somatotrop  gormonlarining 

gipofizdan  ishlanib,  qonga  chiqarilishiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  moddalar  -  omillar 

gipotalamus  to’qimasidan  olindi.Organizmdagi  boshqa  endokrin  bezlarning 

gormonlari ham gipofizning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri va nerv faoliyati vazifasi 

bilan ta’sir qiladi.  

Jinsiy  bezlar  urug’  yoki  tuxum  hujayralarini  etkazib  berishdan  tashqari,  bir 

qator  gormonlarni  ishlab  qonga  chiqarib  turadi.  Jinsiy  gormonlar  jinsiy  apparat 

funksiyasini  hamma  tomonlariga,  organizmning  umumiy  holatiga,  ikkilamchi 

jinsiy bezlarning paydo bo’lishi va boshqa bir qator jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. 

Urug’donlarda erkaklik, tuxumdonlarda urg’ochilik jinsiy gormonlari hosil bo’ladi.  

Erkaklik  jinsiy  gormonlari  yoki  androgenlar  jumlasiga  testosteron



androsteron,  izoandrosteron,  degidroandrosteron  va  boshqalar  kiradi.  Bu 

gormonlarning  ichida  eng  faoli  testosterondir.  U  urug’donlardagi  Leydig 

hujayralarida  ishlanadi.  Erkaklik  jinsiy  gormonlarining  ishlanishida  Sertoli 

hujayralari  ham  ishtirok  esa  kerak.  Urug’donlarning  ichki  sekretorlik  faoliyati 

ulardagi  spermatogenez  jarayoni  bilan  chambarchas  bog’liq.  A.V.Nemlonning 

fikricha,  erkaklik  jinsiy  gormonlarining  hosil  bo’lishi  Sertoli  simplastida 

spermatozoidlar  ishlanib  chiqishiga  aloqador.  Spermatozoidlarning  hosil  bo’lishi 

qancha  tez  kechsa,  Sertoli  hujayralarining  protoplazmasi  ham  shuncha  tez 

parchalanadi  va  shuncha  ko’p  jinsiy  gormonlar  hosil  bo’lib,  qonga  chiqariladi. 

Testosterondan  tashqari  barcha  androgenlar  shu  gormon  organizmda  almashinuvi 

natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlardir.  

Plasenta  juda  mihim  ichki  sekretor  organ  bo’lib  hisoblanadi.  Plasentada 

bo’g’ozlikning  mutadil  kechishi  uchun  zarur  gormonlar,  jumladan,  progesteron 

gormoni  hosil  bo’lib  turadi.  Plasentaning  xorionida  esa  gonadotropin  gormoni 

ishlanib 

chiqiladi. 

Plasentada 

shuningdek, 

estrogenlar, 

androgenlar, 

glyukokortikoidlar,  oksitosin,  melanofor  va  o’zining  fiziologok  ta’siri  jihatidan 

somatotrop,  tireotrop,  andrenokortikotrop  gormonlariga  o’xshab  ketadigan 




gormonlar  sintezlanishi  keyingi  paytlarda  aniqlandi.  Relaksin  tug’ish  aktida, 

bachadon muskulining qisqarishida katta ahamiyatga egadir  

Bu  bez  bosh  miyada  to’rt  do’mboqchasining  yuqori  domboqchalari  orasida 

joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal  qismiga 

tutashgandir.  Bu  bezning  organizm  uchun  ahamiyati  yaqin  vaqtgacha  ham 

noma’lum  edi.  Hozir  bu  bezdan  uch  xil  gormon:  serotonin,  melatonin  va 

adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.  

Serotonin  yoki  S  -  oksitriptamin  epifizdan  tashqari  bosh  miya,  ichaklarning 

devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda ko’proq 

ishlanadi.  Organizmda  serotonin  triptofan  aminokislotasidan  hosil  bo’ladi. 

Serotonin  arteriolalarni  toraytirib,  qon  bosimini  oshiradi.  Qon  tomirlarining  o’zi 

torayib,  qon  bosimi  oshgan  bo’lsa,  serotonin  ichak  peristaltikasini,  gipofizning 

keyingi  qismidan  qonga  vazopressin  chiqarilishini  tezlashtiradi,  antidiuretik 

xususiyati  ham  bor.  Bir  neyrondan  ikkinchi  neyronga  impuslarni  o’tkazish  - 

mediator  vazifasini  ham  o’taydi.  Melatonin  maxsus  ferment  ishtirokida 

serotonindan  hosil  bo’ladi.  Melatonin  -  melanoforlarga,  ya’ni  ba’zi  hayvonlar  va 

odamning  terisida  bo’ladigan  maxsus  pigment  hujayralariga  faol  ta’sir  etadi.  U 

o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo’lgani uchun terini oqartiradi. 

Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu 

gormon  buyrak  usti  bezi  po’stloq  qavatining  koptokchali  zonasiga  ta’sir  etib, 

aldosteron sekresiyasini kuchaytiradi.  

Bu  bezning  mag’iz  va  po’stloq  qavatlari  bor.  Po’stloq  qavati  retikulyar 

hujayralardan  tashkil  topgan  bo’lsa,  mag’iz  qavati  limfoid  to’qimadan  tashkil 

topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda kattaroq bo’ladi, organizmlar  

jinsiy  etilishi  bilan  bu  bez  rivojlanishdan  to’xtaydi,  atrofiyaga  uchrab  kichrayadi. 

Keyingi  paytlarda  bu  bez,  ayniqsa,  spesifik  immunitet  hosil  bo’lishida,  ba’zi 

allergik  reaksiyalarning  yuzaga  chiqishida  katta  ahamiyatga  ega  deb 

xisoblanmoqda. Gap shundaki, allergik reaksiyada, ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli 

yot  moddalarga  (allergenlarga)  organizm  sezuvchaligini  kuchayishida  ikki  xil 

limfositlarning  roli   aniqlandi. Bu  limfositlardan bir  xilining  ("B"  limfositlarning) 

tovuqlar  fabrisiy  xalqasidagi  limfoid  to’qimada,  shuningdek,  odamlarning 

bachadon  bezlarida,  ichaklardagi  limfoid  to’qimalarda  hosil  bo’lishi  aniqlandi. 

Ikkinchi  xil  limfositlar  Timusda  hosil  bo’ladi.  Bu  limfositlar  "T"  limfositlar  deb 

yuritiladi ("T"-timus so’zidan kelib chiqib, "T" limfositlar uch xil farqlanadi. "T

K



killerlar fagositoz vazifani bajaradi. "T



X

"- xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar 

va "T

S

" - supressorlar - killerlarga qarshi ko’rashuvchlar). "B" - limfositlar alergen 



bilan  uchrashganida  o’zidan  antitanalar  ajratadi  va  o’ta  tez  avj  oladigan  allergik 

reaksiyalarning  yuzaga  chiqishida  hal  qiluvchi  omil  bo’lib  xizmat  qiladi.  "T"  - 

limfositlar  esa  alergen  bilan  uchrashganida  o’zidan  antitana  ajratmasdan,  tegishli 

suyuqliklarni  -  omillarni  ajratadi  va  bu  omillar  sekin  avj  oladigan  allergik 

reaksiyalarning ro’yobga chiqishini ta’minlaydi.  

GEP  -  tizimining  inkretor  funksiyasi.  GEP  -  tizim  deb  gastro-entero-

pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.  


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling