Idrokning nerv-fiziologik asoslari.
Psixologiya nazariyalariga ko`ra appertseptsiya xodisasi barqaror va vaqtincha deb yurituvchi ikki ko`rinishga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq
bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar, ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |