Ielts imtihoni turlari va ularga tayyorlanish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#222153
Bog'liq
IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish - AZAMAT.UZ



IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish

08.07.2014  



TOEFL va IELTS

  54,944

IELTS (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi

ingliz  tilida  o’qish,  yozish,  tinglab  tushinish  va  gapirish  ko’nikmalarining  qay  darajdaga  shakllanganligini

baholash hisoblanadi.

Imtihon 4 bosqichda o’tkaziladi:

LISTENING (tinglab tushunish) – 30-40 daqiqa,

READING (o’qish) – 60 daqiqa,

WRITING (yozish) – 60 daqiqa,

SPEAKING (gapirish, suhbat ko’rinishida) – 10-15 daqiqa.

Яндекс.Директ

PUZZLE-ENGLISH.COM



Учите английский

когда удобно!

Laravel


Qanday qilib

Ingliz tili

Internetda pul ishlash

Ingliz tili grammatikasi

IELTS

Sayt tayyorlash



Barchasini ko'rish


Imtihon topshirilish qoidasi bo’yicha yuqoridagi barcha ko’nikmalar sinovi bir kunda o’tkaziladi. Dastlabki uchta

ko’nikma  sinovi  bilan  so’nggi,  suhbat  ko’rinishidagi  gapirish  ko’rikmasi  sinovi  orasida  tanaffus  beriladi.  Ba’zan

imtihon ikki kun davom etishi ham mumkin. Bunday holatda ohirgi, gapirish ko’nikmasining sinovi imtihonning

ikkinchi kuniga qoldiriladi.

Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har

bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.

IELTS testi

ning 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module).

Umumiy testni o’rta yoki o’rta mahsus ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.

Bunday o’quv dargohini bitiruvchilar oliy ma’lumot diplomiga da’vogarlik qilishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo’lish

maqsadida  universitetga  o’qishga  kirish  uchun  Akademik  testni  topshirish  talab  etiladi.  Har  ikki  turdagi

testlarning  tuzilishi  bir  hil,  ammo  Umumiy  testning  o’qish  uchun  beriladigan  matni  va  yozish  ko’nikmasini

sinovdan  o’tkazish  topshiriqlari  oliy  o’quv  yurtlariga  kirish  sinovlari  talablarini  o’z  ichiga  olmaydi.  Azamat.uz

saytining IELTS haqidagi bo’limida biz ko’proq IELTSning Akademik testiga tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko’rib

chiqamiz.

Imtihonning har bir bo’limi uchun va butun imtihonning umumiy bahosi sifatida olish mumkin bo’lgan maksimal

ball 9 ball hisoblanadi. Ma’lumki, imtihondan o’tib, oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning ko’pchiligi kelajakda turli

kasblarning  egasi  bo’lishadi,  ular  turli  yo’nalishlardagi  fanlar  bo’yicha  ta’lim  olishadi.  Texnik  yoki  iqtisodiy

yo’nalishdagi  universitetlarga  o’qishga  kirish  uchun  kamida  6  ball  to’planishi  kerak.  Yuridik  va  gummanitar

yo’nalishdagi oliygohlarga o’qishga qabul qilinish uchun esa kamida 7,5 ball to’planishi shart. IELTS imtihonlarida

tanlangan oliygoh yoki yo’nalishdan qa’tiy nazar, hamma bir hil tartib va talablar asosidagi sinovlardan o’tadi.

Farq faqat to’plangan ballar va ularning qayerda, qanday qabul qilinishida bo’ladi.

Yaqindan boshlab Buyuk Britaniya hukumatining immigratsiya nazorati boshqarmasi mamlakatga uzoq muddat

davomida  qolib  ishlash  maqsadida  keluvchi  shaxslarning  majburiy  imtihondan  o’tkazilishini  joriy  qildi.  Bu

maqsadda  mamlakatga  kiruvchi  shaxslar  Akademik  test  topshirishlari  talab  etiladi,  ammo  to’planishi  talab

etilgan ball, test topshiruvchilarning kasblaridan kelib chiqqan holda, 4,5 balldan 5,0 ballgacha qilib belgilangan.

IELTS  testlarini  tuzuvchilarning  aytishicha,  ushbu  test  imtihon  qilinuvchining  umumiy  bilimini  ham,  uning

mahsus  tayyorgarligini  ham  tekshirmaydi.  Testning  asosiy  maqsadi  –  test  topshiruvchining  ingliz  tilini

kelajakda Buyuk Britaniya yoki boshqa biror ingliz tilida gaplashiladigan davlat oliygohlarida muvaffaqiyatli ta’lim

olishlari uchun yetarli darajada bilishini aniqlash.

Mening fikrimizga ko’ra, bu haqiqatga to’liq yaqin emas. To’g’ri, IELTS imtihoni test topshiruvchining hech qanday

mahsus  tayyorgarligi  yoki  bilimini  tekshiruvdan  o’tkazmaydi.  Ammo,  imtihon  davomida  topshiriqlarni  to’g’ri

bajarish  uchun  test  topshiruvchidan  mantiqiy  fikrlash,  ma’lumotlar  analizi,  sintezi,  o’z  ona  tilida  ma’lumotlarni

jamlash, qayta ishlash va ularni xorijiy tilga o’girib, ifodalay olish kabi bir qator ko’nikmalar talab etiladi.

IELTS  imtihoni  o’qish,  yozish,  eshitish  va  gapirish  ko’nikmalarining  qay  darajada  shakllanganligini  baholaydi.

Aynan shu ko’nikmalarning to’liq shakllanganligi ingliz tilida gapiriladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida eng

zaruriy hisoblanadi.

Shuning  uchun  IELTS  imtihonlariga  tayyorgarlik  ko’rishning  eng  asosiy  yo’nalishlari  ingliz  tilining  kundalik

turmushda ishlatilishini o’rganishga yo’naltiriladi. Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarga ta’lim olish maqsadida

bormoqchi  bo’lgan  talabalar  bilan  bunday  davlatlarga  ishlash  maqsadida  borayotgan  kishining  tildan

foydalanishi farqli bo’lishi mumkin, ammo IELTS imtihonlarida beriladigan topshiriqlarda bu farq juda katta rol

o’ynamaydi.  Azamat.uz  saytida  biz  asosan  IELTS  imtihonining  Akademik  test  turi  uchun  tayyorlanish

masalalariga  ko’proq  urg’u  bersak-da,  undan  ingliz  tilini  Umumiy  test  topshirish  uchun  o’rganayotganlar  ham

foydalanishlari mumkin.

Quyida ingliz tilida gaplashiladigan davlatlardagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish jarayonida duch kelish mumkin

bo’lgan vaziyatlar tasvirlangan.




Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin:

kitob va jurnallar o’qish,

yozma topshiriqlarni bajarish,

ma’ruzalar tinglash,

seminarlarda qatnashish.

Bu vaziyatlarning har biri Sizdan quyidagilarni amalga oshirishni talab qilishi mumkin:

Kitob va jurnallar o’qish:

sohaga oid turli kitoblarni o’qish, aniq bir mavzuga doir ma’lumotlar berilgan gazeta va jurnallarni mutoala

qilish;

matnlar, jadvallar va chizmalardan kerakli ma’lumotlarni olish;

o’qilganlarni tahlil qilish.

Yozma topshiriqlarni bajarish:

o’rtaga tashlangan muammoli masalani analiz qilish;

yozma ishning rejasini tuzish;

o’z so’zlari bilan yozish orqali mazvuni tushunganligini ifodalash, o’z fikrini yozma ravishda tahlil qila olish va

hokazo.


Ma’ruzalar tinglash:

tez gapirilayotgan nutqni tinglab tushuna olish;

turli shevalardagi nutqni tushuna olish;

ma’ruzaning asosiy qismlarini, urg’u berilayotgan ma’nolarni tushuna olish;

eshitish davomida kerakli ma’lumotlarni yozib olish.

Bulardan  tashqari  radio  va  video  xabarlardagi  turli  tezlik  va  shevada  gapirilgan  nutqni  tinglab  tushuna  olish,

nutqning  asosiy  mazmunini  anglay  olish  hamda  zaruriy  holatlarda  ular  orqali  yetkazib  berilayotgan

ma’lumotlarni yozib olish ko’nikmalarini shakllantirish kerak.

Seminarlarda qatnashish:

matnlar muhokamasida qatnashishga tayyor bo’lish;

ma’ruzachi va talabalarning berayotgan savollarini tushuna olish

;

savollar so’rash;



muhokamalarda qatnashish.

IELTS  imtihonini  topshirish  mobaynida  imtihon  oluvchining  savollariga  javob  berish  va  shu  bilan  bir  qatorda

savollar berish

ga ham to’g’ri keladi.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda yashash va ishlash quyidagilarni talab qilishi mumkin:

gazetalar mutoala qilish, e’lonlar, yo’riqnoma va ko’rsatmalarni o’qish va hokazo;

tashkilotlar yoki alohida shaxslarga yozma murojaatnoma va arizlar yozish;

radio tinglash, ko’rsatmalarni tinglab tushunish va har kunlik suhbatlarni tinglash;

o’zi haqida gapirib berish, kelib chiqishi, oilasi va vatani, o’qishdan maqsadi, kelajakdagi rejalari haqida gapirish.



Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTSni o’rgatuvchi ta’lim berishni ikki bosqichga bo’lib amalga oshirishi

kerak:


1) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunishni uzviy o’rgatish. O’rganuvchining so’z boyligini imkon qadar oshirgan

holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o’rgatish. IELTS imtihonini topshirishga oid

yo’l-yo’riqlar ko’rsatish;

2)  nutq,  yozish,  o’qish  va  tinglab  tushunish  ko’nikmalarini  keng  miqyosda  rivojlantirish  –  gazeta  va  jurnallar

o’qish orqali o’qish ko’nikmasini rivojlantirish, radio va audio eshittirishlar asosida tinglab tushunish ko’nikmasini

mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotlarni amalga oshirish asosida og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirish

va hokazo.

IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:

1. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab

tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni

aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.

2. Xujjatlarni  tashkil  etish  (masalan,  xisobotlar,  rasmiy  va  norasmiy  xatlar,  chizma  va  diagrammalardagi

ma’lumotlarni  matn  ko’rinishida  ifodalash,  referatlar  yozish),  so’rovnoma  ko’rinishidagi  xujjatlarni  to’g’ri

to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida

kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.

3. Ma’lum  cheklangan  vaqt  ichida  ijtimoiy  muhimlikka  ega  bo’lgan  turli  mavzularga  asoslangan  insholarni

yoza olish.

4. Ko’rib  chiqish,  ma’lumot  qidirish  va  o’rganish  usullaridagi  o’qish  ko’nikmasini  yaxshi  o’zlashtirish.

Cheklangan  vaqt  ichida  aytilayotgan  (og’zaki  nutq)  yoki  yozilgan  (matn)  axborot  ichidan  kerkali  bo’lgan

ma’lumotni topa olish.

5. Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin

bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.

. Ingliz  tilida  asosiy  bilimlarni  puxta  o’zlashtirganligini  namoyon  eta  olish  (masalan,  til  grammatikasi,

leksikasi, orfografiyasi va hokazo).

“IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish” maqolasida

122 fikr


 abdulazizhakimov97

 

10.07.2014 - 00:38



Ayrim sabablarga kura ielts tizimi uzbekistondan olib tashlanayotgan ekan shu gap rostmi

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

10.07.2014 - 12:55



Avvaldan ham O’zbekistonda IELTSni qabul qilishmagan. IELTS sertifikati faqat

O’zbekistondagi xorijiy universitetlar filiallariga rasmiy ravishda o’tib kelgan. Bundan keyin

O’zbekistonda NSFLA (

http://www.nsfla.uz

) tizimi ishlatiladi. Bu – IELTSning o’zbekcha

varianti   Hozircha faqat o’qituvchilarning chet tilini bilish darajasini baholashayapti, lekin

kelajakdagi rejalar katta. Ko’ramiz, O’zbekistonda o’zimizning IELTSga o’xshash tizimimiz

qanchalik yaxshi ishlar ekan.




 John


 

28.12.2020 - 16:54



Yog’eee kim aytdi



 boxodir

 



11.08.2014 - 16:12

QATTA IELTSGA IMTHON TOPWRW MUMKN

 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

11.08.2014 - 17:57



Toshkentdagi Britaniya konsulligida. 

http://www.ielts.uz

 saytiga murojaat qiling.



 Behzod

 



11.08.2014 - 21:39

Azamat aka LOndondagi unuversitetlarga grantga topshirish uchun ortacha IELTS bali nechi

bolishi kerak

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

12.08.2014 - 07:56



U yerdagi universitetlarning talablari turlicha bo’lishi mumkin. Ball faqat universitetga bog’liq.

Ular o’rtacha necha ball bo’lishi kerakligini belgilashadi. Qat’iy standart mavjud emas.



 M.95



 

22.08.2014 - 19:11



Imtihonda ingliz tili fanidan 34 ta yechdim. (Albatta, bunda siz va saytingiz ham menga katta

yordam berdi. Katta rahmat!) Raymond Murphyning ko’k kitobini (English grammar in use) va

G’apporovning “Ingliz tili grammatikasi” ni, ya’na ”Учебник англиского языка” ning ikkala qismini

tugatganman. Hozirda Betty Schrampfer Azardning ” Understanding and using english grammar”

kitobini tugatyapman. Keyin IELTS tayyorlaydigan o’quv markazlariga borsam bo’ladimi?

Javob u-n oldindan rahmat!

 

Javob berish




 Azamat Xodjakov

 

22.08.2014 - 20:58



Bo’ladi. Sizda grammatika yaxshi ekan, endi IELTS testlariga tayyorgarlikni kuchaytiring.



 malika

 



18.02.2015 - 12:35

Salom men otgan yili O’zDJTU ga kiromadim 1 yil repetitor da faqat grammar oqiganman endi

IELTS boshlamoqchiman va xudo holasa MDIST ga harakat uzr IELTS boshlashni nimadan

boshlash kerak? Javob uchun oldindan raxmat!

 

Javob berish



 malika


 

18.02.2015 - 12:39



Salom saytiz ni bugun tasodifan korib qoldim. va soramoqchidim IELTS ni 4 oyda organsa

boladi-mi?

Agar angliyskiydan fundament bosa?

Javob uchun rahmat!



 Azamat Xodjakov



 

18.02.2015 - 18:20



Bir oyda ham o’rganish mumkin.



 Azamat Xodjakov

 



18.02.2015 - 18:21

O’z muallifligimdagi “IELTS imtihoniga tayyorlanish” kitobini o’qiganmisiz? Agar jiddiy

tayyorgarlik ko’rmoqchi bo’lsangiz bu kitobni o’qishingizni tavsiya etaman.



 malika

 



18.02.2015 - 12:42

yana qaysi kitobladan boshlash kerakligi haqida ham toliqro yani kopro malumot qoldirsez

Rahmat!

 



Javob berish

 shohrux



 

13.03.2015 - 10:58




salom hammaga

manda ielts ball 5.0. bu ball yordamida chet davlatlarga oqish mumkinmi

 

Javob berish



 nilufar


 

09.04.2015 - 12:40



salom azamat aka man kitobzda berilga mashqlani bajarsam ielts imtihoniga bemalol topwira

olamammi


 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

09.04.2015 - 19:41



Ha



 dinara

 



04.10.2015 - 15:44

salom kitobingizni qayerdan topsa boladi?



 Azamat Xodjakov



 

06.10.2015 - 14:13



Sayt yangiliklarini kuzatib boring. Tez kunda kitobning yangi nashri e’lon qilinadi.



 Shoxidjon

 



30.08.2015 - 12:36

Assalomu alaykum Azamat aka men o’qishga kirolmadim xozirda ingliz tili gramatikasini

urganganman IELTSga tayorlanib topshirsam bula. Qancha vaqt ichida 7,5-8 ball yeg’a oladigan

darajaga erishsam buladi??

 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

31.08.2015 - 16:10



Topshirishingiz mumkin. Qancha vaqtda natijaga erishish faqat o’zingizga bog’liq.




 Jamshid


 

05.12.2015 - 11:54



Salom aka kitobingizni elektron variantini qayerdan topsam boladi? Javob uchun rahmat

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

05.12.2015 - 12:18



Kitobning elektron ko’rinishi sotilmaydi. Faqat chop etilgan nusxasini olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998946550024



 Komila



 

02.02.2016 - 18:01



Kitobingizning orqasidagi reklamadagi gap nega tugallanmagan

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

02.02.2016 - 22:18



https://azamat.uz/wp-content/uploads/2014/12/real-promo-2.jpg



 Bobur

 



25.02.2017 - 18:22

Assalomu aleykum. aka men bakalavr diplomim bor magistr uqish uchun ielstsda tayyorlanib test

topshirib uqishga kirishim mumkinmi va qaysi o’quv yutlari taqdim etilishi haqida kimdan qanday

qilib ma’lumot olsam buladi va buni urganishim uchun menga qanday maslahat berasiz. Oldindan

javob uchun rahmat!

 



Javob berish

 muslima



 

17.04.2017 - 18:11



As-mu al-m. ieltsda uqimoqchi bulib bir markazga bordim ammo ikkilanib turibman.muammo

uzimda ham bor biilim darajam pastroq ammo harakat qilaman deb jiddu jahd qildim ammo

ustozim… bilimi yaxshi qandaydir metod yoqmayapti. 1.5 soatda bir marta urnidan turib bir narsani

yozadi.xatolarni tugrilamaydi.yangilik urgatmaydi.uzr birov haqida.shunga nima qilsam buladi uzi

IELTS darslari yo shunday uslubda olib boriladimi?maslahat kerak edi.saviyaliroq darslarni qanday

kursam buladi masalan online orqali raxmat

 

Javob berish




 Samira


 

09.07.2017 - 00:03



Maslahatim siz Olson siz oldin Bonk1i Bonk2ni yaxwi biladigan oqituvchi bin

shugullanishingizni maslahat Bethany bolardim. Chunki ieltsning kop sozlari Bonkdan2

qismidan olinadi . Agar us Hanoi yaxwi chiqsez keyin IELTS tayyorlov kurslariga borsez boladi

muhimi vocabulary mustahkam boliwi Kerak



 Anvar Hamroyev



 

04.07.2017 - 21:50



Men Ieltsga tayyorlanmoqchiman .Men qaysi O’qituvchiga borishni bilmay turibman .Qaysi

o’qituvchidan ta’lim olishni maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat

 

Javob berish



 Shodiyor

 

04.08.2017 - 00:22



Assalomu alaykum Azamat aka man hozir Rossiyada edim menga kitobingiz kerak elektron

variantini hecham iloji yoʻqmi oldindan raxmat

 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

05.08.2017 - 10:07



Elektron varianti yo’q. +99894 655 00 24 raqamiga bog’lansangiz, ular Rossiyaga jo’natish

bo’yicha tavsiya berishlari mumkin.



 Muhammad



 

05.08.2017 - 15:45



Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men sizning IELTS imtihoninga tayyrlanish nomli

kitobingizni bugin o’qishni boshladim va bu kitob menga juda yoqti IELTS haqida juda yaxshi

tushunchaga ega bo’ldim men bir masalada maslahatingizga muhtojman. avval Matematika,

Fizika fanlaridan tayyorlanganman bu fanlardan tushuncham yaxshiroq deb o’ylayman yaqinda16-

iyul kuni Toshkent shahridagi REGISTON o’quv markazida bo’lib o’tgan abuturiyen_17 loyihasida

imtihonda qatnashdim 172.3 ball bn texnika fanlari bo’yicha 3 o’rin oldim 1-avgust imtihoniham

yaxshi o’tdi palutexnika unversitetiga topshirdim amma INXA da taqsil olishni hohlayman. Ingliz

tilini bilmayman lekn 10 oy ichida IELTS olish niyatim bor qattiq o’zimga ishonyapman hozirda

Raymond Murphy kitobini mustaqil video darsliklaringiz orqali o’rganishni audio lug’atlar eshitishni

boshladim tajribali mutaxasis sfatida qanday maslaxat berasiz 10 oy ichida ulgurishim mumkinmi

qiyin bo’lsaxam ko’pchilik mumkin emas deyishyapdi. javobingiz tagdirimni o’zgartrishi mumkin.

javobingiz uchun oldindan rahmat.

 

Javob berish



 Azamat Xodjakov




 

05.08.2017 - 17:44



10 oy ichida o’rganishingiz mumkin. Bu vaqt oralig’ida IELTSdan yuqori ball olish darajasiga

yetish uchun 100% imkoniyatingiz bor. O’zingizga ishoning, albatta uddalaysiz. Atrofingizdagi

sizga salbiy baho berayotgan kishilarga e’tibor bermang.



 Dostonbek

 



15.08.2017 - 19:11

Assalomu alaykum Azamat aka. Men ham IELTS o’qimoqchiman. Ammo qayerda o’qishni

bilmayapman. Qaysi o’qituvchini yoki qaysi o’quv markazini maslahat berasiz? Javob uchun

oldindan rahmat.

 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

16.08.2017 - 10:03



Ikki yildan ortiq vaqt ta’lim sohasida bo’lmaganligim sababli tavsiya berolmayman.



 xushnud

 



23.08.2017 - 21:18

Salom Azamat Aka man xozir 3-kursga o’tdim bu yil IELTS tayorlanib

ko’rmoqchiman..Garmatikaga kelse Murphy ko’kni ishlab chiqqanman hamma mashqlarini..Shu

fundamentim IELTS tayorlanishga yetadimi yo yetmidimi..Yana Garmatika tayorlanimi..Ko’p so’z

ham bilmiman

Taxminimcha 2000-ga yaqin bilaman Ieltsni kirish qismiga yetadimi shu bilgan so’zlarim..Shunga

uziz maslaxat bering..Oldindan raxmat

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

24.08.2017 - 10:25



Yetadi. Muhimi o’zingizga ishonib, vaqtdan unumli foydalaning. Imkon qadar ko’proq

o’rganishga harakat qiling. Vaqtingizni to’g’ri taqsimlang.



 Dosti



 

15.09.2017 - 14:06



Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men IELTS sertifiqatini olib Italiyaning Turin Politexnika

universitetiga kirish niyatim bor. Men Raund Up kitobini 3chisini yarimigacha chiqqanman va

Raymond Murphyni qizilini yana Straightforwardni 1chisini chiqqanman. Xozirda Straightforwardni

2chisini va Murphyni ko’kini o’qiyapman so’z boyligim unchalik ko’p emas 2000-2500 so’z bilsam

kere shular bilan 10 oyga IELTS sertifiqatini ololamanmi sizning fikringizni bilmoqchi edim iltimos

javob uchun oldindan katta rahmat.




 

Javob berish



 Azamat Xodjakov

 

15.09.2017 - 16:30



Yuqori ball olish uchun hozirgi ko’rsatkichlaringiz bir oz kamlik qilishi mumkin. Ammo

yaxshiroq harakat qilsangiz, albatta yuqori balli sertifikat olishingiz mumkin.



 Asal



 

18.09.2017 - 21:52



Salom men koreada oqishni istayman shu sabab ieltsdan necha ball olishim kerak koreada

oqishim uchun. Iltimos shu haqida batafsil aytsangiz. Rahmat

 

Javob berish



 Perizat


 

18.10.2017 - 22:07



Good day sir. I want to obtain some advice th at which university I can choose. I have been

learning eng. For about 2 years. But at precise moment I am preparing for ielts at home on my

own. If I get ielts sertificate, which university can u admonish me? The first lang must be eng. Cuz j

am not good at otger subjects

 

Javob berish



 Bekzod


 

31.10.2017 - 09:51



Assalom Azamat aka yaxshimisiz, ielts ning muddati qanca ekanligini bilib bera olasizmi

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

06.11.2017 - 20:55



2 yil.



 Rustam

 



24.06.2018 - 13:55

amal qilish muddati 2 yilmi ?




 Umidjon


 

17.11.2018 - 15:56



2yil



 Azizbek

 



05.08.2018 - 21:21

salom Azamad aka. menda writing yozishda ozroq muammo bolybdi. shuning uchun ozroq

maslaxat bersangiz xursand bolardim. mendagi asosiy muammo writing yzishni qoidalarini

ozlashtira olmayabman. masalan, introductionga nimalar yozishni yoki agree disagreega qanday

tartibda yozishni, xulosaga nialar yozishni tushunmayabman. fikrlarim ko’p ammo amo shu

fikrlarimni qoida boyicha yozolmayabman to’rirog’i romkasiga solaolmayabman. iltimos tushuncha

berin



 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

06.08.2018 - 09:37



Ko’proq yozishga harakat qiling. Ingliz tilida matnlarni o’qish ham yaxshi yordam berishi

mumkin. Imkoniyatingiz bo’lsa repetitorga borishingizni maslahat beraman.



 Гулжахан



 

06.08.2018 - 20:29



Сөйлеген кезімде иркилип қалаберемен .Калай тез сөйлесе болад

 



Javob berish

 sayyora



 

20.08.2018 - 15:17



Assalomu aleykum. IELTS da imtoxon topwiriw osonmi yoki CEFR dami ?

 



Javob berish

 Azamat Xodjakov



 

27.08.2018 - 22:06



Har ikkala testda ham ingliz tilidagi ko’nikmalaringiz imtihon qilinadi. Menimcha bir xil.



 Ziyoda

 



21.09.2018 - 18:01

Yo cefr onson ielts ga qaraganda




 Momoxon



 

01.12.2018 - 21:18



Cefr da



 Azamat

 



04.11.2020 - 14:11

Assalomu alykum azamat aka men hozir intermediate bosqicidaman ielts topwiriw ucun

qanca vaqt tayyorlaniwim kere Javob ucun oldindan rahmat



 Bunyodbek

 



04.11.2018 - 20:30

Asalomu aleykum ielts sertifqati qaysi davlatlar qanday qabul qilinishi haqida malumotlar bormi.

Masalan AQSH ga borish uchun qancha bal boʻlishi kerak.

 



Javob berish

 



Azamat Xodjakov

 



05.11.2018 - 13:32

O’zingizga ma’qul universitetni tanlab, keyin uning talablarini ko’rib chiqsangiz maqsadga

muvofiq bo’ladi.



 Bunyodbek

 



05.11.2018 - 16:44

Ha raxmad tshunishim boʻicha bu instut tamonidan shartnomada koʻrsatiladi



 Bekzod



 

16.11.2018 - 00:05



Salom hammaga Ielts imtihoni qaysi kunlarda bôlib õtadi

 



Javob berish

 Bekzod




 

16.11.2018 - 00:08



Menning vestministr institutiga topshirish maqsadim bor hozirda õquv markazda õqiyapman

elementry guruhida elementryni tugatdim hisob shu 2019 yilida institutga topshirmoqchiman

topshirishdan oldin Ielts olish maqsadim bor

 



Javob berish

 Murodjon



 

22.11.2018 - 10:07



O‘rtacha qancha vaqtda o‘rganish m.m ingliz tilini

 



Javob berish

 



Azamat Xodjakov

 



22.11.2018 - 12:13

Xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha ko’nikmangiz va avvaldan qancha bilimga ega ekanligingizga

qarab har xil. Kimdadir ko’p vaqt talab qiladi, kimdir tez o’rganib oladi. Hammasi o’zingizga

bog’liq.


 Diyorxon



 

01.12.2018 - 16:26



Assalomu alayko‘m

Yoshim 24da men hozir ingliz tili bo‘yicha o‘quv markazida tayyorlanyapman men 4 yoki 5 oy

tayyorlanib keyin ieltsda imtihon topshirsam bo‘ladimi

O‘zi umuman xorijiy oliygohlarga necha yoshgacha o‘qishga qabul qilishadi

Shuni tushuntirib o‘tsangiz…

Rahmat!


 

Javob berish



 AZAMAT


 

01.12.2018 - 19:03



ILST topshirish uchun qarga borsam buladi

 



Javob berish

 Iroda



 

05.05.2019 - 18:26



Samarqand viloyatidagi IELTS topshirish joylari haqida malumot. Javob uchun oldindan

rahmat.





 Iroda


 

05.05.2019 - 18:28



oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qaysi IELTS ga topshirishim kerak



 Iroda

 



05.05.2019 - 18:30

May oyida samarqandda o‘tkaziladigan IELTS uchun regirstratsiya qachon



 leader



 

02.12.2018 - 20:14



Chet elda tahsil olish uchun nechchi ball yig’ish kerak.Oldindan rahmat

 



Javob berish

 Javlon



 

03.01.2019 - 19:11



Eng kami 5.5



 Shahrizoda

 



02.12.2018 - 22:01

Kechirasz bir savolim bor edi: ailts toifol qanday farqi bor? Aqsh oliygohlarini maqsad qilganlar u n

qay birini maslahat berasz?

 



Javob berish

 Javlon



 

03.01.2019 - 19:11



Ielts bu Britaniyaga tegishli, Toefl esa Amerikaniki. Toefl Ieltsdan ko’ra qiyinroq bo’ladi.



 .viki.

 



10.03.2019 - 21:37

ILTS emas IELTS bo‘ladi

Imtihon toshkentda buladi




 Shoxruxbek

 

01.01.2019 - 19:11



Ielts imtihonlari haqida yanada kõp ma’lumot bersangiz bu menga juda kerak.

 



Javob berish

 Azizbek



 

02.02.2019 - 19:56



Salom.

Men ingliz tilini o’rganishni yaxshi ko’raman. Hozir Ielts o’quv markazida o’qiyapman va chet elda

o’qishni juda xohlayman.

Eshitishimcha Chet elda o’qish narxlari juda qimmat emish.

Shuning uchun Dadam bu niyatimdan qaytishimni aytyapdi.

Bepul, to’liq grant asosida qabul qiladigan xorijiy universitetlar bormi?

Agar bor bo’lsa ular haqida ma’lumot

bersangiz.

Koreyadagi Universitetlar va ularning

narxlari haqida ma’lumot bersangiz.

 

Javob berish



 Jorabek


 

24.03.2019 - 13:58



Men ingiliz tilidan nolman xozir tayyorlanishni boshlamoqchiman IELTS olish niyatim bor nimadan

boshlashimni bilmiman iltimos yo’l ko’rsatsayizla minnatdor bo’lardim

 

Javob berish



 Jo'rabek

 

03.05.2019 - 04:36



O’quv markazlariga borib yaxshi o’qituvchi instruktor topiwdan boshlang ishni



 Fayzullo

 



19.05.2019 - 21:27

AQSH unversitetlarida oqish uchun IELST otadimi men IELST topshirishim uchun AQSH ingiliz

tilini organishim kerakmi yoki Britaniyanikini IELST topshirib AQSH unversitetlariga oqishga

kirsam boladimi? Nechi balga olsam kirishimga osonroq boladi IELST viza olishimga ham

yordam beradimi..?



 Shokhrukh

 



10.04.2019 - 20:22

General IELTS ga nimaga koproq etibor beriladi, va academic IELTS dan nimasi bilan farq qiladi.

Javob uchun oldindan rahmat…



 

Javob berish



 Jo'rabek

 

03.05.2019 - 04:35



General modul bu immigrantlar uchun yashash ishlash uchun! Academic modul esa o’qish

uchun talab qilinadi



 Aziz



 

01.05.2019 - 09:39



savolim shuki IELST dan 6 ball olsam chet eldagi institutlarda o’qish uchun menga grant

ajratiladimi. javob uchun rahmat

 

Javob berish



 Jo'rabek

 

03.05.2019 - 04:47



Assalom alekum hammaga “IELTS TRAINER” O’Dell felicity shu kitob kerak edi sotiladigan

do’konmi yo kimdir sotsa iltimos javob yozila! Admindan va boshqalarda javob kutib qolaman

 

Javob berish



 Mr Fakhriddinovic. MDIS_Business & Economics fakulteti talabasi

 

20.06.2019 - 11:59



Men IELTS ni 04.05.2019 da topshirdim. Overall band score: “6.5” chiqdi. Bu juda shubxali tuyildi

menga chunki meni tayyorgarligim 1 yildan ortiq davom etgandi va eng kamida 7.0 ball

ko’zlagandim. IDP IELTS ni baholash sistemasi juda shubhali ekan shu sabab bo’lg’usi IELTS

candidates ga British Council IELTS topshirishlarini maslahat beraman.

 

Javob berish



 Elbekjon

 

01.07.2019 - 21:16



Hozirda inxa universitetiga grand asosida qabul qilinish uchun ielts yonalishida kamida necha ball

toplash kerakk javob uchun oldindan raxmat

 

Javob berish



 Dilmurod

 

03.12.2019 - 22:47



Shu yili diplamatiyaga grand asosida kirishim uchun ieltsdan kamida necha ball olishim kerak




 Nafosat


 

04.08.2019 - 19:46



Assalomu alaykum. Man tibbiyot institutida o’qiyman. Germaniya oliy ta’lim muassasalarida o’qish

uchun IELTS imtihonlarida kamida necha ball to‘plashim kerak?

 

Javob berish



 Toyir


 

15.08.2019 - 15:17



Assalomu alaykum singapur universitetiga imtihonsiz kirish uchun Ielts balingiz nechchi

bulishi lozim javob uchun rahmat



 Dilshod



 

04.10.2019 - 07:35



Minimum 5.5



 O'lmasjon

 



22.10.2019 - 23:57

Assalomu alaykum IELTS olib Xitoyga o’qiwga ketib bo’ladimi? Agar bo’lsa IELTSdan nechchi

olish kerak



 Sanjar

 



22.12.2019 - 09:00

Men SamDU tarix fakultetida 1-kursda oqiyman 3-4kurslarni chet elda davom ettirish uchun

IELTS nechi ball olishim kerak



 Abduaz

 



14.09.2019 - 07:29

6 -7


 KomronAz



 

02.10.2019 - 00:23



Germaniyada tibbiyot faqat nemis tilida o’qitiladi!


 Azim



 

25.01.2020 - 18:00



Kamida 9 baall bo’ladi



 Nafosat

 



04.08.2019 - 21:13

Assalomu alaykum. Man tibbiyot institutida o’qiyman. Germaniyada tahsil olish uchun ielts

imtihonlarida kamida necha ball to‘plashim kerak. Javob uchun rahmat.

 



Javob berish

 abdulaziz



 

04.08.2019 - 23:28



Qo’shma shtatlardagi Harvard universitetida grand asosida o’qish uchun IELTSda ball nechi bo’lishi

kerak?


 

Javob berish



 KomronAz

 

02.10.2019 - 00:25



7.5+ yoki undan baland birorta aspect 7.5 dan kam bõlmasligi kerak!



 Салом

 



13.09.2019 - 16:32

7.8


 

Javob berish



 Bekhzod


 

18.12.2019 - 22:15



Salom Ieltsga tayyorlanish qay tarzda bo’lishi kerak.



 Muharram

 



23.09.2019 - 20:48


Men Toshkent moliya instituti bank ishi yo’nalishiga kirishim uchun IELTS dan nechi ball kamida

oliwim kerak

 

Javob berish



 KomronAz

 

02.10.2019 - 00:26



5.5 olsayis 30 ta ishlagan hisobiga o’tadi!



 Ilyos

 



30.09.2019 - 11:00

Jahob tillari universtetiga kirish uchun qancha ball to`plash kerak

 

Javob berish



 Mirjalol

 

07.10.2019 - 13:38



Assalomu Aleykum ..

Iloji bulsa Generel Ielts haqidaham to’liq malumot bering.

Bu testdn yaxshigina ball olib chetga ishga yo vaqtinchali yahashga chiqsh yo’llari haqida malumot

bervorsayz Hursand bo’lardim

 

Javob berish



 Islombek

 

13.12.2019 - 16:18



Ingliz tilini o’rganayotgan odam ielts ga Qancada tayyor bo’ladi



 Mohinur

 



01.11.2019 - 20:27

Idp ieltsdan olingan 5.5 ham ozbekiston oliy òquv yurtlariga òtadimi

 

Javob berish



 Sabohat


 

11.01.2020 - 22:28



Assalomu aleykum. IELTS dan oliy o’quv yurtlariga ingliz tili asosiy va asosiy bo’lmagan

fakultetlarga nechchi band olsa maksimall ball berilib kirish imtihonlaridan ozod etiladi. To’lov

summasi va sertifikat muddati haqida ham malumot berib o’tsangiz hursand bo’lardim.

 



Javob berish


 Azim


 

25.01.2020 - 18:04



IELTTSga man ham topshiraman

.Hammaga omad.

 

Javob berish



 Ne'matullayev Bunyod

 

07.02.2020 - 22:19



Academic va Generalni qanday farqi bor?



 Muhriddin

 



28.01.2020 - 18:43

Assalomu alaykum.IELTSning Academic module Buyuk Britaniyada ish qidirishda amal qoladimi

 

Javob berish



 Sanjar


 

11.02.2020 - 14:17



IELTSGA BIR YILDA QANCHA ODAM TOPSHIRADI ÕRTACHA

 



Javob berish

 Iroda



 

02.03.2020 - 12:11



Assalomu aleykum. Man IELTSning general yo’nalishiga registratsiya qildim.Bundan Uzbekistan

hududidagi OTM kirishga foydalansam bo’ladimi? Agar iloji yoq bo’lsa registratsiyamni generaldan

academicga o’zgartirolamanmi?

 



Javob berish

 Robiya



 

13.05.2020 - 15:46



Assalomu alekum men IELTS topshirsam IELTSning mudadi qancha bòladi?

 



Javob berish

 Habibullayeva Gulzira



 

19.06.2020 - 14:01



Xa aytgandek IELTS ning muddati qancha va test topshirish un qilinadigan to’lov qancha?


 wksd



 

13.07.2020 - 15:37



2 yil muddati



 Habibullayeva Gulzira

 



19.06.2020 - 13:57

Assalomualeykum xurmatli Azamat.uz men Õzbekinton xavo yollarida iwlamoqchi edim bunga

IELTS ni qaysi turi togri keladi ummumiymiymi IELTS 6 ga opchiqiw un qancha organish kerak

ingiliz tilini?

 

Javob berish



 Habibullayeva Gulzira

 

19.06.2020 - 13:59



Assalomualeykum xurmatli Azamat. uz men Uzbekistan Airwaysda ishlamoqchi edim IELTS 6

bolishi kerak bunga qancha oqish kerak?

 

Javob berish



 Mumtoza Muhtorova

 

09.07.2020 - 13:18



Necha yowdan oqiwga kiriladi .Meni yowim 15 da tayyorlangani ulgura olamanmi iltimos

savolimga teroq javob bersangiz oldindan rahmat

 

Javob berish



 Nasiba


 

27.08.2020 - 15:31



Assalomu aleykum men 14 yoshdaman qizil grammerni tugaydi hozir booknomyni eshityapman.

Men IELTS topshirish hohlayman. Buning uchun qanday kitoblarni o’qishim kerak va ko’proq

nimalarga e’tibor berishim kerak.

Kitobingiz haqida aytib o’tsangiz .

IELTS topshish yoshi ,mablag’I qayerda bo’lishi haqida ham aytsangiz

Javob uchun rahmat

 

Javob berish



 Bexruz


 

25.09.2020 - 13:54



Hello Mr. Azamat I am Bexruz I live in Samarkand I take IELTS after quarantine Please help me


 

Javob berish



 Zulxumor

 

01.11.2020 - 15:59



Assalomu alaykum.Man ingliz tilini 0 dan boshlab o’rganmoqchiman.9 oyda IELTSdan 8 olishi ilojisi

bormi?


 

Javob berish



 Diyorbek

 

04.11.2020 - 11:49



Salom iloji yoʻq deb oʻylayman bu narsanni



 sevgi

 



13.11.2020 - 21:18

salom man ielts olmoqchiman deyarli azarni hammasini murphyni hammasini va grammarway

rakhmatov ingliz tili grammatikasi kitoblarini tugatganman yowim 13 da ieltsdan necchi yowda

qabul qiladi va narxi

 

Javob berish



 sevgi


 

13.11.2020 - 21:20



iltimos tezro javob bersangiz

Thank you so much your answer!

 

Javob berish



 Subhoniddin

 

02.12.2020 - 14:42



Assalomu aleykum.IELTS uchun grammatikani chuqur bilish kerakmi?Bir yil ichida IELTS dan

nechchi ball olish mumkin.

 

Javob berish



 Ollomurodbek

 

06.12.2020 - 17:22



Assalomu alaykum. IELTS 5.5 balldan ko’proq ball to’plash uchun qancha vaqt kerak bo’ladi .

 



Javob berish


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar 

*

 bilan belgilangan



Fikrning to‘liq matni 

*

Ismingiz 



*

Email 


*

Fikrni yuborish

 Nasriddin



 

21.12.2020 - 07:24



Assalomu alaykum Men Jahon tillari universitetiga Gid hamrohlig va tarjimonlik faoliyati

fakultetiga kirmoqchiman Hozirda Grammarway 4 ni boshlaganman IELTS ga harakat qilsam

bo’ladimi Maslahat bering

 



Javob berish

Keyingi fikrlarda ishlatilishi uchun ismim va email manzilimni saqlab qol

Грузоподъемность до 1,5 т. Объем

кузова до 15 м3. Кабина на 3-7

мест.

Яндекс.Директ



ПОДРОБНЕЕ

GAZ-AUTO.UZ



Купите Бортовую Газель NEXT


Eng ko‘p o‘qilgan

Video darslarni ko’chirib olish

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Inglizcha so’z yodlash

Qanday qilib xorijga o’qish uchun ketish

Qanday qilib sayt tayyorlash

Grammatikani oson o’rganish

Qanday qilib internet orqali pul topish

Abituriyent uchun test formulalari

Kasb tanlash

Reklama


 

Sayt tayyorlash



 

Bog'lanish



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling