Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 11
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odamlar tilla va kumush konlari kabi kondirlar. Johiliyatda yaxshi bo‘lganlari Islomda ham yaxshidirlar, agar tushunsalar». 13 10. Imom Hokim zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan. 11. Abu Nu’aym zaif isnod bilan Ibn Abbosdan rivoyat qilgan. 12. Tabaroniy va Ibn Abdulbar Abu Dardodan rivoyat qilishgan. 13. Muttafaqun alayh Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni olimlar qalamining siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi». 14 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan kim qirq hadisni odamlarga ta’lim berish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo‘laman». 15 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan qay biri qirq hadisni yod olsa, qiyomat kuni Alloh huzuriga faqih-olim bo‘lib boradi». 16 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga vahiy qilib: «Ey Ibrohim! Men olimman (biluvchiman) va har bir biluvchini yaxshi ko‘raman», dedi». 17 14. Ibn Abdulbar Abu Dardodan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 15. Ibn Abdulbar Ibn Umardan rivoyat qilib, zaif degan. 16. Ibn Abdulbar Anasdan rivoyat qilib, zaif degan. 17. Imom Xatib Abdulloh Ibn Juzdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Allohning dinida olim-faqih bo‘lsa, Alloh uning qayg‘ualamini ketkazib, o‘ylamagan tomonidan rizqlantiradi». 18 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olim Allohning yer yuzidagi ishonchli kishisidir». 19 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimda ikki toifa borki, agar ular yaxshi bo‘lsa, odamlar yaxshi bo‘ladi, buzilsa, odamlar ham buziladi. Ular amirlar va faqihlardir». 20 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taologa yaqinlashtiradigan ilmni ziyoda etmaydigan kunning quyoshi chiqishida men uchun baraka yo‘q». 21 18. Ibn Abdulbar ta’liq holda zikr etgan. Lekin isnodini topishga muvaffaq bo‘lmadim. 19. Ibn Abdulbar Muozdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilgandi. 20. Ibn Abdulbar va Abu Nu’aymlar Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 21. Tabaroniy, Abu Nu’aym va Ibn Abdulbarlar zaif isnod bilan Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) ilmning shahidlik va obidlikdan afzalligi haqida marhamat qilib aytadilar: «Olimning obiddan afzalligi mening quyi darajadagi sahobiydan afzalligim kabidir». 22 Qarangki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilmni nabiylik darajasiga yaqin Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling