Ihyou ulumid-din
«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Haqiqatan, Biz ularga (Makka aholisiga) bilimimiz bilan mufassal qilgan bir Kitobni (Qur’onni) keltirdikki, u Qur’on iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat va rahmatdir».
- «Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillarida (yod bo‘lguvchi) aniqravshan oyatlardir»
«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham,
yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir» (26-oyat), degan so‘zi tafsirida ba’zi ulamolar «libos»ni «ilm», «yasan-tusan libosi»ni «iymon» deb tushuntirishgan. A’rof surasining 52-oyatida bunday deyiladi: «Haqiqatan, Biz ularga (Makka aholisiga) bilimimiz bilan mufassal qilgan bir Kitobni (Qur’onni) keltirdikki, u Qur’on iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat va rahmatdir». Alloh azza va jalla yana aytadi: «Endi, albatta, ularga bilgan holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab berurmiz» (A’rof surasi, 7-oyat); «Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillarida (yod bo‘lguvchi) aniqravshan oyatlardir» (Ankabut surasi, 49-oyat); «U zot insonni yaratib, unga bayonni (nutqni) ta’lim berdi» (Rahmon surasi, 34- oyatlar). Alloh taolo bu oyatlarda ilmni ne’mat o‘laroq zikr qildi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi: Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) (sollallohu alayhi vasallam) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi».4 Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: «Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir».5 Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olimga yerdagi va osmondagi barcha narsalar istig‘for aytadi».6 Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi maloikalar istig‘for aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?! 4. «Dinda faqih qilib qo‘yadi» so‘zigacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Tabaroniy rivoyatlarida ziyodasi bilan kelgan. 5. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar Abu Dardodan rivoyat qilishgan. 6. Yuqorida Abu Dardodan qilingan hadisni davomi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana marhamat qiladilar: «Hikmat sharafli kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko‘taradi».7 Bu hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinyapti. Ammo oxiratdagi mevasi undanda xayrli hamda abadiydir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ikki xislat borki, munofiqda hargiz bo‘lmaydi: chiroyli xulq va dinda faqih bo‘lish».8 Zamonamizdagi ba’zi faqihlarning munofiqligini ko‘rib, bu hadisga shubha bilan qarama. Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) sen gumon qilgan ma’noni iroda qilmaganlar. Fiqhning ma’nosi endi keladi. Faqihlikning eng past darajasi oxirat diyori bu dunyodan yaxshiroq ekanini bilishdir. Agar bu ma’rifat faqihda tasdiq topsa, nifoq va riyodan xalos bo‘ladi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Odamlarning afzali hojat tushsa, foyda beradigan, behojat bo‘linsa, o‘ziga foyda beradigan iymonli olimdir».9 7. Abu Nu’aym, Ibn Abdulbar va Abdulg‘ani Azdiylar Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 8. Termiziy g‘arib isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy esa «Sahih» kitoblarida zikr qilgan. 9. Bayhaqiy zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir».10 Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin odamlar ilm va jihod ahlidir. Ilm ahli payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarni odamlarga yetkazadilar. Jihod ahli esa, payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarning himoyasi uchun qilichlari bilan jang qiladilar». 11 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir qabilaning o‘limi bir olimning vafotidan yengilroqdir». 12 Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling