Ihyou ulumid-din
«Quyosh ham, oy ham aniq hisob kitob bilan (joriy bo‘lur): «Biz oyni ham toki
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Quyosh ham, oy ham aniq hisob kitob bilan (joriy bo‘lur): «Biz oyni ham toki
u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib, hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab tayinlab qo‘ygandirmiz», degan. Ikkinchi qism hukmlar ilmi. Bu ilm bilan shug‘ullanish borliqdagi ro‘y berayotgan voqeahodisalarning sababiga bog‘lab dalil chiqarishga olib boradi. Va u Alloh taoloning maxluqlari ustida odati va sunnatining joriy bo‘lishini bilishdan iborat. Lekin bu ilmni shariat mazammat qilgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar qadar zikr qilinsa, tilingizni tiying, yulduzlar zikr qilinsa, tilingizni tiying va mening sahobalarim zikr qilinsa, (ular haqida yomon so‘z so‘zlashdan) tilingizni tiying», deganlar.78 Va yana: «Men ummatimga o‘zimdan keyin uch narsa kelishidan qo‘rqaman: imom (rahbar)lar zulmi, yulduzlarga ishonish va qadarni yolg‘onga chiqarish», deganlar.79 Umar ibn Xattob (r.a.): «Quruqlik va dengizda yo‘l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini o‘rganing, so‘ng qolganidan o‘zingizni tiying», deganlar. Qolganini bilishdan qaytarishlari uch jihatga ko‘ra: Birinchi jihat: u xalqning ko‘pchiligiga zarar yetkazadi. Chunki odamlarga falon yulduzlar harakati orqasidan mana bu hodisalar paydo bo‘ldi, deyilsa, ularning qalblariga mana shu yulduzlar hodisalarga ta’sirini o‘tkazuvchi va tasarruf qiluvchi ilohlar ekan, degan tushuncha o‘rnashib qoladi. Natijada qalb shu tushunchaga o‘ralib, yaxshilik va yomonlikning bo‘lish-bo‘lmasligini yulduzlarga bog‘liq deb biladi. So‘ng Alloh taoloning zikri qalbidan o‘chadi. Zaif kishi nazarini sabab-vositalar bilan cheklab qo‘yadi. Ilmda mustahkam bo‘lgan kishi esa quyosh, oy va yulduzlar Alloh taoloning amriga bo‘ysundirilgan deb biladi. 78. Tabaroniy Ibn Mas’uddan hasan isnod bilan rivoyat qilgan. 79. Ibn Abdulbar Abu Mihjandan zaif isnod ila rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan. Zaifning nazari bunday: U quyosh chiqsa, nuri taraladi deb biladi. Xuddi chumoli qog‘ozning ustiga chiqib qolib, yozilayotgan qora harflarni qalamning ishi deb o‘ylagani singari. Uning tushunchasi barmoqlarni, barmoqdan so‘ng qo‘lni, qo‘ldan so‘ng uni harakatga keltiruvchi irodani, undan so‘ng yozishni iroda qiluvchi qobiliyatli kotibni, undan so‘ng yozayotgan qo‘lga qobiliyatni va xohish-irodani bergan zotni mushohada qilishga yetmaydi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling