Ihyou ulumid-din
«Ey qavmim! Sizlardan u (xizmat) uchun mol-dunyo so‘ramayman. Mening
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Ey qavmim! Sizlardan u (xizmat) uchun mol-dunyo so‘ramayman. Mening
mukofotim faqat Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 29-oyat). Darhaqiqat, mol-mulk va dunyodagi narsalar vujud xizmatkoridir. Vujud esa, nafsning ulovi-markabi. Maxdum (xizmat qilinuvchi) ilmdir. Zero, nafsning sharafi ilm bilan. Ilm bilan mol-dunyoni talab qilgan odam esa, kovushning tagini yuzi bilan artgan kishiga o‘xshaydi, u xodimni maxdum, maxdumni esa, xodim qilib qo‘ygandir. Bu holat oyog‘i qolib, boshi bilan yurishga teng. U qiyomat kunida Allohning huzurida boshlarini egib turuvchi gunohkorlar bilan birga bo‘ladi. Aslida, fazl va minnat muallim uchundir. E’tibor qilgilki, din ishi o‘zlari egallagan fiqh, kalom va boshqa ilmlarni o‘qitish bilan Allohga yaqinlashishni da’vo qiluvchi qavmlar qo‘lida qolib ketdi. Bu kimsalar mol va maqomning orqasidan yuguradilar va buni qo‘lga kiritish uchun podshohlarning huzurida har turli zillatga (pastkashlik) rozi bo‘ladilar. Chunki ular xushomadlarini tark qilsalar, (boshqa fazilatlari yo‘qligi sababli) o‘zlari ham tark etiladilar. (Bunday) muallimlar shogirdning mashaqqat paytlarida (xizmatida) qoyim bo‘lishini, do‘stlariga yordam berib, dushmaniga adovat qilishini, hojatlarida undan oshkora foydalanib qolishini va ishlariga tobe’ bo‘lishini istaydi. Mabodo, talaba bu xizmatda biror xatoga yo‘l qo‘ysa, unga g‘azab Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 90 qiladi va eng yomon dushmaniga aylanib qoladi. Zillatga rozi va bu holidan xursand bo‘lgan, so‘ngra, «dars berishdan maqsadim Allohga yaqin bo‘lish va dinga yordam berish», deyishdan ham uyalmaydigan olim eng yomon olimdir. Uning alomatlariga qara, aldanishning ko‘p turlarini ko‘rasan. Uchinchi vazifa: Talabaga qilinishi lozim bo‘lgan nasihatlardan hech birini qoldirmaslik. Masalan, uni loyiq bo‘lmagan martabaga chiqishidan qaytarishi va ochiq-ravshan ilmlarni tugatmay turib, maxfiy ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lishdan man’ qilishi lozim. Keyin esa, ilmlarni o‘rganishdan maqsad Allohga yaqin bo‘lish ekanini, maqomu martaba, obro‘ va kimo‘zarlikni maqsad qilish mumkin emasligini uqtirishi kerak. Ilm bilan dunyoviy narsalarni talab qilish naqadar yomon ekanini imkon qadar o‘z nafsida talabaga ko‘rsatib borishi lozim. Chunki fojir olimning isloh qilgan ishlari buzgan ishlaridan ko‘p emasdir. Agar muallim talabasining qalbida ilm bilan faqat dunyoni talab qilganini bilib qolsa, u o‘rganayotgan ilmga qarasin. Agar u fiqhdagi xilof ilmi, kalomdagi jadal ilmi, ahkom va xususiyatdagi fatvolar ilmi bilan mashg‘ul bo‘lsa, uni darhol yo‘lidan qaytarsin. Chunki bu ilmlar oxiratda foyda bermaydi va ular: «Biz ilmni Allohdan boshqa uchun talab qildik, lekin ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», deyilgan ilmlardan ham emasdir. Chunki bunday ilmlar tafsir, hadis va avvalgilar mashg‘ul bo‘lgan oxirat ilmi, nafs axloqini o‘rganish va uni poklash kayfiyati haqidagi ilmlardir. Agar talaba ushbu ilmlarni o‘rgansa va u bilan dunyoni maqsad qilsa ham, uni holiga qo‘yishning zarari yo‘q. Chunki ushbu ilmlar talabada odamlarga va’z aytish va ularni ortidan ergashtirish xohishini keltirib chiqaradi. Lekin ishning o‘rtasida yoki oxirida o‘zi ham ogoh bo‘lib qolishi, ko‘zi ochilishi mumkin. Zero, u ilmlar Allohdan qo‘rqitadigan, dunyodan sovutadigan va oxiratni ulug‘lovchi ilmlardir. Shuning uchun boshqalarga qilgan nasihatlaridan o‘zi ta’sirlanib, oxirat savobiga yuzlanishi umid etiladi. Odamlarga yoqishga va obro‘ olishga bo‘lgan muhabbat tuzoq atrofiga sochilgan don kabidir. Alloh taolo jonzotlarga nasl qoldirish uchun shahvat bergan. Shuningdek, ilmlarni tiriltirishga sabab bo‘lishi uchun maqomga nisbatan muhabbat paydo qildi. Shuning uchun bu ilmlarda bunday muhabbatlar uchrashi mumkin. Lekin ixtiloflar, kalom ilmidagi mujodalalar va kam uchraydigan far’iy masalalarni bilish va boshqa ilmlardan yuz o‘girib, faqat shulargagina berilish qalb qattiqligini, Allohdan g‘ofillikni, zalolatda davomiylikni va obro‘parastlikni ziyoda qiladi. Faqat Alloh taolo kimni rahmati bilan saqlasa yoki bu bilimiga boshqa diniy bilimlarni qo‘shgan bo‘lsagina, najot topishi mumkin. Bunga munosib dalil - tajriba va mushohadadir. Buning haqiqatini bandalarda va diyorlarda ko‘rish uchun nazar sol va ibrat ol! Basirat ko‘zingni och! Yordamchi faqat Allohdir. Bir kuni Sufyon Savriyni (r.a.) mahzun holda ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi?» deb so‘rashdi. U zot: «Biz dunyo bandalari uchun tijoratgohga aylanib qoldik. Ulardan ba’zilari yonimizga kelib ta’lim olgach, qozi, amaldor yoki qahramonga aylandi», deb javob berdilar. To‘rtinchi vazifa: Ta’lim san’atining nozik jihatlaridan biridirki, muallim talabaning yomon axloqini oshkora emas, balki imkoni boricha ta’riz – o‘ziga ko‘rsatish yo‘li bilan, qattiq so‘zlar bilan emas, shafqat yo‘li bilan qaytarishi lozim. Chunki oshkora shaklda tanbeh Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling