Ii. Asosiy qism Me’yordan og’ishlik tiplari
Download 416.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Meyor va meyordan og\'ishlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida
Ijtimoiy og`ishlar “ijtimoiy me`yor” tushunchasi bilan bog`liqdir. Ijtimoiy
me`yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan tartib- qoidalari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me`yor kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir. ~ 22 ~ Bolalar uchun ijtimoiy me`yorlarning o’ziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida ijtimoiy me`yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirishning sodir bo’lishidadir. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta`sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy samaradorligi ta`minlanadigan darajada tashkil qilishdir. Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida etarlicha ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog`liq. O’zbekistonda bunday bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqtsa. Ijtimoiy xavfli xatgi-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni sudtibbiy-pedagogik komissiyasi xulosasini inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborish mumkin. SHuningdek, ijtimoiy pedagogning me`yordan ogishgan bolalar bilan samarali ish yuritishi og`ishlar profi- laktikasiga, muayyan me`yor va qoidalarni buzilishining oldini olish, xulq-atvorida u yoki bu og`ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim. Download 416.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling