Ii. Asosiy qism Me’yordan og’ishlik tiplari
Download 416.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Meyor va meyordan og\'ishlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi predmeti
- Kurs ishini tuzilishi
- Me’yordan jismoniy og’ishlik
Kurs ishining maqsadi: Ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun-mohiyatini
anglash va uni kelajakda o’quvchilar va talabalarga mazmunli tadbiq etish. Kurs ishi ob’ekti: Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyatini tashkil etish jarayoni; ~ 5 ~ Kurs ishi predmeti: Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun- mohiyati, usullari va vositalari; Kurs ishining vazifasi: 1.Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyatini anglash va uni pedagogik jarayonga tadbiq etish muammolarini bartaraf qilish yo`llarini aniqlash; 2. Ijtimoiy pedagogik faoliyatning jamiyat hayoti uchun zaruriy-ehtiyojiy sifatlarini tadqiq qilish; 3. Ijtimoiy tarbiyani rivjolantirish tamoyillarini tadqiq qilish; Kurs ishining metodlari: Kuzatish, eksprement, natijalarni tahlil qilish, suhbat, so’rovnoma, test Kurs ishining metadologik asoslari: Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati Olam va odamni bir butunlikda tadqiq etuvchi dialektik falsafa, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, ijtimoiy ta`lim va tarbiyani takomillashtirish yo`lida chiqarilayotgan qonunlar, farmoyishlar, avlod –ajdodlarimizning qoldirgan ilmiy-adabiy- meroslaridagi ijtimoiy ta`lim-tarbiyaga oid qarashlari, o`gitlari, pand- nasihatlari; etnopedagogik meros. Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 3 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 28 sahifadan iboratdir. ~ 6 ~ 1.Me’yordan og’ishlik tiplari. Me’yordan og’ishlikni shartli ravishda 4 guruhga bo’lish mumkin: 1. Jismoniy 2. Psixik 3. Pedagogik 4. Ijtiomoiy Me’yordan jismoniy og’ishlik insonning sog’lig’i bilan bog’liq bo’lib, tibbiy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh ko’rsatkichlari va jinsi bilan (og’irlik, bo’y uzunligi, ko’krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog’lig’ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko’rsatkichlar bo’lib, bunday ko’rsatkichlarga to’la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo’lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og’ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalgam oshirilib, maxsus ishlarni talab etadi. Sog’lig’I jihatdan me’yordan og’ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o’tuvchi omillar ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og’ir ekologik vaziyat; oziq-ovqat; ichimlik suvining ifloslanishi, sifatsizligi; oilaning umumiy yashash sharoitining og’irlashishi va boshqalar. Sog’lig’I va o’sishida me’yordan og’ishlik bo’lgan insonlatning ko’pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchunuch bo’g’inli shkalasini qabul qildi. 1 Xastalik: - inson sog’lig’idagi har qanday yo’qotish, yoki jismoniy funksiya anatolik tuzilmasi elementlari, faolkiyatidagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir. 2 Cheklangan imkoniyat – inson uchu me’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o’z faoliyatining yo’qolishi (nuqsonning ko’pligi yoki asorati) yoki inson faoloiyati doirasidagi har qanday cheklanishlar. 3 Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog’lig’idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to’siq bo’lgan, yosh ko’rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat. ~ 7 ~ G’arbiy davlatlarda “Sog’lig’ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. O’zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy va psixik kamchiligi bo’lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog’lig’idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to’siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi. Shuningdek “nuqsonli” tushunchasi kiritilgan bo’lib, ular jismoniy, psixik og’ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan. Download 416.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling