Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish


 - “Asosiy ishlab  chiqarish” 1260,0  32.8  2,95  2810 -


Download 416.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana28.10.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1731741
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
2-bob (1)

2010 - “Asosiy ishlab 
chiqarish”
1260,0 
32.8 
2,95 
2810 - “Ombordagi tayyor 
mahsulotlar” 
531,9 
11.2 
1,01 
9010 - “Sotilgan tayyor 
mahsulotlarning tannarxi” 
2659,4 
56.0 
5,04 
JAMI 
4751,3 
100,0 
9,00 


96
Misoldagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxini buyurtmali usul orqali hisoblash juda oddiy va 
qulay hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va tugatishda 
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaganligi uchun ham ortiqcha hisob-
kitoblar qilinmaydi, shunga muvofiq tannarx miqdorini tez aniqlash va 
uni to‘g‘ri hisoblanish imkoniyati juda katta. Chunki, buyurtma 
bajarilgandan so‘ng qilingan barcha xarajatlar yig‘iladi, tannarx 
aniqlanadi. Bu usul shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil qilish
ya’ni xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 
orqali ifodalanishiga ham oddiylik va qulaylik kasb etadi. 
Quyidagi chizmada yuqorida ko‘rib chiqilgan misoldagi 
jarayonlarning buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi ko‘rsatilgan 
hamda ana shu sintetik schyotlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar chizmasi 
ko‘rsatilgan. Misol ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, buyurtma uchun 
jami 3191,3 ming p.b. miqdorida xarajat qilingan, buyurtma 12 ta 
mahsulot birligidan iborat, shunga muvofiq bir dona mahsulotning ishlab 
chiqarish tannarxi 265938 p.b..
Shu o‘rinda misolning yakuniy bosqichidagi amalga oshirilgan 
to‘g‘rilanish, ya’ni korrektirovka jarayoniga ham e’tibor qaratish lozim. 
U umumishlab chiqarish xarajatlarining to‘g‘rilanishi hisobiga umumiy 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini 9 ming p.b., shunga muvofiq bir 
dona mahsulotning ishlab chiqarish tannnarxini 750 p.b.ga kamaytiradi. 
Ana shu to‘g‘rilanish-korrektirovka hisobiga bir dona mahsulotning 
haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi 265188 p.b.ni tashkil qiladi. 


97
 


98
Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli 
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli 
usulini doimiy ravishda ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar qo‘llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo‘lgani 
kabi butun buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida 
(kvartalda, yarim yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan 
bog‘liq xarajatlarni hisobga olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxi ma’lum bir vaqt 
mobaynida aniq bo‘linma tomonidan qilingan ishlab chiqarish 
xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt mobaynida ishlab 
chiqarilgan mahsulot soniga bo‘lish orqali topiladi. 
Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun 
ketgan vaqtda emas, balki alohida bo‘linmalar miqyosida hisobot davri 
oralig‘iga hisoblanadi. Buning uchun har bir bo‘linma uchun alohida 
“tugallanmagan ishlab chiqarish” schyoti ochiladi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli 
usul orqali hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan 
tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot muddatining boshi va oxiri 
uchun shartli tugallangan mahsulot ko‘rinishini oladi.
Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi 
tushunchasi ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini 
o‘lchash uchun ishlatiladi. U to‘liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli 
tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga imkon beradi. Bu ko‘rsatkich 
quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni: 
1. Hisobot davri davomida ishlab chiqarila boshlangan hamda 
to‘liq tugallangan ko‘rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni. 
2. Ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo‘lgan 
tugallanmagan ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi. 
Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to‘g‘ri moddiy 
xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish 
jarayoni boshlanishi bilanoq kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash 
xarajatlari yoki qo‘shilgan xarajatlar nomini olgan to‘g‘ri mehnat 


99 
xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari esa ishlab chiqarish sikli 
davomida teng miqdorda taqsimlanadi va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. Shuning uchun materiallar 
bo‘yicha shartli mahsulot birligi soni qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha 
shartli mahsulot birligidan farq qiladi. 
 
Mahsulot tannarxini jarayonli usul bo‘yicha hisoblashda o‘rtacha 
xarajatlar usul yoki FIFO usuli qo‘llanilishi mumkin.
Mahsulot tannarxini hisoblashning o‘rtacha xarajatlar usuli 
belgilangan muddat boshi uchun tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
mahsulotni hisobot davri davomida boshlangan va tugatilgan sifatida 
ko‘rib chiqadi. Bunda “tugallanmagan ishlab chiqarish” hisob-kitob 
schyotida yig‘ilgan barcha (yil boshiga qolgan qoldiqlarni hisobga olgan 
Tannarxni kalkulatsiya qilishining jarayonli usuli:
Uzluksiz, bir necha bosqichdan iborat jarayonlar bo‘yicha keng 
ko‘lamdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llaniladi
Bu usulda
Material xarajatlar
Qo‘shilgan xarajatlar deb 
ataladi va hisobga olinadi
Umum ishlab 
chiqarish xarajatlari 
To‘g‘ri ish haqi
To‘g‘ri material 
(moddiy) xarajatlar 
+


100 
holdagi) xarajatlar hisobot davrida ishlab chiqarilgan shartli tayyor 
mahsulot birligiga bo‘linadi.
FIFO usulida hisobot davrining boshida birinchi navbatda 
tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari tugallangan ko‘rinish oladi, 
shundan keyin yangi mahsulot ishlab chiqariladi. FIFO usuli mohiyatini 
tushunish birmuncha qiyin bo‘lsa ham, real holatdan kelib chiqib 
o‘rtacha xarajatlar usuliga nisbatan aniqroq natijalarni berishi bilan 
o‘ziga xosdir.
O‘rtacha hisob 
usuli
FIFO (FIFO) usuli
Bu usul bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishda 
ikki usuldan foydalaniladi: 
Bu usulda, barcha xarajatlar, shu jumladan hisobot 
davri boshidagi qoldiq summasi ham qo'shilib, shu 
davrda ishlab chiqilgan shartli tayyor mahsulot soniga 
bo'linadi 
Bu usulda, davr boshidagi tugallanmagan ishlab 
chiqarish qoldig‘i tugatiladi, so‘ngra, yangi mahsulot 
ishlab chiqarish amalga oshiriladi deb olinadi 
“FIFO” usuli ancha qiyin, lekin “o‘rtacha hisob usuliga” 
qaraganda katta aniqlikka ega 
Aniq sharoit va holatlarni hisobga olish imkoniyati 
katta 
Ko‘pincha qo‘llaniladigan usul


101 
Shuning uchun FIFO usuli mohiyatini atroflicha ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli 
usulidan foydalangan holda tayyor mahsulot tannarxini hisoblash uchta 
tahliliy jadvallar tuzilishiga asoslanadi: 
1. Shartli ishlab chiqarish hajmini hisoblash jadvali 
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi tahlili 
3. Yakuniy tannarxni hisoblash. 
Ana shu tahliliy jadvallardagi ma’lumotlardan foydalanib, tayyor 
mahsulotga olib boriladigan xarajatlar miqdori va tugallanmagan ishlab 
chiqarish qoldig‘i sifatida qoldiriladigan qismini aniqlash mumkin.

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling