Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish
Download 416.43 Kb. Pdf ko'rish
|
2-bob (1)
5. a) illustrativ misollar
Quyidagi misol yordamida hisoblashning jarayonli usuli mohiyati va jadvallar tahlilini ko‘rib chiqamiz. Plastmassa o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkita jarayon orqali mahsulotni tayyor holatga keltiradi: shaklga keltirish (A tsexida) va qayta ishlash (V tsexida). A tsexida ishlab chiqarish jarayonining boshlanishi bilan asosiy materiallar ishlatiladi. Qo‘shilgan xarajatlar har ikki tsexda ham ishlab Tayyor mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli 3 ta tahliliy (analitik) jadval orqali amalga oshiriladi 1-Jadval Shartli ishlab chiqarish hajmining hisob-kitobi tahlili Umumiy (yakuniy) tannarx tahlili Ishlab chiqilgan mahsulot birligining tannarxi tahlili 2-Jadval 3-Jadval 102 chiqarish jarayonida teng taqsimlanadi. A tsexida shaklga keltirilgan tugallangan yarim fabrikatlar V tsexiga o‘tkaziladi. V tsexida qayta ishlangan o‘yinchoqlar omborga topshiriladi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagi jadvalda berilgan. Hisobot davri boshida tugallanmagan ishlab chiqarish 15 ming dona Asosiy materiallar, ming p.b. 600,0 Qo‘shilgan xarajatlar (40% ga tugatilgan), ming p.b. 166,5 766,5 Hisobot oyi davomida ishlab chiqarilgan, ming dona 72,0 Hisobot oyida qayta ishlash boshlangan 60,0 Belgilangan muddat yakunida tugallanmagan ishlab chiqarish (50% ga tugatilgan), ming p.b. 3,0 Hisobot oyida asosiy materiallar berilgan, ming p.b. 3300,0 Hisobot oyi uchun qo‘shilgan xarajatlar To‘g‘ri mehnat xarajatlari, ming p.b. 900,0 Umumishlab chiqarish xarajatlari, ming p.b. 1800,0 2700,0 Hisoblash kerak: 1. A tsexida ishlab chiqarilgan mahsulot birligining tannarxini; 2. A tsexidan V tsexiga berilgan yarim fabrikatlarning tannarxini va A tsexidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i miqdorini; 3. V tsexiga berilgan yarim fabrikatlar uchun buxgalteriya yozuvlarini yozish. Shartli mahsulot birligini hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha hisobot davri boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasidagi shartli mahsulotlar = mahsulot birligi soni * (100% - yakunlanganlari foizi) = (15 ming birlik * (100 - 40)%). Hisobot davri boshida shartli birlikdagi tugallanmagan mahsulot moddiy xarajatlar bo‘yicha hisobga olinmaydi, ya’ni ular nolga teng, 103 chunki ularga qilingan moddiy xarajatlar o‘tgan davrda amalga oshirilgan. 2. Ushbu muddat davomida boshlanib, tugallangan mahsulotlar = hisobot davri davomida ishlab chiqarishga kiritilgan mahsulotlardan hisobot davri yakuniga tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari qoldig‘ini ayirish orqali (60 ming birlik - 3 ming birlik) 3. Moddiy xarajatlar bo‘yicha belgilangan muddat yakuniga tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasidagi shartli birliklar = mahsulot birliklari soni * 100% (3 ming birlik * 100%), qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha esa = mahsulot birliklari soni * yakunlanganlari foizi (3 ming birlik * 50%). Yoki а) = x (100 - ) Ushbu jadval bizning misol uchun shartli mahsulot birligini hisoblashning FIFO usulida hisoblanishini ko‘rsatib beradi. Download 416.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling