Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish


Download 416.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana28.10.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1731741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2-bob (1)

5. b) Test savollari 
1. Buyurtmali usul bo‘yicha tannarxni kalkulatsiya qilish jarayonida 
umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish uchun: 
a) 2010 - schyot kreditlanadi 
b) 2510 - schyot kreditlanadi 
v) 2510 - schyot debetlanadi 
g) 2810 - schyot debetlanadi 
2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ 
koeffitsiyenti – bu: 
a) Haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy ishlab 
chiqarish hajmiga nisbati shaklida aniqlanadi 


109 
b) Haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining rejalashtirilgan 
ishlab chiqarish hajmiga nisbati 
v) Rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy 
ishlab chiqarish hajmiga nisbati 
g) Rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, 
rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining nisbati 
3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lajak davrga umumishlab 
chiqarish xarajatlarini – 255 ming p.b.da rejalashtirgan. Rejalashtirilgan 
to‘g‘ri ish haqi xarajatlari - 100 ming kishi-soat. Davr oxirida 
umumishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha qoldiq - 270 ming p.b. 
bo‘lgan. Haqiqiy ish haqi xarajatlari - 105 ming kishi-soatni tashkil 
qilgan. Shu holatda umumishlab chiqarish xarajatlari ko‘p yoki kam 
hisobdan chiqarilganligini toping. 
a) 2250 p.b. ko‘p 
b) 2250 p.b. kam 
v) 15000 p.b. ko‘p 
g) 15000 p.b. kam 
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hisobot davrida 3000 dona mahsulot 
ishlab chiqqan, tugallanmagan ishlab chiqarish - 400 donani tashkil 
qilgan. Qo‘shilgan xarajatlar 10 foizga nihoyasiga yetkazilmagan 
(tugallanmagan), material xarajatlar sarfi 100 foiz nihoyasiga 
yetkazilgan. Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmagan. 
Xarajat turlari bo‘yicha mahsulot birligini toping. 
a) qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha - 3400 dona 
material xarajatlar bo‘yicha - 3360 dona 
b) 3360 qo‘shilgan xarajatlar va 3400 material xarajatlar 
v) 3040 dona qo‘shilgan xarajatlar va 3400 material xarajatlar 
g) to‘g‘ri javob yo‘q 
5. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hisobot davrida 2500 dona mahsulot 
ishlab chiqqan, tugallanmagan ishlab chiqarish - 500 donani tashkil 
qilgan. Qo‘shilgan xarajatlar 30 foizga yakunlangan, material xarajatlar 
100 foizga yakunlangan. Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarish 
bo‘lmagan. Material xarajatlar ish davrida 9300 p.b.ni tashkil qilgan. 


110 
Qayta ishlash xarajatlari summasi - 5300 p.b.. Ishlab chiqarilgan 
mahsulot tannarxini hisoblab toping. 
a) 13050 p.b. 
b) 12785 p.b. 
v) 13450 p.b. 
g) to‘g‘ri javob yo‘q 
6. Mahsulotlar tannarxini jarayonli usul bilan kalkulatsiya qilishda 
xo‘jalik yurituvchi subyekt nechta 2010 - schyotdan (tugallanmagan 
ishlab chiqarish) foydalanadi: 
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdoriga va turiga bog‘liq 
b) faqat bitta 
v) har bir ishlab chiqarish bo‘g‘iniga (bo‘limiga) bittadan 
g) hamma vaqt ikkita 
7. Qo‘shilgan xarajatlar – bu: 
a) umumishlab chiqarish va ish haqi xarajatlari 
b) to‘g‘ri material va to‘g‘ri ish haqi xarajatlari 
v) hamma ishlab chiqarish xarajatlari 
g) hamma davr xarajatlari 

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling