Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish


Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan proporsional o‘zgaradigan


Download 416.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana28.10.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1731741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
2-bob (1)

Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan proporsional o‘zgaradigan 
xarajatlar 
Mahsulot 
tannarxiga
kiruvchi
Davr 
xarajatlariga 
kiruvchi
a) to‘g‘ri moddiy xarajatlar 
( xom ashyo, materiallar)
b) to‘g‘ri mehnat xarajatlari 
(ish haqi, ish haqidan ajratmalar) 
v) ba’zi umumishlab chiqarish xarajatlari 
(yoqilg‘i-moylash, elektr enegiya va sh.k.) 
a) mahsulotlar realizatsiyasi (tijorat) bilan 
bog‘liq ba’zi xarajatlar (mahsulotni o‘rash, 
joylash, yuklash)
b) ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining ayrimlari 


82 
Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan xarajat elementlarining 
o‘zgarishi orasidagi bog‘liqlik xarajatlar ustidan nazorat qilishda asosiy
o‘rinda turadi. Buning uchun o‘z navbatida o‘zgaruvchi va doimiy 
xarajatlarni bir-biridan ajrata bilish lozim. 
Shuning bilan birga o‘rtacha xarajatlar miqdori degan tushuncha 
ham mavjuddir. Ko‘pchilik hollarda o‘rtacha xarajatlarni keltirilgan 
xarajatlar ham deb yuritiladi. Shuni ta’kidlash joizki xarajatlar ustidan 
nazorat olib borganda yoki umuman tannarxni hisobga olib borish 
davrida keltirilgan doimiy xarajatlarni alohida-alohida inobatga olgan 
ma’qul. Chunki faoliyat natijasida erishish mumkin bo‘lgan ish 
Bu xarajat turi rahbarlarning ishbilarmonlik faoliyati o‘zgarishiga 
bog‘liq emas, o‘zgarmaydi, lekin mahsulot birligiga nisbatan doimo 
o‘zgaradi 

DOIMIY XARAJATLAR 
Ishlab-chiqarish hajmi o‘zgarishidan qat’i nazar o‘zgarmaydi 
Mahsulot 
tannarxiga
kiruvchi 
Davr 
xarajatlariga 
kiruvchi 
a) mahsulotlar realizatsiyasi bilan bog‘liq ba’zi 
xarajatlar 
(reklama xarajatlari va sh.k.) 
a) ba’zi umum ishlab chiqarish xarajatlari 
(ijara xarajatlari, hisoblangan eskirish summalari, mol-
mulk solig‘i va sh.k.) 
b) ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining ko‘pchiligi 


83 
hajmining o‘zgarishi faqatgina o‘zgaruvchi xarajatlar miqdoriga bevosita 
ta’sir etadi.
Xarajat moddalari ichida mohiyati jihatidan xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ish birliklarining oshishiga to‘g‘ri proportsional ravishda 
o‘zgaruvchi xarajatlarni o‘zgaruvchi xarajatlar guruhiga kiritamiz. Bu 
guruhga kirishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar nima sababdan 
o‘zgaruvchi xarajatlar hisoblanishi mumkinligi asoslangan. Bu guruhga 
kiruvchi xarajatlar u yoki bu jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyekt ish 
natijalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektdagi doimiy xarajatlar guruhiga kiruvchi 
xarajatlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ularning miqdori 
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasi bo‘lgan ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq emas, ya’ni unga (ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan 
doimiy xarajatlar o‘zgarmasdir. Doimiy xarajatlar mutlaq miqdorining 
ishlab chiqarish hajmiga nisbati keltirilgan doimiy xarajat miqdorini 
beradi va bu ko‘rsatkichning umumiy xarajatdagi ulushi ishlab chiqarish 
hajmi oshgan sari kamayib boradi. 
Qayd qilish joizki, ayrim xarajat turlarini shartli-doimiy xarajatlar 
turlariga ham, shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar turlariga ham kiritib 
bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, ayrim tur xarajatlar bir vaqtning o‘zida ham 
o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajat komponentiga ega bo‘ladigan 
xarajatlar. Shuning uchun bunday xarajatlarni yarim o‘zgaruvchan 
xarajatlar deb hisobga olgan ma’qul. 
Masalan, telefon xizmati xarajatlari: 

bir oylik belgilangan ta’rif to‘lanishi lozim bo‘lgan summa - 
doimiy xarajat
guruhiga kiritiladi; 

shaharlararo va xalqaro so‘zlashuv xarajatlari bo‘lsa, 
o‘zgaruvchan xarajat guruhiga kiritiladi. 
Ijara to‘lovlari xarajatlarida ham shunday holatni kuzatish 
mumkin. Do‘kon ijarasi qayd qilinadigan summa sifatidagi bir to‘lov 
va tovar aylanmasidan boiz sifatida ikkinchi to‘lovdan ham iborat 
bo‘lishi mumkin. 


84 
Ana shu sanab o‘tilgan barcha xarajat turlari bevosita ishlab 
chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradi. Aniqroq ifoda qilinadigan bo‘lsa, 
ishlab chiqarish hajmi oshishi, uning eng kichik va eng yuqori nuqtasi 
qanday bo‘lishiga qarab xarajatlar miqdorini hisobga olish mumkin.
Ammo, mana shu asosiy bog‘liqlik hozirgacha ilmiy tadqiqotlar 
obyekti sifatida har taraflama o‘rganilmagan. Boshqaruv hisobini tashkil 
qilishda ana shu omil ta’siriga umuman befarq qarashadigan maktablar 
va olimlar qarashlari ham mavjud.
Boshqaruv hisobini tashkil qilish bevosita «xarajat – ishlab 
chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining tahlilidan boshlanishi lozim. 
Agar buyurtmalar portfeliga muvofiq ishlab chiqarish hajmi aniqlangan 
bo‘lsa, ana shu modeldan foydalanib, xarajatlar miqdorini aniqlash, 
bahoni belgilash va sof foyda qancha bo‘lishi mumkinligini bemalol 
aniqlash mumkin. Bu uchala ko‘rsatkich bir-biri bilan bevosita 
chambarchas bog‘langan bo‘lib boshqaruv hisobi va shu boradagi 
nazoratning asosiy quroli bo‘lib qolishi lozim.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt va xo‘jalik yurituvchi 
subyektdagi ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda «xarajat – ishlab chiqarish hajmi - foyda» 

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling