Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish


Download 416.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana28.10.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1731741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
2-bob (1)

YARIM O‘ZGARUVCHAN 
XARAJATLAR 
Bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan, ham doimiy 
xarajat komponentiga ega bo‘lgan xarajatlar 
Masalan, telefon xizmati xarajatlari: 
a) bir oylik aniq to‘lanishi lozim bo‘lgan summa – 
doimiy xarajat guruhiga kiritiladi; 
b) shaharlararo va xalqaro so‘zlashuv xarajatlari 
bo‘lsa, o‘zgaruvchan xarajat, guruhiga kiritiladi; 
va shularga o‘xshash 


85 
ko‘rsatkichlarining bog‘lanishini ham grafik, ham formula yoki oddiy 
arifmetik hisoblar ko‘rinishida ifodalash mumkin. 
1-jadval 
 
Mahsulot tannarxining o‘zgarishi
(shartli doimiy va shartli o‘zgaruvchan xarajatlar)
1. Biznes-reja
T/r 
Ko‘rsatkichlar 
o‘lchov 
birligi 
Miqdori 

Ishlab chiqarish quvvati 
Dona 
150 

Mahsulot tannarxi 
Ming so‘m 
15 

Mahsulotning bozor 
(shartnoma) bahosi 
Ming so‘m 
20 

Rentabellik darajasi 
Foiz 
25 
2. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi va uni boshqarish 
(ming p.b.da) 
Xarajat turlari 

dona 
150 dona 
(100 % 
quvvatda) 
75 dona 
(50 % 
quvvatda) 
50 dona 
(33 % 
quvvatda) 
Shartli 
o‘zgaruvchan 
Material 
xarajatlar 

750 
375 
250 
Mehnat haqi 

300 
150 
100 
Umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari 

300 
150 
100 
Shartli 
doimiy 
Amortizatsiya 
(ijara 
xarajatlari) 

300 
300 
300 
Umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari 

150 
150 
150 
Kommunal 
xizmat 
xarajatlari 

300 
300 
300 
Boshqa 
xarajatlar 

150 
150 
150 
Jami 
15 
2250 
1575 
1350 
1 donasiniki 
15 
15 
21 
27 
 


86 
 
2-jadval 
 
Mahsulot tannarxini hisoblash 
 (kalkulyatsiya qilish) 
 
Palov-osh menyu: 16-1/65
1. 
T/r 
Mahsulot turlari 
O‘lchov 
birligi 
Hajmi 
Bahosi 
(ming 
p.b.da)
Summasi 
(ming p.b.da) 

Go‘sht 
Kg 
10 
6.0 
60.0 

Guruch 
Kg 
15 
3.0 
45.0 

Yog‘ 
Kg 

3.0 
15.0 

Sabzi 
Kg 
15 
0.4 
6.0 

Piyoz 
Kg 

1.0 
4.0 

Tuz va ziravorlar 
Jami masalliqning 
5 foizi miqdorida 
6.5 
Jami: 
136.5 
 
 
 
2. a) Bir portsiya oshning tannarxi: 
136 500 
p.b.da
/ 100 porsiya = 1365 
p.b.da
b) korxonaning kategoriyasiga qarab (misol uchun korxona 30 
foizgacha ustama qo‘yish huquqiga ega, deb faraz qilaylik), ustama 
miqdori:
(1365 х 100) / 30 = 409 
p.b.da
v) Bir porsiya oshning sotish bahosi: 
(1365 + 409) = 1774 
p.b.da


87
DOI
M
IY XAR
AJ
ATLAR
O
‘ZGAR
UVC
HAN XAR
AJ
ATLAR
X









X









X









X









(
so
‘m
da

(
so
‘m
da

Is
hl
ab c
hi
qa
ri
sh ha
jm

Is
hl
ab c
hi
qa
ri
sh ha
jm

Is
hl
ab c
hi
qa
ri
sh ha
jm

Is
hl
ab c
hi
qa
ri
sh ha
jm

M
ah
su
lo
t b
ir
lig
id

M
ah
su
lo
t b
ir
lig
id



88
4-§. Xarajatlarni hisobga olish, taqsimlash tartibi va usullari 
Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
(ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usuldan 
biridan foydalaniladi: 
- oddiy usul; 
- buyurtmali usul; 
- jarayonli usul; 
- normativ usul. 
Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, 
xususan o‘rtacha tannarx, koeffitsiyentlar usulidan ham foydalaniladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va 
yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo‘lgan usullar – bu 
tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir. 
Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning 
buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, 
shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha 
xarajatlar alohida bo‘linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir 
buyurtma bo‘yicha yig‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda 
tugallanmagan ishlab chiqarish hisob-kitob schyoti yuritiladi, bu 
boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi. 
Aynan shu kartochkalarda ma’lum buyurtmani bajarish uchun barcha 
bo‘linmalar bo‘yicha xarajatlar yig‘iladi.
Oddiyroq qilib ifoda qilinadigan bo‘lsa, kichik xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining (ish, xizmat) 
aynan mana shu buyurtmali usul orqali tannarxini hisoblash barcha 
tomonlama samarali, juda aniq va qulaydir. Chunki: 
- ortiqcha hisob-kitoblarni talab qiladigan “tugallanmagan ishlab 
chiqarish” qoldig‘i bo‘lmaydi; 
- odatda buyurtmalar qisqa va aniq muddatlarga qabul qilinadi; 
- buyurtma vaqti, miqdori, mahsulot bahosi aniq kelishib olingan 
bo‘ladi. 


89
- to‘g‘ri xarajatlar mehnat va moddiy xarajatlar kabi aniq mahsulot 
yoki xizmat turiga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borilishi mumkin; 
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilishning 
buyurmali usuli 
- bu alohida buyurtmalar bo‘yicha, shuningdek bir martalik mahsulot turi 
ishlab chiqarilayotgan 
Bu usulda xarajatlar biron-bir hisobot davri oralig‘ida emas (bir oyda, 
kvartalda, yilda), balki bajarilayotgan buyurtma davri bo‘yicha aniqlanadi 
Xarajatlarni hisobga olish uchun faqat bitta, 
Ya’ni “Tugallanmagan ishlab chiqarish” schyotidan foydalaniladi 
Aynan shu buyurtmalar kartochkasida xarajatlar 
tegishli-mas’ul bo‘limlar bo‘yicha yig‘ilib boradi 
Qo‘shimcha analitik ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun buyurtmalar 
kartochkasidan foydalanish mumkin 
Bu usulda barcha to‘g‘ri xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki 
bajarilgan buyurtma birligiga olib boriladi. Lekin, umumishlab 
chiqarish xarajatlari maxsus usullar bo‘yicha aniqlanadi va 
tannarxga olib boriladi. Bu usullarda ko‘p qo‘llaniladigani - 
umumishlab chiqarish
xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsiyentlar usulidir.



90
- umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqatgina 
maxsus uslublar yordamida taqsimlanishi mumkin. Ya’ni, aynan ana shu 
buyurtma hajmiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha xarajatlarni (ma’muriy-
boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab chiqarish 
xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish 
mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo‘linma yoki faoliyat 
yuritayotgan obyekt uchun odatda bir yilga o‘rnatilgan umumishlab 
chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsiyentlaridan 
foydalaniladi.
Bu koeffitsiyent uch bosqichda hisoblanadi: 
1. 
Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni 
rejasini tuzish. Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini 
hisoblash xarajatlar dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi 
asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir 
ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun alohida bajarish lozim. Aynan mana 
shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitoblar kelgusida samarali 
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
2. 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini 
tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchovchi ma’lum 
ko‘rsatkichdan foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor 
mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Masalan, bajarilgan 
ishlarning odam-soat ko‘rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari 
uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan 
baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi 
bilan chambarchas bog‘lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta 
ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni 
to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir. 
3. 
Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish 
xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida 
(soatlar, pul birligida) ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga 
bo‘lish. Bu jarayonning natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining 
normativ koeffitsiyenti olinadi. 
Shundan so‘ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsiyentni 
qo‘llagan holda, ya’ni normativ koeffitsiyentni taqsimlash bazasi 
ko‘rsatkichining amaldagi holatiga ko‘paytirish orqali, har bir mahsulot 
turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish 
ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo‘shiladi. Natijada 


91
shu tariqa hisoblanishlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
tannarxi kelib chiqadi. 
Koeffitsiyentlarni hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi 
1-bosqich 
2-bosqich 
3-bosqich 
Umumishlab chiqarish xarajatlari rejasining yillik 
byudjeti tuziladi 
Xarajatlarning umumiy summasi (miqdori) nazarda 
tutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga qarab aniqlanadi 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash asosi 
(bazasi) aniqlanadi 
Bunda quyidagi bazalardan foydalanish mumkin: 
- ishchilarning ish haqiga nisbatan 
- sarflangan “kishi-soat” miqdoriga nisbatan 
-“mashina-soat” miqdoriga nisbatan 
- va sh.o‘ 
Rejalashtirilayotgan davr uchun aniqlangan
umumishlab chiqarish xarajatlari summasi,
rejalashtirilgan ishlab chiqarish 
hajmiga bo‘linadi 
Natijada, pul birligida, soatda va boshqa istalgan 
ko‘rsatkichda aniqlanishi mumkin bo‘lgan umumishlab 
chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsiyenti vujudga 
keladi 


92
Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda 
xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘g‘ri 
moddiy va to‘g‘ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib 
borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisob-kitoblarni amalga oshirib 
yurmasdan. Umumishlab chiqarish xarajatlari esa normativ koeffitsiyent 
asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari 
bo‘yicha mahsulot harakatini ifoda etadi. 

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling