Ii bob. Kasb-hunar maktablarida texnika xavfsizligi jarayonini tashkil etish


Download 50 Kb.
bet5/10
Sana22.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1110062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kasb-hunar maktablari

Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa kasb-hunar maktablardan xizmat safariga junatilganlar (ish malakasi va stajidan kat’iy nazar), hamda praktika utayotganlar va shog’irdlar kirish yo’riqnomasi utadilar.
Kirish yo’riqnomasini kasb-hunar maktabning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa raxbar xodimi o’tkazadi. Agar ishga kabul qilish bevosita sexlarda bо‘lsa, kirish yo’riqnomasini shu sexning boshligi o’tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar o’tkazadilar.
Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot, kurgazmali kurollar bilan jixozlangan, mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan xolda o’tkaziladi.
Kirish yo’riqnomasi gurux bilan va yakka tartibda o’tkazilishi mumkin. Gurux bilan o’tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo’riqnomasi o’tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi kuliga topshiriladigan ishga kirish varakasiga yozib kuyiladi.
1. Kasb-hunar maktab to’g’risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnat muhofazasi:
Xavfsizlik standartlari sistemalari haqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balogat yoshiga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Kasb-hunar maktablarida baxtsiz xodisalarni taftish qilish. Ichki mehnat tartibi koidalari.
3. Xavfsizlik texnikasi:
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning va kasbiy kasalliklarning asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlar sistemalarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalarga kuyiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik koidalari. Ogoxlantiruvchi, tusuvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari.
Elektr tokining kishi organizmiga ta’siri. Shikastlanish turlari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga kuyiladigan talablar. Yuk kutarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish koidalari8.
4. Ishlab chiqarish sanitariyasi:
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigiyenik omillari.
Mehnat sharoitini yaxshilash bo’yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigiyenik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashti-rishning zarurati va tuzilishi. Yorug’likni to’g’ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
5. Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish meyor va koidalari. Himoya vositalariga kuyiladigan talablar.
Korjomlar, maxsus poyafzallar. Kulni, boshni, betni, kuzni, nafas a’zolarini, kulokni himoya qilish Ogoxlantiruvchi moslamalar.
6. Shaxsiy gigiyena koidalari. Sanitariya kiyimlariga, poyafzallariga va vositalariga kuyiladigan talablar.
7. Kasb-hunar maktablarida yong’in xavfsizigiga kuyiladigan asosiy talablar.
8. Mexaniq jarohat olganda, quyganda, kislota va ishqorlar bilan quyganda, zaharlanishda, elektr va kuz jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9. Xavfsizlik texnikasi yo’riqnomalari buzilganda qo’llanadigan javobgarlik.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling