Ii bob. Kasb-hunar maktablarida texnika xavfsizligi jarayonini tashkil etish
Ishchilarning bilimini tekshirish
Download 50 Kb.
|
Kasb-hunar maktablari
Ishchilarning bilimini tekshirish.
Dastlabki yo’riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustakil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o’tkazishdan avval) ishchilar xavfsiz ishlash usullari bo’yicha yo’riqnoma va koidalardan bilimlarini tekshirish kerak bo’ladi. Bilimlarni tekshirish dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlarga bo’linadi. Bilimlarni tekshirish uchun kasb-hunar maktab ma’muriyati tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib sex boshliklaridan biri belgilarnadi. Zarurat bo’lganda, aniq sharoitdan kelib chikib komissiya tarkibiga mexaniqlar, energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin. Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan shaxodatnoma beriladi9. Bilimlarni tekshirish yo’riqnoma dasturi asosida sex boshliklari tomonidan tuzilgan savollar yuzasidan o’tkaziladi. Barcha ishchilar xar xil (maxsus tartibda) bilimlarini davriy tekshiruvdan o’tkazib turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va sex boshligi tomonidan tasdiklanadi. Tartib jadvalining nusxasi 4-ilovada keltirilgan. Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o’zgarganda, yangi mexanizm va uskunalar o’rnatilganda, yangi koida va yo’riqnomalar tatbiq qilingan xollarda, ushbu koida va yo’riqnomalar buzilgan xollarda, hamda koida va yo’riqnomalar bo’yicha bilim yetarli bo’lmagan xollarda davlat nazorat tashkilotlari va kasb-hunar maktab raxbarlari talabi bilan o’tkaziladi. Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga kayd qilinadi va ishchining shaxodatnomasiga yozib kuyiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho kuyishdan (yaxshi, konikarli, konikarsiz) tashqari uni mustakil ishlashga ruxsat berish haqida jurnalga xam yozib kuyilishi kerak. Jurnalning nusxasi 5-ilovada keltirilgan. Agar ishchi tekshiruv paytida konikarsiz bilim kursatsa, unga mustakil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki xaftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o’tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb karaladi. Ushbu kamchiliklarga yo’l quygan ishchiga ichki mehnat intizomi koidalariga belgilanganidek, intizomiy choralar qo’llanadi. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling