Ii bob. Kasb-hunar maktablarida texnika xavfsizligi jarayonini tashkil etish


Kurs ishining o’rganilganlik darajasi


Download 50 Kb.
bet2/10
Sana22.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1110062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kasb-hunar maktablari

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Boʻlgʻusi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish boʻladimi, loyiha–konstruktorlik ishi boʻladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi boʻladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir.
Kurs ishining maqsadi. Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Chunki zamonaviy kasb-hunar maktablarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir kasb-hunar maktabning oʻzida turli-tuman va tez oʻzgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qoʻllanilmoqda2. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zoʻriqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab boʻlishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

I BOB. KASB-HUNAR MAKTABLARIDA MEHNAT MUHOFAZASI BO’YICHA HUQUQIY HUJJATLAR
1.1. Kasb-hunar maktablarida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari.
O’zbekistonda mehnat muhofazasi kuplab qonun chiqaruvchi rasmiy xujjatlar bilan belgilab kuyilgan bo’lib, tartibga solib va boshqarib turiladi. O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasida, mehnat haqidagi qonunlar asoslarida mehnat muhofazasiga oid asosiy nizomlar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasida soglom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir. O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasida: Xar bir shaxs ....” ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” - deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasiga muvofik Davlatimiz fuqarolari, millati va irkidan kat’i nazar, teng huquqlidirlar. Ayollarga erkaklar bilan teng huquqi berilgan. Sharoiti og’ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish ta’kiklanadi. Ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan.
Mehnat haqidagi qonunlar Asoslarida, sharoiti zararli bo’lgan ishlarda, shuningdek, aloxida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog’liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan meyorlarga muvofik bepul jamokor, maxsus poyafzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, sut yoki uning o’rnini bosa oladigan boshqa ozuka maxsuloti berilishi kuzda tutilgan3.
Mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun jamoa va mehnat shartnomalari tuziladi.
Jamoa shartnomasi ishchi va xizmatchilar nomidan fabrika zavod maxaliy mehnat muhofazasi inspeksiyasi kumitalari bilan kasb-hunar maktab, tashkilot ma’muriyati o’rtasida tuzildi. Unda mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnat va mehnatning quyidagi asosiy nizomlari: ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga xaq tulash, moddiy ragbatlantirish, mehnat muhofazasi haqidagi nizomlar kabul qilinadi.
Mehnat shartnomasi mehnatkashlar bilan kasb-hunar maktab, muassasa, tashkilot o’rtasidagi bitim bo’lib, unga kura mehnatkashlar uzining ixtisosi, malakasi va mansabi doirasidagi ishni ichki mehnat tartibiga muvofik bajarish, kasb-hunar maktab, muassasa, tashkilot esa mehnatkashga mehnat xaki tulash, mehnat haqidagi qonunlarda jamoa shartnomasi va tomonlar bitimida kuzda tutilgan mehnat sharoitini ta’minlash majburiyatini oladi.
Mehnat haqidagi qonun ma’muriyatga quyidagi vazifalarni yuklaydi4:
1. Soglom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash.
2. Kasbiy kasalliklarni va jarohatlarni ogoxlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tatbiq qilish.
3. Ishchi va xizmatchilarni bepul korjoma va himoya vositalari bilan ta’minlash.
4. Zararli ish sharoitlarida maxsus sut va maxsus ovkatlar bilan ta’minlash.
5. Meditsina kuriklarini uz vaqtida o’tkazib turish.
6. Yo’riqnomalarning barcha turlarini uz vaqtida o’tkazib turish va mehnat kodeksiga binoan og’ir va zararli ishlarda ayollar mehnati takiklangan.
Xomilador ayollarga bola tugilishidan oldin 70 kun, tugilgandan keyin 56 kun otpuska beriladi. 2 va undan ortiq bola tugilsa yoki tugilish nonormal bo’lgan xollarda 70 kun otpuska beriladi. Hozir xak tulanadigan otpuska vaqti 2 yilgacha, uz hisobidan olinadigan otpuska 3 yilgacha chuzilgan (233,234-moddalar) [8]. Xomilador ayollar yengil ishlarga yoki to’liqmas ish joylariga o’tkaziladilar.
16 yoshga tulmagan yoshlarni ishga kabul qilish takiklangan. Ayrim xollarda 15 yoshdan xam ishga olish mumkin. (mehnat muhofazasi inspeksiyasining ruxsati bilan) (773 modda) [8]. Balogat yoshiga yetmagan (16 dan 18 gacha) yoshlar uchun qisqartirilgan olti soatli ish kuni joriy etilgan. Tungi va asosiy vaqtdan tashqari kushimcha ishlar ta’kiklangan.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling