Ii bob. Koreys tili oʻrganuvchilari uchun koreys tili ogʻzaki va yozma nutqni 30


Download 66.31 Kb.
bet9/9
Sana20.06.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1634856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hujjat 6

Xulosa


Har bir tilning va ana shu tilni oʻrganayotgan yoshlar, talabalar, qariyalar, bolalar kim boʻlishidan qatʼiy nazar aynan oʻsha tilning yozma va ogʻzaki nutqiga ahamiyat bermay iloj yoʻq. Har bir til oʻrganuvchisining oldida ana shu ikki nutq turini rivojlantirish oldiga qoʻyilgan maqsaddir yuqorida takidlab oʻtganimizdek, til va nutq oʻzaro chambarchas bogʻliq tushunchalardir. Jamiyatda esa, ayniqsa hozirgi globallashuv zamonida nutqni rivojlantirish (ogʻzaki, yozma) muhim ahamiyat kasb etadi va shu mavzu yuzasidan keltirilgan faktlar, tavsiyalar, qoidalar va boshqa koʻplab kerakli maʼlumotlarga ega boʻla oldik . . Til – bu u yoki bu xalqni aniq tasvirlab beruvchi, xalqning ijtimoiy rivojlanish xosilasi hisoblanadi. Rivojlangan zamonda bir-biri bilan aloqa qilish uchun insonlar o’zga davlatlarning tilini o’rganishni boshlaganlaridan buyon, hayotga bo’lgan qarashlar ham o’zgara boshlandi. Endi odamlarning oldida yangi o’rganilgan tilning o’z ona tillari bilan o’xshash va farqli tomonlarini topish masalasi paydo bo’ldi. Bunga misol qilib, dunyoda keng tarqalgan va ko’pchilikga qiziq bo’lgan koreys tilini keltirish mumkin. XXI asr texnologiyalar asrida barcha insonlar kerakli bo’lgan narsani tezda topishga, tezda qo’lga kiritishga o’rganib qolganliklari uchun yangi til o’rganishni ham tezda amalga oshishini xohlashmoqda. Buning natijasi o’laroq tillarni bir-biriga solishtirib o’rganish keng avj oldi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.
Suhbat qilish jarayonida nutqning ravon tushunarli bo‘lishi kerak. Insonlar birbirlarini tushunish uchun muloqot shakli ya’ni nutq jarayoni oson so‘zlashuv tizimidan foydalanish samaralidir. Bu mavzu biz uchun global va qiziq. Shunday ekan e’tiborimizni nutqning ma’nosiga qaratmoqchimiz:
Nutq-ma’lum qoidalar asosida yaratilgan til tuzilmalari orqali odamlar o‘rtasida tarixan shakllangan muloqot shakli. Nutq jarayoni, bir tomondan, til (nutq) vositalari orqali fikrni shakllantirish, ikkinchi tomondan, til tuzilmalarini idrok etish va ularni tushunishni o‘z ichiga oladi. Nutq og‘zaki muloqot hisoblanadi. Shunday qilib, nutq Psixolingvistik jarayon, inson tillari mavjudligining og‘zaki shaklidir.
Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling