Ii bob. Markazlashgan kapital qo’yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaliyoti tahlili
-rasm. Jami kapital qo’yilmalar va ular tarkibidagi budjet mablag’larining dinamikasi6
Download 191.49 Kb.
|
II BOB Markazlashgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm Kapital qo’yilmalarning umumiy dinamikasi (trln.so’m) 7
- 4-jadval Investitsiya dasturidagi budjetdan tashqari jamg’armalrining asosiy parametrlari (mln.so’m) 9
- 5-rasm Respublika yo’l jamg’armasi mablag’larining dinamikasi (%da) 10
3-rasm. Jami kapital qo’yilmalar va ular tarkibidagi budjet mablag’larining dinamikasi6 Jahon amaliyotida budjetdan moliyalashtirish, asosan, quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: budjet investitsiyasi yoki budjetdan beriladigan bevosita mablag’lar; budjet krediti; investitsion soliq krediti. Budjet investitsiyasi, bu budjetdan bevosita beriladigan mablag’lardir. Bu davlat investitsiya tarkibiga kirgan maqsadli investitsiya loyihalariga berilib, u qaytarmaslik hususiyatiga ega. Budjetdan bevosita beriladigan mablag’lar asosan ijtimoiy sohalar qurilishlariga va muhim investitsiya loyihalari uchun beriladi va bu loyihalar ko’proq ijtimoiy samara berishi mumkin. Budjet krediti, bu yuridik shaxs maqomini olgan korxonalarga O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan shartnoma asosida beriladi va bu berilgan summa qaytarish hususiyatiga ega. Investitsion soliq krediti, bu berilgan soliq kreditlarini va unga hisoblanadigan foizlarni to’lash uchun yuridik shaxsga soliq to’lash bo’yicha vaqtincha berilgan imtiyozdir. Bu imtiyozlar bir martalik, bosqichli yoki soliq stavkalarini kamaytirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Investitsion soliq krediti korxonalarning daromad ( foyda ) solig’iga hamda mahalliy soliqlarga nisbatan bir yildan besh yilgacha berilishi mumkin. Investitsiya soliq krediti quyidagi loyihalarni amalga oshirayotgan korxona va tashkilotlarga beriladi: ilmiy tadqiqot olib boruvchi tashkilotlarga; atrof – muhitni sanoat va boshqa chiqindilar ifloslanishidan saqlovchi yoki ularni qayta ishlovchi korxona va tashkilotlarga; nogironlar uchun ish o’rinlarini yratuvchi korxonalarga. Quyida O’zbekiston iqtisodiyotiga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining umumiy dinamikasini ko’rishimiz mumkin. ( 4-rasm.) Demak, hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyot bo’lib, bunday iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga keng imkoniyatlar yaratilib beriladi. Qolaversa hozirgi kunda iqtisodiyotimiz asosini kichik biznes subyektlari tashkil qiladi. Shu sababdan investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda davlat budjeti mablag’laridan foydalanish asta sekin qisqarib, markazlashtirilmagan 4-rasm Kapital qo’yilmalarning umumiy dinamikasi (trln.so’m)7 manbalar ulushi ortib boradi hamda davlat budjeti mablag’laridan faqat ijtimoiy va strategik loyihalani moliyalashtirishda foydalanadi. 2.2 Budjetdan tashqari va maxsus fond mablag’lari hiobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti tahlili O’zbekiston Respublikasi Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetda tashqari Umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy – texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi va “ O’zavtoyo’l” davlat aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalri to’g’risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi majburiy to’lovlardan va boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi, keyinchalik ulardan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturlarini (loyihalarini) hamda ularning lozim darajadagi texnik holati va o’tkazish qobiliyatiga erishishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.8 O’zbekiston Respublikasining markaziy Osiyo mintaqasida tranzit transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomjbil yo’llarini muttasil yangilanishini va davr talablariga mos rivojlanishini talab etadi. Respublikamiz transport siyosatining birlamchi maqsadi- mahalliy iste’molchilar bilan birga, xorijiy mamlakatlar foydalanadigan eng yaxshi, qulay va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lgan transport yo’laklarini respublika hududidan o’tkazishni ta’minlashdan iboratdir.Hozirgi paytda jamg’arma mablag’lari hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2012-yilda 680796 mln.so’m mablag’ sarflangan bo’lsa, 2013-yilda 921572 mln.so’mni va 2014-yilda 976200 mln.so’mni taskil etgan. 4-jadval Investitsiya dasturidagi budjetdan tashqari jamg’armalrining asosiy parametrlari(mln.so’m)9
Hozirgi kunda Respublika yo’l jamg’armasidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirilayotgan pul mablag’lari o’sishi kuzatilmoqda.Uning jami kapitaldagi ulushi esa 2014-yilda 2012-yilga nisbatan 0.07 %ga o’sgan bo’lsa, 2013-yilga nisbatan 0.44 % ga tushganligini ko’ramiz. 5-rasm Respublika yo’l jamg’armasi mablag’larining dinamikasi (%da)10 Ta’lim muassasalarini barpo etilgan moddiy – texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularning tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, o’quv-labaratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlarbilan qayta jihozlashni, shuningdek ilg’or ta’lim texnalogiyalari va axborot- komunikatsiya tizimlarini o’quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetda tashqari Umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi 2010-yilda tashkil etildi. Uning daromadlari: Umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar; vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Download 191.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling