Ii bob. Markazlashgan kapital qo’yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaliyoti tahlili
Download 191.49 Kb.
|
II BOB Markazlashgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari 1
- 1-rasm Davlat budjetidan markazlashgan investitsiya loyihalarini moliyalashtish xarajatlari dinamikasi (%da) 2
- 2-jadval O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 3
- 2-rasm YaIM va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o’sish dinamikasi. 4
- 3-jadval Kapital qo’yilmalar tarkibidagi markazlashgan investitsiyalar va budjet mablag’larining ko’rsatkichlari 5
II BOB. Markazlashgan kapital qo’yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaliyoti tahlili 2.1 Budjet mablag’lari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti tahlili Davlatning investitsiya faoliyati , davlatni o’zini funksiyalarini bajarish jarayonida vujudga keladi, ya’ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish, islohotchilik, ekologik, ijtimoy va boshqalar. Investitsiya faoliyati orqali davlat iqtisodiyotining tarkibiy qayta qurilishiga real ta’sir ko’rsatadi, xalq xo’jaligi samaradorligining o’sishini, alohida tarmoq va hududlarni rivojlantirishdagi to’siqlarni yo’q qilishni ta’minlaydi. Davlat budjeti mablag’i hisobidan moliyalashtiriladigan davlatning markazlashgan kapital qo’yilmalari faqat quyidagilarga ajratiladi: respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investitsiya loyihalarini davlat maqsadli dasturlarni va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga; egasining nomi ko’rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo’yicha uy-joy qurilishiga; aholi yashaydigan joylar, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilganuy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga; yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo’jaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga; maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlar qurilishiga; davlat boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining ilmiy texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlarni qurishga. Hozirgi paytda davlat budjetidan mablag’lar quyidagi sohalarga ajratilmoqda. 1-jadval. O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari1
Demak, yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, davlat budjetining xarajatlari yildan yilga o’smoqda. Shunga mos ravishda davlat budjetidan markazlashgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish xarajatlari ham o’smoqda. Lekin davlat budjetidan markazlashgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish xarajatlarini davlat budjetining umumiy xarajatlaridagi ulushi 2013-yilda 5.55%ni tashkil etgan bo’lsa, 2014 – yilda bu ko’rsatkich 5.14 %ni tashkil etgan. 1-rasm Davlat budjetidan markazlashgan investitsiya loyihalarini moliyalashtish xarajatlari dinamikasi (%da)2 Budjet orqali moliyalashtirishning bir qator tamoyillari mavjud: eng kam xarajat qilib, eng yuqori iqtisodiy va ijtimoy samara olish; budjet resurslaridan maqsadli foydalanish; budjet manbalarini qurilish va pudrat tashkilotlariga rejani bajarish chegarasi va ilgari berilgan assignatsiyalarni hisobga olgan holda berish. Demak, budjetmablag’lari mos loyiha yuqori natijani ta’minlasagina berilishi mumkin. Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan har qanday investitsion loyihani iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, barcha ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalovchi turli xil mezonlar va ko’rsatkichlar tizimi asosida bajariladi. Davlat uchun bu mezonlar sifatida makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 2-jadval O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari3
Demak, hozirgi kunga kelib davlatning asosiy kapitalga kiritayotgan investitsiyalari o’sish sur’atlarini ko’rsatmoqda, bu o’z navbatida YaIM o’sishida o’z ifodasini topmoqda. Agar investitsion loyihani amalga oshirish yuqorida ko’rsatilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’sishini ta’minlansa, davlat uni amalga oshirishdan to’g’ridan- to’g’ri manfaatdor bo’ladi. Faqatgina siyosiy, mudofaa, ekologik, ijtimoiy va boshqa imtiyozlarni ta’minlasagina ( ya’ni afzalliklarni) bunday tadbirlarni moliyalashtirishga sabab bo’lishi ham mumkin. 2-rasm YaIM va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o’sish dinamikasi.4 Respublikamiz investitsiya siyosatining amaliy hususiyati tadbirkorlik tuzilmalarini moliyalashtirish ulushida budjet mablag’larini kamaytirish hamda korxonaning o’zini moliya bozori institutlari va instrumentlari hisobiga bo’ladigan investitsiya jalb qilishga undash va ularni bu bo’yicha faollashtirishdir. Investitsion jarayonlarning rivojlanishiga davlat ta’sirining kamayishi va ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini qisqartirishga yo’naltirilgan soliq – budjet siyosatini takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan qo’llanilayotgan chora – tadbirlar va korxonalar moliyaviy barqarorligini ortishi natijasida jami kapital qo’yilmalar hajmidagi budjet mablag’lar ulushini qisqarishiga olib keldi.( 3- jadval)
Yuqoridagi 3-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotga yo’naltirilayotgan kapital qo’yilmalar hajmini o’sishini ko’rishimiz mumkin.Budjet mablag’larining jami kapital qo’yilmalar hajmi bilan taqqoslaganda 2014-yilda jami kapital qo’yilmalar hajmida budjet mablag’larining ulushi 4.54 % ga teng bo’lsa, 2015-yilga kelib bu ko’rsatkich 2014-yilga nisbatan 0.41% tushishishi mumkinligini kuzatamiz. ( 3-rasm) Download 191.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling