Ii bob. Markazlashgan kapital qo’yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaliyoti tahlili


-rasm Davlat investitsiya dasturi asosida ajratilayotgan markazlashgan mablag’larning 2012-yildan 2015-yilgacha bo’lgan ko’rsatkichlari (mln.so’m)15


Download 191.49 Kb.
bet4/5
Sana14.11.2020
Hajmi191.49 Kb.
#146018
1   2   3   4   5
Bog'liq
II BOB Markazlashgan


9-rasm Davlat investitsiya dasturi asosida ajratilayotgan markazlashgan mablag’larning 2012-yildan 2015-yilgacha bo’lgan ko’rsatkichlari (mln.so’m)15
Bunga asosiy sabab sifatida davlat budjeti daromadlarining ortishi, YaIM va aholini o’sishi, mamlakatda keng ko’lamli modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirilayotganligini aytish mumkin.
2.3 “Tiklanish va taraqqiyot” fond mablag’lari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti tahlili

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erilishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot tashil etish to’g’risida”gi farmoni asosida tashkil etildi. Shundan so’ng 2006-yil 16-mayda “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prizidentining PQ-350-sonli qarori imzolandi va unga “O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to’g’risida”gi Nizom ilova qilindi.Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini vazifalari va funksiyalarini, jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari va tartibini hamda jamg’arma mablag’laridan foydalanish tartibini belgilab berdi.



Jamg’maning asosiy vazifalari:

  • davlatning Jamg’armaga yo’naltiriladigan moliyaviy mablag’larini jamlash;

  • iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

  • strategik jihatdan muhimahamiyatga ega bo’lgan korxonalarni , birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

  • yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati,mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayat qurollantirish hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo’naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnalogiyalar va uskunalar sotib olishga mablag’larni maqsadli yo’naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg’armani boshqarish kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarni ochish;

  • birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarining amalga oshirilishini moliyalashtirish;

  • kelajakda birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat budjeti mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan moliyalashtirish;

  • respublikaning xalqaro komunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan ,xalqaro transport yo’laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo’l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekomunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;

  • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institulari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish;

  • xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarni qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining “Tiklanish va taraqqiyot” jamg’armasining Davlat investitsiya dasturiga kirirtilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga sarflayotgan mablag’larining hajmi ortib borishini lekin ularning markazlashgan investitsiya mablag’lari hamda jami kapital qo’yilmalardagi ulushi tushib borayotganini kuzatishimiz mumkin.Buning asosiy sababi investitsiyaga yo’naltirilayotgan kapital qo’yilmalarning hajmini ortishi hamda ularning tarkibida markazlashmagan mablag’larning ulushini oshishi bo’lmoqda.

6-jadval


O’zbekiston Respublikasi “Tiklanish va taraqqiyot” jamg’armasining Davlat investitsiya dasturi asosida moliyalashtirilgan mablag’lardagi ulushi16







2010

2011

2012

2013

2014

2015(reja)

1

Jami kapital qo’yilmalar

7.53

6.53

6.04

6.02

6.01

4.93

2

Markazlashgan investitsiyalar

35.92

28.81

24.95

24.4

23.1

22.26

Jamg’armaning daromadlari tarkibi:



  • O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O’zbekiston Respublikasinig qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag’lar;

  • davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish cho’g’ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag’lar;

  • Jamg’armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg’arma mablag’larining bo’sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar.

Jamg’armaning mablag’lari uning O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki Jamg’arma hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular tushgan kuni amalda bo’lgan Markaziy bankning almashinuv kursi chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg’armaning valyuta hisobvarag’iga o’tkazadi.

Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma balansida aks ettiriladi.





10-rasm O’zbekiston Respublikasi “Tiklanish va taraqqiyot” jamg’armasining Davlat investitsiya dasturi asosida ajratilayotgan mablag’lari(mln.so’m)17
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

  • avvalo yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalash, shuningdek, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O’zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma moliyalashtirish;

  • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

  • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institulari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish;

  • O’zbekiston Respublikasi Prizidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnalogik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;

  • yangi zamonaviy xorijiy texnalogiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlandan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish va imtiyozli kreditlar berish;

  • tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish;

  • Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashga yo’naltiriladi.




Download 191.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling