Ii bob. Markazlashgan kapital qo’yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning amaliyoti tahlili


-rasm Davlat investitsiya dasduri asosida


Download 191.49 Kb.
bet3/5
Sana14.11.2020
Hajmi191.49 Kb.
#146018
1   2   3   4   5
Bog'liq
II BOB Markazlashgan


6-rasm Davlat investitsiya dasduri asosida ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish,kapital ta’mirlash va jihozlash jamg’armasining investitsiyaga yo’naltirgan pul mablag’lari (mln.so’m)11
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan.

Uning daromadlari:



  • O’zbekiston Respublikasi budjeti mablag’lari;

  • vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Hozirgi paytga kelib ohirgi uch yillik davr mobaynida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanadigan mablag’lar hajmi oshayotganini ko’rishimiz mumkin.



7-rasm Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasining davlat investitsiya dasturidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirgan pul mablag’lari(mln.so’m)12
O’zbekiston Reepublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir dasturlarni ( loyihalarni ) hamda meliorativ ob’yektlarning ma’lum darajadagi texnik holatini ta’minlash va meliorativ texnika olish maqsadida tashkil etilgan.

Uning daromadlari:



  • har yili tasdiqlanadigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining asosiy parametrlari doirasida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag’lar;

  • budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

5-jadval

O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturining 2012-2014 yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (mln.so’m)13







2012

2013

2014




Jami kapital

23 579 701

27 123 275

33 004 774

1

Markazlashgan investitsiyalar

5 740 892

6 691 366

8548334

1.1

Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi

115 560

131 000

156 600



Bu jamg’arma mablag’laridan Davlat investitsiya dasturidagi investitsiya loyihalarni amalga oshirish yildan yilga oshmoqda.Buning asosiy sababi jahon glabal muammosi ya’ni ekologiyaning o’zgarishi asosiy sabablardan biri bo’lmoqda.



8-rasm Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi mablag’larining dinamikasi (%da)14

Demak, O’zbekiston Reepublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi mablag’larining dinamikasi yildan yilga oshayotgani ko’rishimiz mumkin. Lekin uning markazlashgan manbalardagi ulushi asta sekin pasaymoqda. Buning asosiy sababi boshqa manbalarning markazlashgan manbalarda ulushini oshganligida.



Umumiy olganda 2011-yildan 2015-yilgacha davr oralig’ida jami markazlashgan investitsiyalar o’sib bormoqda, shu bilan birga jami budjetdan jamg’arma mablag’lari ham o’sishi kuzatilmoqda.


Download 191.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling