Ii bob. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish metodikasi


Download 221.6 Kb.
bet3/11
Sana04.02.2023
Hajmi221.6 Kb.
#1165763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Grammatik tahlil. kurs ishi

So'z turkumi tasnifi. So'z quyidagi belgi asosida tasnif qilinadi: 1) so'zning ma’noviy xususiyati; 2) so'zning morfologik xususiyati (grammatik shakllari); 3) so'zning yasalish xususiyati. So'zni tasniflash uchun, avvalo, har birining atash ma’nosini emas, balki umumiy ma’nosini hisobga olish kerak. Masalan, ot predmet, sifat predmet belgisi, ravish harakat belgisi, son aniq miqdor, fe’l ish-harakat va holat ma’nosiga ega. So'z turkumi. 0 ‘zbek tilida 12 ta so'z turkumi bolib, u uch guruhga bolinadi: 1. Mustaqil so'z turkumi: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. 2. Yordamchi so'z turkumi: ko'makchi, bog'lovchi, yuklama . 3. Alohida olingan so'z: modal, undov, taqlid . Mustaqil so'z olamdagi narsa, hodisa, belgi, miqdor, harakat, holat kabini ataydi, ya’ni mustaqil lug'aviy ma’noga ega bo'lib, so'roq oladi. Mustaqil so'z turkumi sirasida faqat olmosh predmet-hodisa, belgi va miqdorni bildira olmaydi, balki unga ishora qiladi.
Yordamchi so'z gap bo'lagi va qo'shma gap tarkibidagi sodda gapni o'zaro boglaydi yoki ularga qandaydir qo'shimcha ma’no yuklaydi. U lug'aviy ma’noga ega emas, so'roqqa javob bo'lmaydi va yakka hoida gap bo'lagi bolib kelmaydi. Alohida so'z nisbiy mustaqil lug'aviy ma’noga ega. Ular goho so'roqqa javob bolsa ham, o'zining maxsus so'rog'iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o'ziga xos umumiy xususiyati bilan alohida-alohida turkumni tashkil etadi. Mustaqil so'zning qaysi turkumga kirishini aniqlash so'roq berish asosida bo'ladi. Har bir turkumning o'z so'roq tizimi bor. Ammo birdan ortiq turkumga xos umumiy so'roq ham mavjud. Masalan, qanday so'rog'i sifat, ravish va otga, nima so'rog'i ot, olmosh, taqlid, harakat nomiga ham xos. Ot esa sifat va ravish vazifasida kelganda uning so'rog'iga javob bo'ladi: yog'och qoshiq - qanday qoshiq?, takror aytmoq - qay tarzda aytmoq?
Sifatning so'rog'iga sifat o'rnida qollanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, sifat vazifasida kelgan ot, taqlid va modal ham javob bo'ladi. Sifat otlashib, otning so'rog'ini olishi mumkin. Demak, mustaqil so'z turkumiga xos so'roqni olish bilan birga, birdan ortiq turkumning umumiy so'rog'i borligini ham esda tutish lozim. So'zning so'roqqa javob bo'lolmasligi uning sof yordamchi yoki yordamchi vazifasidagi so'z ekanligini ko'rsatadi. So'z turkumining morfologik belgisi - uning qanday grammatik qo'shimchani qabul qila olishi. Masalan, ot turkumi birlik va ko'plik, egaiik va kelishik qo'shimchasini, sifat va ravish daraja ko'rsatkichini, fe’l nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi qo'shimchasini oladi. So'z turkumining yasalish bilan bog'liq belgisi - har bir yasaluvchi turkumning o'ziga xos yasovchi qo'shimchasi borligi. Masalan, -Ii sifat, -chi ot, -la fe’l, -ona ravish yasaydi. Olmosh va sonda yasovchi qo'shimcha yo'q. So'zning ma’noviy tasnifi. Bunda so'z quyidagi guruhga ajraladi: a) mustaqil lug'aviy ma’noli so'z (fe’l, ot, sifat, son, ravish); b) nomustaqil lug'aviy ma’noli so'z (olmosh va undov, modal, taqlid); v) lug'aviy ma’nosiz so'z (ko'makchi, bog’lovchi, yuklama). Olmosh anglatadigan ma’no - u almashtirayotgan, ishora qilayotgan so'zning ma’nosi. Masalan, ot o'mida qo'llangan olmosh otning, sifat o'rnida qollangan olmosh sifatning ma’nosiga ishora qiladi, mustaqil holda ma’no anglatmaydi: Salim keldi. U ishlaydi gaplarida u olmoshi Salim otini, Gul- qizil. Gul - qanday? gapining ikkinchisidagi qanday olmoshi oldingi gapdagi qizil sifatini almashtirgan. Undov, modal, taqlid so'zning lug'aviy ma’nosi g'ayritabiiy.Ular hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu undov va modalning !ug‘aviy ma’nosiz so'zdan farqini ko'rsatadi, biroq lug'aviy ma’nosi matnda anglashiladi. Masalan, po'sht-po'sht so'zining nimani haydash uchun qollanayotganligi matnda malum boladi. Yoki Uyga bor. -Mayli. gapida mayli so'z-gapi boraman so'zi anglatgan lug'aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas. Ko'makchi, boglovchi, yuklama lug'aviy ma’no ifodalamaydi.
Sintaksis haqida. So'zning tildagi muayyan qonun-qoida asosida o'zaro blrikuvidan so'z birikmasi va gap hosil bo'ladi. So'z birikmasi va gap qurilish hamda ifoda mazmuniga ko'ra farqlanadi. Sintaksisda so‘z birikmasi va gap qurilishi masalasi o'rganiladi. Sintaksis grammatikaning tarkibiy qismi bolib, yunoncha syntaxis “qurish, tuzish” so'zidan olingan.




    1. Download 221.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling