Sodda gap tahlili:
Sodda gap bo‘yicha tahlil 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Gapda so‘zlarning o‘zaro bog’lanishi (so‘z birikmasi) bo‘yicha.
Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha.
Gap qurulishi bo‘yicha.
Gapda so‘zlarning bog‘lanishi bo’yicha tahlilda:
Birikmalarning teng bog’nanishi yoki tobe bog’lanishidagi turi;
Tobe bog‘lanish bo‘lsa, tobelanish turi 9moslashuv, boshqaruv, bitishuv);
Teng yoki tobe bog‘lanishni yuzaga keltirgan vositalar 9bog’lovchilar, ohang, so‘z shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi aniqlanadi.
Gap bo’laklarini aniqlash bo‘yicha tahlilda:
Gap bo‘laklari belgilanadi, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bor yoki yo‘qligi izohlanadi;
Gap bo’laklari bilan munosabatga kirishmagan bo‘laklar (kiritma, undalmalarning mavjud yoki mavjud emasligi) ko‘rsatiladi;
Gap bo’laklarining joylashuv tartibi (me;yoriy tartibda yoki o’zgargan tartibda) izohlanadi.
Gap qurilishi bo‘yicha tahlilda:
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi:
a) darak gap;
b) so‘roq gap: a) sof so‘roq gap; b) ritorik so‘roq gap.
c) buyruq gap: a) maslahat ma’noli; b) buyruq ma’noli; h) tashviq ma’noli; i) gumon ma’noli; j) g'azab ma’noli; k) do‘q ma’noli;
2. Gapning his-hayajon ifodalashiga ко ‘ra turi: a) his-hayajonli gap; b) his-hayajonsiz gap.
3. Gapning grammatik asos miqdori (tuzilishi)ga ko‘ra turi: a) sodda gap; b) qo‘shma gap.
4. Gapning grammatik asos tarkibiga ko‘ra turi: a) bir bosh bolakli; b) ikki bosh bolakli gap.
5. Gapning zarur bo ‘lagi mavjud/mavjud emasligiga ко ‘ra turi: a) toliq gap; b) toliqsiz gap: 1) dialogik nutq tarkibidagi toliqsiz gap; 2) ibora shaklidagi toliqsiz gap; 3) qo'shma gap tarkibidagi toliqsiz gap
6. Gapning murakkablashtiruvchi vositasiga ko‘ra turi. a) murakablashmagan gap; b) murakkablashgan gap: 1) undalmali murakkablashgan gap; 2) kirish so'z/birikma/gapli murakkablashgan gap.ma’noli; d) iltimos ma’noli; e) orzu ma’noli; f)hayratlanish ma’noli; g) g‘amxo‘rlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |